Pedagogika va aniq fanlar



Download 5,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/168
Sana10.09.2021
Hajmi5,62 Mb.
#171128
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   168
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI OQITISH METODIKASI

Nazorat savollar. 
 
1.  Qanday zamonaviy ta’lim shakllarini bilasiz? 
2.  Masofaviy o’qitish avzallik va kamchiliklari 
3.  Zamonaviy  ta’lim  darslarida  mahorat  darslarining  o’rni  haqida  nima 
deyaolasiz? 
4.   Evristik ta’limning predmeti, mazmun va maqsadi ? 
5.   Evristik savollar metodi nimalarni o’z ichiga oladi ?  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
105 
 
SEMINAR MAHG’ULOT 
3. MAVZU: MEHNAT TARBIYASIDA XALQ OG’IZAKI 
IJODIDAN FOYDALANISH 
REJA: 
1.  Mehnat tarbiyasi 
2.  Mehnat tarbiyasida yosh xusiyatlarini hisobga olish 
3.  Mehnat tarbiyasida xalq og’izaki va mutafakkirlar merosidan 
foydalanish 
Mehnat  tarbiyasi -  tarbiyaning  muhim  turi,  shaxsni  shakllantirishning  zarur 
shartlaridan  biri  boʻlgan  pedagogik  jarayon.  Mehnat  tarbiyasi  kishidan  ijtimoiy 
foydali  mehnatga  ichki  ehtiyoj,  institutizom,  batartiblik,  tashkilotchilik, 
tashabbuskorlik,  ishchanlik,  ishning  koʻzini  bilish  singari  sifatlarni  qaror 
toptirishga  xizmat  qiladi.  Mehnat  inson  ehtiyojlarini  qondirishning  birinchi  va 
asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma 
turlaridan oldin paydo boʻlgan.  
Mehnat  tarbiyasi  gʻoyat  keng  falsafiy-pedagogik  kategoriya  boʻlib,  "mehnat 
taʼlimi",  "kasbga  yoʻnaltirish",  "politexnik  taʼlim",  "kasb  taʼlimi"  singari  tu-
shunchalarni  oʻz  ichiga  oladi.  Mehnat  tarbiyasi  berish  hamma  zamonlarda  ham 
jamiyat  taraqqiyotining  asosi,  yoshlarni  hayotga  tayyorlashning  eng  muhim 
vositasi  boʻlib  kelgan.  Shuning  uchun  ham  barcha  ilo-hiy  kitoblar  va  hamma 
mutafakkirlar  tomonidan  yaratilgan  bitiklarda  Mehnat  tarbiyasi  ga  katta  eʼtibor 
berilgan.  Lekin  ularga  materialist  (moddiyunchi)lardan  farqli  tarzda  Mehnat 
tarbiyasi  deyilganda  faqat  jismoniy  mehnatga  doir  koʻnikma  va  malakalarni 
shakllantirish  koʻzda  tutilmagan.  Mehnat  tarbiyasi,  avvalo,  oilada  bola  oʻzini 
anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar goʻdaklik 
bosqichiga oʻtishlari bilanoq, ularga dastlabki Mehnat tarbiyasi berila boshlanadi. 
Shunday  qilinmasa,  bola  faqat isteʼmolchiga  aylanib qoladi va  natijada u noshud 
va yalqovgina emas, maʼnaviyati kemtik shaxs ham boʻlib shakllanishi mumkin. 
Bolalarga  Mehnat  tarbiyasi  berishda  bogʻcha,  maktab  singari  ijtimoiy 
pedagogik  muassasalar  katta  oʻrin  tutadi.  Chunki  bu  muassasalarda  Mehnat 
tarbiyasi  ilmiy  asosda  tegishli  mutaxassislar  tomonidan  uyushtiriladi.  Mehnat 
tarbiyasini tashkil etishdagi asosiy jihat shundaki, u bolalarning yosh xususiyatlari, 
ruhiy,  akliy  va  jismoniy  imkoniyatlariga  muvofiq  boʻlishi  lozim.  Bolaning 
imkoniyatlaridan  yengil  Mehnat  tarbiyasi  ularni  zeriktirgani  kabi  ularning 
imkoniyatlaridan  ogʻir  topshiriqlar  bolalarni  bezdirishi  mumkin.  Mehnat 
tarbiyasini  amalga  oshirishda  tizimlilik  va  institutizom  boʻlishiga  qatʼiy  amal 


 
 
106 
 
qilinishi  joiz.  Aks  holda,  har  qanday  qobiliyatli  bola  ham  yetarlicha  Mehnat 
tarbiyasi  ololmasligi  mumkin.  Mehnat  tarbiyasi  uchun  maktab  davri  eng  qulay 
fursatdir.  Birinchi  navbatda,  oʻqish  jarayonining  oʻzi  ogʻir  akdiyjismoniy 
mehnatdir. Maktabga oʻz vaqtida kelib-ketish, oʻqish-yozishni oʻrganish, berilgan 
bilimlarni egallash uchun oʻquvchilarga Mehnat tarbiyasi berilgan boʻlishi kerak. 
Chunki  oʻquv  topshiriqlarini  bajarish,  dars  oʻzlashtirish,  oʻtilganlarni  takrorlash, 
yozma  ishlar  bajarish,  kerakli  matnlarni  yodlash,  koʻchirmalar  olish,  lu-gʻatlar 
bilan  ishlay  olishi  uchun  oʻquvchi  muayyan  institutizomga  rioya  etishi, 
tashkilotchilik  qobiliyati  va  ishchanlik  xususiyatiga  ega  boʻlishi,  ishning  koʻzini 
bilishi  kerak.  Mehnat  tarbiyasida,  avval  aytilganidek,  mehnat  taʼlimi  va  kasbga 
yoʻnaltirish  jarayonlarining  ham  oʻrni  katta.  Chunki  bu  jarayonlarda  oʻquvchilar 
bevosita  tegishli  mehnat  koʻnikmalarini  egallash  va  ularni  mustaqil  ravishda 
qoʻllash  bosqichini  oʻtaydilar.  Shuningdek,  ular  bu  asnoda  qaysi  bir  mehnat 
yoʻnalishi oʻziga muvofiqroq ekanligini bilib oladilar. Shuning uchun ham mehnat 
taʼlimi  imkon  qadar  xilma-xil  boʻlishi  hamda  oʻquvchilarning  aqliy,  jismoniy 
imkoniyatlari va jinsiy xususiyatlariga muvofiq kelishi zarur.  
Oliy  taʼlimning  bakalavriat  va  magistratura  bosqichlarida  Mehnat  tarbiyasi 
bevosita  kasb  taʼlimi  bilan  qoʻshib  amalga  oshiriladi.  Mehnat  tarbiyasi  berishda 
oʻquvchilarning  boʻsh  vaqtidan  toʻgʻri  foydalanish  ham  muhim  ahamiyatga  ega. 
Bolalarning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan, mehnat amaliyotini oʻtashlarini toʻgʻri 
tashkil  etish,  ularni  bolalar,  oʻsmirlar  ijodiyoti  saroylari,  uylari,  klublari  va 
markazlari  qoshidagi  toʻgaraklarga  koʻproq  jalb  qilish  yosh  avlodning  komil 
shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.  
Xalq ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti, 
mehnat  faoliyati,  tabiat  va  jamiyatga  qarashlari,  eʼtiqodi  va  diniy  tasavvurlari, 
inson  va  olamga  nisbatan  histuygʻulari,  badiiy  olami,  bilim  darajasi,  baxtli  va 
adolatli  zamon  haqidagi  oʻyfikrlari  oʻz  ifodasini  topgan.  Xalq  ijodi  qadimdan 
rivojlanib  kelgan  (qarang 
Ibtidoiy  sanʼat
).  Jamiyat  taraqqiyoti  va  mehnat 
taqsimotining kuchaya borishi bilan Xalq ijodi janrlariga nisbatan ayrim isteʼdodli 
shaxslarning  ixtisoslashuvi  osha  borgan.  Shu  tariqa  baxshilar,  masxarabozlar, 
qiziqchilar,  qoʻgʻirchoqbozlar,  raqqoslar,  mashshoklar,  naqqoshlar,  kulollar, 
oʻymakorlar, kashtadoʻzlar va h.k. sanʼati yuzaga kelgan, korfarmon va ishboshilar 
paydo  boʻlgan.  Ammo  uning  yaratilishi  va  oʻzlashtirilishida  koʻpchilikning 
ishtiroki,  har  bir  ijro  yoki  amaliyot  qadimdan  qaror  topgan  mustahkam  anʼanalar 
doirasida  voqe  boʻlishi  saqlanib  kelgan.  Har  qanday  badiha,  ijodiy  xattiharakat, 
yangilik  barqaror  anʼanalar  va  ustozshogird  munosabatlari  doirasida  roʻy  bergan. 
Bir tomondan, anʼanalarning oʻzi rivojlana borgan, ikkinchi tomondan, har bir ijro 
yoki  amaliyot  davomida  oʻzgartirishlar,  yangiliklar  kiritilgan,  yangi  asarlar, 
variantlar yuzaga kelgan. Qay birlari unutilib, ijro va amaliyotdan tushib qolgan. 


 
 
107 
 
Afsona,  rivoyat,  lof,  latifa,  maqol,  topishmoq,  ertak,  doston,  qoʻshiq,  assiya, 
ogʻzaki drama va boshqalarlar xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy janrlari boʻlib, 
ular  soʻz  sanʼati  namunalari  boʻlish  bilan  birga  muayyan  ijtimoiymaishiy 
funksiyalarni  ham  ado  etadilar.  Mas,  hoʻp  mayda,  hoʻshhoʻsh,  tureyturey, 
chureychurey  kabi  qoʻshiq  turlari  mehnat  jarayonlariga  aloqador  boʻlsa,  yoryor, 
oʻlan,  lapar,  kelin  salom,  yigʻiyoʻqlov,  badik,  suyet  xotin  singarilar  har  xil 
marosimlar  bilan  bogʻliqdir.  Folklor  janrlari  gʻoyaviybadiiy  xususiyatlari  bilan 
emas,  balki  ijro  usullari  (yakka  ijrochilik,  jamoaviy  ijrochilik,  sozli,  sozeiz  kabi) 
jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ularning biri kuylash uchun, ikkinchisi 
aytib berish, hikoya qilish uchun, boshqasi koʻrsatish, namoyish etish uchun yoki 
ham  kuylash,  ham  oʻynash,  ham  aytish  uchun  moʻljallangan  boʻladi.  Folklor 
janrlari  qanchalik  xilmaxil,  baʼzan  oʻta  funksionallashgan  va  qatʼiy  vazifador 
boʻlishiga qaramay, ular yaxlit badiiy tizimni tashkil etadi. 
Kaykovus  o’zining  mashhur  asari  “Qobusnoma”da  odob-axloq  to’g’risida 
juda  ko’p  ibratli  fikrlarni  ilgari  suradi.  Ayniqsa,  bolalarni  yoshligidan  mehnat 
qilishga va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga hamda kasbkorlik tarbiyasiga keng 
to’xtaladi. Ota-onalarni bolalarga yoshligidan boshlab mehnat qilishni va biror bir 
kasbni o’rgatib borish kerakligini ta’kidlaydi. “Ey farzand sen bola ko’rsang, unga 
yaxshi  ot  qo’ygin.  Chunki  otadan  farzand  haqlaridan  biri  yaxshi  ot  qo’yishdir. 
Kattaroq bo’lgandan so’ng, raiyat bo’lsang, hunar va kasb o’rgatasan”. Kitobning 
43-bobi  asosan  dehqonchilk  va  hunarlarga  bag’ishlangan  bo’lib,  Kaykovus 
kishilarning  dehqonchilik  ishlari  bilan  shug’ullanishlari  kerakligini  aytadi.  U 
dehqonchilk  kasbini  ulug’lab  :”Ey,  farzand  agar  dehqon  bo’lsang,  barcha 
dehqondan  bilimdonroq bo’lgin  va  har bir  ekinni  eksang,  vaqtidan  o’tkazmasdan 
hamma vaqt yerni tarbiya qilgin va dehqonchilk kasbidan bahramand bo’lgaysan”. 
Abdurahmon  Jomiyning  mehnat  xususidagi  qarashlari  diqqatga  sazovardir.  U 
mehnatni insonga baxtli turmush baxt etuvchi vosita hisoblaydi. Har bir inson o’z 
halol mehnati bilan yashamog’i lozim, shundagina u baxtli turmushga erishadi: O’z 
mehnatining bo’lsin doim yo’ldoshiung, O’zga minnatidan og’ritma boshing. Chin 
do’st ul-do’stligi oshaversa gar, Do’stidan yomonlik ko’rganida ham Boshiga ming 
jafo toshi yig’ilsa, Mehr uyi u toshdan bo’lur mustahkam. 
Buyuk  mutafakkir  Alisher  Navoiy  yosh avlodning  ilm-hunarli va  eng  yaxshi 
insoniy  fazilatlarni  egallagan  kishilar  bo’lishini  orzu  qiladi.  Uning  “Munosib  el” 
deb  ataluvchi  kishilari  xalqqa  xizmat  qiluvchi  xalq  manfaatini  ko’zlovchi 
menhatsevar,  vijdonli,  insofli,  to’g’ri,  saxovatli  va  muruvvatli  kishilar  ekanligini 
ko’ramiz. Alisher Navoiy jamiyat kishilarini oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga 
oshirishning  birinchi  omili  bu  halol  mehnat  qilishdir,  deb  uqtiradi.  Har  bir 
insonning  biror  kasbni  egallashi  va  bu  yo’lda  tinimsiz  mehnat,  mashqlar  3 
darkorligini ta’kidlaydi. Hunarsiz kishilarni qiladigan ishlarini tayini bo’lmasligini 


 
 
108 
 
eslatib:  Yo’q  hunari  yolg’uz  esa  bir  kishi,  Qayda  kishi  sonida  yolg’uz  kishi. 
Alisher  Navoiy  insonlarni  kamolotga  etishishini  belgilovchi  omil  deb  mehnatni 
uqtiradi:  Mehnat  arodir  murod  topmoq,  bilgil  Mehnat  arodir,  qo’shoq  topmoq, 
bilgil.  Alisher  Navoiy  “Farxod  va  Shirin”  dostonida  shoir  chin  sevgi  va  vafo, 
do’stlik  va  sadoqat,  mehnat  va  ijodkorlik,  vatanparvarlik  hamda  qahramonlik 
g’oyalarini  tarannum  etadi.  Shoir  dostonda  Farxodning  bolalik  chog’laridayoq 
ilmhunarga,  mehnatga  bo’lgan  muhabbatini  zo’r  mahorat  bilan  tasvirlaydi.  Bu 
Alisher  Navoiyning  bola  tarbiyasida  va  uning  bilim  olishiga  katta  e’tibor  bilan 
qaraganligini ko’rsatadi. Alisher Navoiy Farxodni mehnat va hunarga zo’r havasli, 
sangtaroshlik,  rassomlik,  naqqoshlik  hunarlarini  mukammal  egallab  olgan  yigit 
sifatida  tasvirlaydi.  Farxod  boshchiligida  va  uning  bevosita  fidokorona  mehnati 
natijasida  katta  kanal”Hayot  daryosi”  va  hovuz  “Najot  dengizi”  qaziladi.  Navoiy 
Farxodni  suvsiz  yerlarga  suv  chiqargan  qahramon  mehnat  sohasiuda  mo’jizalar 
ko’rsatgan  bahodir  yigit  sifatida  ta’riflaydi.  U  ilm  va  hunarni  omma  manfaati 
uchun xizmat ettirish lozim deb hisoblaydi. Farxod Shirinni qidirib, Armanistonga 
borganda,  Arman  yurtidagi  kanal  qazish  uchun  qiynalib  kishilarni  ko’radi  va  : 
Hunarni  asrabon  netkumdir  oxir,  Olib  tuproqqa  mu  ketkumdir  oxir!-  deya,  o’z 
bilimi,  hunar  va  g’ayratini  ishga  soladi,  kanal  qazuvchilar  mashaqqatini 
yengillashtiradi va xalq o’rtasida katta shuhrat qozonadi. Alisher Navoiy reja bilan, 
aql  bilan  halol  qilishni  maslahat  beradi,  mehnat  bilan  oila,  yurt  obod  bo’lishini 
aytadi. Navoiy mehnatsiz rohat bo’lmasligini shunday ta’riflaydi: Mehnat aro har 
kimki,  tahammul  yo’q  anga,  Tarvijga  mutlaqo  taxayyul  anga.  (Kimki  mehnatga 
chidamsiz bo’lsa, ishining rivoj topishini hayolga ham keltirib bo’lmaydi.) Alisher 
Navoiy  “Hotami  Toyi”  hikoyasida  halol  mehnat  bilan  kun  kechirishni  birovning 
minnat  bilan  bergan  har  qanday  boyligidan  afzal  ko’radi.  Alisher  Navoiy 
odamlarni,  binobarin  yoshlarni  ham  mehnatni  puxta  qilishga,ishni  o’z  vaqtida 
bajarishga da’vat etadi: Aylar ishingga chu bo’lur dast ras, Vaqtidan o’tkarma oni 
bir nafas. 
Buyuk  alloma  Abulqosim  Firdavsiy  o’z  asarlarida  mehnatkash  xalqning 
ezgulikka, yaxshilikka, dangasa va ishyoqmas kishilarni qoralashga bag’ishlangan. 
Mashhur  asari  “Shohnoma”da  kishi  kamolotida,  yaxshi  turmush  kechirishida 
mehnatning o’rni haqida shunday deydi: Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj, Ganj 
topmast  hech  kimsa  topmast  ersa  ranj.  Hunarda  tinimsiz,  ishchan  donishmand, 
Toza  ruhi  doim  fikro’  o’yiga  band.  Firdaysiy  har  bir  kishini  baxtli  hayot 
kechirishida  yoshlikdan  boshlab  hunar  o’rganish  va  bu  yo’lda  dangasalikdan 
qochish  kerakligini  hamda  mehnat  barcha  yutuqlarning  garovi  ekanligini 
ta’kidlaydi. Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida kishilarni halol mehnat qilishga hamda 
mehnatning hayot uchun eng zarur omil ekanligini ta’kidlaydi. “Tadbiri manozil” 
asarida barcha jamiyat a’zolarini dehqonchilk, hunarmandchilk, chorvachilik bilan 


 
 
109 
 
shug’ullanib xalqqa foyda keltirishlari kerakligini uqtiradi. Ibn Sinoning fikricha, 
mehnatsiz hayot kechirish kishini jismoniy va ruhiy tomondan ezadi. Bunday hayot 
kechirish  yomon  oqibatlarga  olib  kelishiuni  tushuntirib,  ota-onalarning  o’z 
bolalariga yoshligidan boshlab mehnat tarbiyasini berish zarurligini aytadi. Uning 
fikricha,  bolaga  yoshligidan  boshlab  ma’lum  bir  kasbga  o’rgatish  lozim.  Chunki 
bola  kasb-hunarni  ma’lum  darajada  o’zlashtirib  bo’lgandan  so’ng  uni  o’sha 
paytlardan  boshlab,  o’z  kasb-hunaridan  foydalanishg,  ya’ni  halol  mehnat  bilan 
mustaqil hayot kechirishga o’rgatish kerak. 
Umar Hayyom ijodiga nazar solar ekanmiz, uning ruboiylarida ham ma’rifiy- 
ta’limiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  g’oyalarni  uchratamiz.  Umar  Hayyom  o’z 
asarlarida kishilarni baxt-saodati, turmush tarsi to’g’risida to’xtalib, hayotda halol 
mehnat  qilish  va  shu  mehnat  evaziga  topilgan  nonni  totli  bo’lishini  ta’kidlagan. 
Ayniqsa,  mehnat  va  mehnatsevarlik  tarbiyasi  xususida  bayon  etilgan  quyidagi 
ruboiylarda  ko’rishimiz  mumkin:  Bir  so’ngakka  sordek  qanoat  qilg’on,  Afzaldir 
nokasga  bo’lgandan  mehmon.  Nokasning  shinnilik  nonidan  yaxshi,  O’zing  topib 
yegan burda arpa non. 
Abu Nasr Forobiyning ijodiy faoliyatida bola tarbiyasi chetdan qolgan emas. 
Forobiy  jamiyatda  yashayotgan  har  bir  kishini  yoshligidan  boshlab  biror  kasbni 
o’rganish  uchun  harakat  qilishi  va  kelajakda  shu  kasb  orqali  jamiyatga  foyda 
keltirishi kerak, deb biladi. Har bir kasbni egallash jarayonida muayyan harakatlar, 
takrorlash,  mashq  qilish  yo’li  bilan  ko’zlangan  maqsadga  erishish  mumkinligini 
aytib,  “Axloqiy  fazilatlar  va  razilliklar,  axloqiy  harakatlarni, ishlarning  bir  necha 
marta  takrorlanishida  va  uzoq  davom  etishi  jarayonida  vujudga  keladi  va 
mustahkamlanadi. Agar qilinayotgan ish xayrli bo’lsa, undan fazilat kelib chiqadi, 
agar  yomon  bo’lsa,  unda  razillik  kelib  chiqadi”,  -  deydi.  Forobiy  bolalarni 
yoshligidan  boshlab  mehnat  va  mehnatsevarlik  ruhida  tarbiyalash  hamda  o’ziga 
yoqqan  ish  bilan  mashg’ul  bo’lishi,  asta-sekin  o’zi  qiziqqan  biron  bir  kasbni 
egallashi zarurligi hamda barcha hunarlarni bir to’la egallab bo’lmasligini ifodalab, 
shunday deydi: “Har bir kishiga biriktirilgan ma’lum bir ish bo’lishi kerak, toki u 
kishi o’ziga biriktirilgan ishni kechiktirmasdan o’z vaqtida bajarsin”. 
Fors-tojik  adabiyotining  yirik  namoyondasi  Shayx  Sa’diy  o’z  asarlarida 
bolalar  tarbiyasiga  alohida  e’tibor  berib,  mehnatning  kishi  kamoloti  va  hayotida 
egallagan o’rni hamda halol mehnat qilish farovonlik keltirishini ta’kidlab, barcha 
yutuqlar  zamirida  mehnat  turishini  va  bolalarni  yoshligidan  boshlab  mehnat 
qilishga o’rgatish kerakligini hamda halol mehnat bilan topilgan bir burda non ham 
totli bo’lishini ifoda etadi: Esam arpa nonini mehnat bilan, Shirindir birovning oq 
noni bilan. 
Zahiriddin  Muhammad  Bobur  ilm  ahlini  hurmat  qilib  ularning  mehnatini 
doimo  qadrlab  borgan.  Boburning  didaktik  asarlarida  asosan  insonlar  va  ularning 


 
 
110 
 
qadr-qimmatini  ardoqlash  masalalari  asosiy  o’rinni  egallagan.  Mehnatkash 
xalqning  zahmatli  mehnatlarini  doimo  qadrlashga  chorlaydi:  Davlatga  yetib 
mehnat elini unutma, Bu besh kun uchun o’zingni asru tutma. Borg’onni kel emdi, 
yod qilmay, ey do’st, Borish-kelishingni lutf etib o’ksitma. 
Ma’rifatparvar  shoira  Anbar  otin  o’z  asarlarida  kishilarni  har  qanday 
mashaqqatlardan  chekinmasdan  ilm  olishga,  hunar  o’rganishga  va  mehnatsevar 
bo’lishga chorlaydi: Murodingni hayoting ichra axtar, Mavhum ilm ichinda bo’lma 
axtar. Mashaqqatsiz hunardin chiqmagay  dur, Hayotsiz ilm durdin ko’p erur dur. 
Anbar  otin  dehqonchilk  va  uning  mashaqqatli  mehnatini  qadrlab,  ularning  o’z 
mehnatlari  evaziga  baxtli  yashashlari  kerakligini  ko’rsatib  beradi.  Jadidchilik 
oqimining vakili Xolmuhammad o’g’li Furqat o’z asarlarida mehnatkash xalqning 
hayotini  ko’rsatib  bergan.  U  o’z  asarlarida  kishilarni  ilm  olish  bilan  birga  hunar 
o’rganishiga  hamda  mehnatsevarlik  ruhiyatini  takomillashtirib  borishga  alohida 
e’tibor  bilan  yondoshgan.  Furqat  hunar  ahllarini  mehnatini  ulug’ab  shunday 
yozadi: El ichra o’zlarin ma’zur qildi, Bahor holi hunar mashhur qildi. 
Abdulla  Avloniy  “Turkiy  guliston  yoixud  axloq  ”  asarida  mehnat  insonni 
bezaydigan  muhim  sifat  ekanligi,  yalqovlik  va  dangasalik  esa  insonga  mos  7 
xususiyat  emasligini  alohida  ta’kidlab  o’tadi.  U  mehnatni  yaxshi  yoki  yomon 
bo’lmasligi va bolalarni har bir ishni bajarishga o’rgatish kerakligi bu esa bolalarni 
yuksak kamolotga olib chiqishga va saodatga erishishga yaqindan ko’mak berishini 
ta’kidlaydi. Kasb-hunarni yaxshi yoki yomon bo’lmasligi va bolalarni yoshligidan 
boshlab  kasb-hunarga  o’rganishga  chorlaydi:  “…  ushbu  ko’mirchilik,  bu 
temirchilk manga munosib ish emas. deb dangasalik qilib, ishsiz yursa, zo’r ayb, 
g’ayratsizlikdir”. Abdulla Avloniy bolalarni mehnatga o’rgatish va mehnatsevarlik 
ruhida  tarbiyalashda  hayotiy  misollar  keltirish  bilan  hayvonlar  va  hashoratlar 
misolidagi  hikmatlardan  foydalangan.  Adib  bolalarni  mehnatsevarlik  ruhida 
tarbiyalashda  oilada,  ota-onalar  yordamidan  so’ng  maktablardagi  ta’lim-tarbiya 
jarayonlarida  amalga  oshirishni  ma’qullaydi.  Buyuk  mutafakkirlamizning  mehnat 
tarbiyasi  xususidagi  fikrlari  bugungi  kunda  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etib, 
bolalarni mehnatsevar qilib tarbiyalashda vosita bo’lib xizmat qiladi. 

Download 5,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish