Rejalashtirish- bu zarur shart-sharoitlar, vositalar, shakllar va usullarni
ko'rsatib, ta'lim ishlarini bajarish tartibini erta aniqlash.
Pedagogik jarayon - katta va yosh avlodning (tarbiyachi) avlodlarning hayoti
va faoliyati uchun zarur bo'lgan ijtimoiy va ijtimoiy tajribalarni o'tkazish uchun
maxsus tashkillashtirilgan shovqin.
Maktabgacha ta'limni rejalashtirishda tizim yaratish ta'lim muassasasi bir
nechta ishlatilgan turli xil rejalashtirish:
1. Maktabgacha ta'lim muassasalari uchun 3 yilga mo'ljallangan istiqbolli
rivojlanish rejasi yoki rivojlanish dasturi.
2. Yillik DOW rejasi.
3. Anik rejalar (asosiy faoliyatlar bo'yicha).
4. Mutaxassislar va boshqaruvning individual rejalari.
Maxsus yosh guruhida taqvim va istiqbol rejalashtirish.
Keling, murabbiy uchun zarur bo'lgan rejalashtirishning ikkita turini batafsil
ko'rib chiqaylik - istiqbolli va taqvimiy-tematik.
Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni. metod iva usullari hamda uni tashkil etish
turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik
malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o‘yinlariga rahbarlik usullari,
bolaning bo‘sh vaqti, ko‘ngil ochar daqiqalarni tashkil etish , shuni ngdek, ota-
onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim.
O‘qitislming har bir bo‘limiga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni
egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining
takrorlanish ularni sekin asta murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan bo‘limga
doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo‘ lim bilan bog‘ langan asosiy ta’lim
tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa bo‘ limlaridan ayrim
masalalarni kiritish kerak. Mashg‘ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi
samarasini oshiradi.
Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg‘ulotlardan tashqarida: kundalik turmush, o‘yin,
mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga
xayrixoxlik munosabatini, bir-birining o‘yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni,
Dostonbek Jabborov
@doston6798
9
yuzaga kelgan nizolarni xaqgo‘ylik bilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari
nazarda tutiladi.
Rejada o‘yinda bolalarni o‘zaro munosabatlari va xulq-atvorlarini tarbiyalash
vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o‘yinlarining mazmuni ni, ularning o‘ynash
ko‘nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachsi xilma xii harakatli va
didaktik o‘yin larni uyushtiradi, ularga rahbarl ik rejalashtiradi.
Bolalarning mehmat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish
muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan
foydalaniladi. O‘z mazmuniga ko‘ra topshiriqlar turlicha bo‘lishi mumkin.
Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so‘ngra uni
bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat
hajmi va mazmumi, bolalarga navbalchilik vazifalarini tanishtirishda
foydalanadigan jihoz,metod va usullarni ko‘rsatadi. Rejada bolalaming jamoa
shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o‘tkazish vaqti
ko‘rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi.
Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va xodisalar
bilan bog‘liq bayramlar, maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga Vatanga
muhabbat, baynalminal xislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va
umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari
o‘tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish
lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibotni
amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta’lim muassasasining bolalarga ta’sir
ko‘rsatishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadlarida ta’lim-tarbiyaviy ish
mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning i lg‘or usullarini
o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va
maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi
tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: ota- onalar
majlisi, bolani oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg‘ulotlar o‘kazishni,
bolalar ishlari bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi.
Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’ lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish
tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir.
Tarbiyachi bolaning psixik-fiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ni hamda u asosida
yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja tarbiyachiga dastur
talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda ta’lim- tarbiya
berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o‘ylab olish, maqsadni aniqroq ko‘rish
imkonini beradi. Reja bo‘lsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini,
qaysi qo‘llanmalardan foydalanishni biladi.
Dostonbek Jabborov
@doston6798
10
Ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja oy
boshlanishidan besh kun avval metodistga tasdiqlash uchun beriladi, oylik ish reja
daftarida avvalo haftalik mashg‘ulotlar jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi.
Har o‘n besh kunga mo‘ljallangan badan tarbiya mashqlari, ota-onalar bilan ishlash
rejasi va kundalik faoliyatining yuritilishi ochib beriladi.
Rejalashtirish ta’lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita,
ishning usul va metodlarini ko‘rsatib, ta’lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish
tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta’lim muassasasi ishini rejalashtirish
mumkinligini va zarurligini ta’kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy
omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egal igi haqida asosiy qoidalarga
tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo‘lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va
amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga
oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rej
alashtirishningmaqsadi-«Bolaj on»dasturining baj arilishini
ta’minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi
rejalashtirishda etakchi hisoblanadi.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va
ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko‘ra pedagogik
ta’sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik
metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo‘
llangan bo‘ lishi kerak
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta
tayyorgarlik ko‘rish metod va usullarni yaxshilab o‘ylab olish, kerakli material va
jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har
bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim. Shu bilan birga reja
qotib qolgan narsa bo‘lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o‘zgarishlar kiritish
mumkin.
MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachin ing kalendar rejasi. Yillik
reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachi tomonidan tuzil ib, bolalar m
uassasasida amalga oshiril adigan barcha ishlami o‘ z ichiga oladi.
Istiqbol rejasi 1-3 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad
bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini tarti bga solish va uning
ma’lum maksadga qaratilgan va samarali bo‘lishini ta’minlashdir. Unda « Bolajon
dasturi »ning hamma bo‘limlari o‘z aksini topadi.
Istiqbol rejasida dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan ta’lim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida anik
mavzular buyicha belgilab chiqiladi.
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta’lim
tarbiya mazmunini aks ettiriladi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning
Dostonbek Jabborov
@doston6798
11
rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta’lim muassasasining ish
sharoiti hisobga olinadi.
Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va
ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to‘g‘risida umumlashgan bilimlarni
shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o‘ stirish, axloqiy ongini
shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning
asosiy garovidir.
Pedagog va ruxshunoc olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari
bolalarning malaka va ko‘nikmalarni egallashi ma’lum yosh bosqichida yuzaga
kelishini ko‘rsatdi.
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo‘ldan boy bermay, bolani har tomonlama
rivojlantirishga erishmog‘i zarur. Tarbiyachi o‘zi ishlayotgan gurux, shuningdek
o‘zidan oldingi va keyingi guruxlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi
kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish
bo‘limida bolalarni hayvonlar, o‘simliklar va shunga o‘xshashlar tug‘risidagi eng
oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
Katta va tayyorlov guruxi bolalarini narsa-buyumlar, vokea hodisalar
tug‘risidagi xaqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan
bog‘lik ekanligini shakllantirish dasturning muxim vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |