Pedagogika va ijtimoiy ish


Abdurahmon Jomiy. Hayoti va faoliyati (1414-1492)



Download 1,17 Mb.
bet24/219
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937658
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   219
Bog'liq
Pedagogika va ijtimoiy ish

Abdurahmon Jomiy. Hayoti va faoliyati (1414-1492)
Abdurahmon Jomiy XV asrda yashagan mutafakkirlar kabi inson va uning yuksak axloqiy xislatlari, go’zal fazilatlarini tarannum etish orqali kishilarning baxt-saodatini ta’minlash yo’llari xususidagi g’oyalarni ifoda etadi.
Abdurahmon Jomiyning hayoti va ijodiy faoliyati, ta’limiy va tarbiyaviy qarashlari borasida mashhur sharqshunos olimlar - E.E. Bertels, M.Orifiy, Sh. Shomuhamedov, A.Qayumov, H.Aliqulov va boshqalar samarali ravishda tadqiqot ishlarini olib borganlar.
Allomaning to’liq ismi Nuriddin Abdurahmon ibni Ahmad bo’lib, u 1414 yilning 7 noyabrida Jom shahrida tavallud topgan.
Abdurahmon Jomiylarning oilasi keyinchalik Hirot shahriga ko’chib o’tadi. Bu davrda Xurosonda Shohruh Mirzo hukmronlik qilar, Hirot shahri esa eng yirik madaniy markazlardan biri sanalardi.
Yosh Nuriddin Abdurahmon maktabga juda erta qatnay boshlagan. Uning otasi o’z davrining ziyoli kishilaridan biri bo’lganligi uchun o’g’lining bolalikdan bilim olishiga katta e’tibor bergan.
Abdurahmon Jomiy maktabni tamomlagach, «Nizomiya» madarasida tahsilni davom ettirdi. Madrasada tahsil olish davrida u arab tili grammatikasini puxta o’rgandi, shuningdek, arab tilida yaratilgan hamda aruz vazni va uning o’ziga xos jihatlari hamda qofiya ilmidan saboq beruvchi asarlar mazmuni bilan tanishib chiqdi. Ko’plab badiiy asarlarning sharhlari bilan tanishishga musharraf bo’ldi. Ayni vaqtda Sa’diddin Qoshg’ariy, Shayx Bahoviddin Umar va Mavlono Muhammad Asad kabi allomalarning qo’lida tahsil oldi. Abdurahmon Jomiy badiiy asarlarni yaratishga oid ilmlarni puxta o’zlashtirganligi hamda nasriy va nazmiy asarlarni birdek muvaffaqiyatli yarata olish qobiliyati bilan ustozlarining tahsiniga sazovor bo’ldi.
Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari «Bahoriston» asari hamda «Haft avrang» («Etti taxt») asarining tarkibidan o’rin olgan «Tuhfatul ahror» va «Silsilatuz zahab» («Oltin tizmalar») dostonlarida aks etadi. Allomaning “Bahoriston” asari Muslihiddin Sa’diy tomonidan yaratilgan «Guliston» asari yaratilgan uslubda yozilgan bo’lib, unda Abdurahmon Jomiy haqiqiy kamolotga erishgan inson va uning ma’naviy-axloqiy qiyofasi borasida to’xtalib o’tadi.
Abdurahmon Jomiy ham boshqa allomalar kabi inson kamolotining birinchi mezoni uning bilimlilik darajasi deya ta’kidlaydi.
«Haft avrang» asarining birinchi dostoni bo’lgan «Tuhfatul-ahror»da ham Abdurahmon Jomiy ilmning inson hayotidagi ahamiyati ko’rsatib berar ekan, ilm har qanday muammolarni echishda insonga yordam berishini ko’rsatib o’tadi.
Alloma o’zining mashhur «Silsilatuz zahab» («Oltin tizmalar») dostonining «Sevimli aziz farzandga nasihat»” nomli bobida, har bir yoshning bilim olishi zaruriyat ekanligini ta’kidlaydi. Zero, inson umri juda qisqa bo’lib, u umrni behuda o’tkazmasligi, shuningdek, muayyan darajada bilimlarni egallagandan so’ng unga amal qilish lozim, amaliyotda qo’llanilmaydigan ilm ham behudadir degan fikrlarni ilgari suradi. Xususan:
Ilm yo’liga qadam qo’y, chunki shu yo’l farovon,
Ammo umringning yo’li, g’oyatda qisqa – bir on.
Har bir kishiga bo’lmas qayta yashash muyassar,
Egalla sen bilimni, mangu turar muqarrar.
Bilim egalladingmi, unga doim amal qil,
Ilming amalsiz bo’lsa, sen oni bir zahar bil.
Faraz qildik bilarsan, ul ilmi kimyoni,
Zar qilmasang misingni, qolmas ishing nishoni.
Abdurahmon Jomiy ilmning ahamiyati borasida to’xtalib o’tar ekan, kitobning mavjud bilimlarni egallashdagi o’rni hamda kitobning fazilatlarini ochib beradi

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish