O‘quvchini psixologik xususiyatlariga mos keladigan kasb-hunarga yo‘naltirish
kerak. Inson ruhiyatini o‘rganish, tadqiq qilish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor
berish masalasi barcha davrlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi
vazifalaridan biri bo‘lib kelgan.
Bugun barcha taraqqiy etgan mamlakatlar birinchi navbatda, o‘z fuqarolarining
ma’naviy, intellektual, jismoniy va ruhiy barkamolligiga, undan ijtimoiy
manfaatlar uchun samarali foydalanish yo‘llarini izlashga e’tibor qaratayotganini
87
ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun, ota-onalar farzandlarining ilk qadamlaridanoq
uning kelajagi to‘g‘risida o‘ylaydi. Farzandlarining qiziqishi va qobiliyatini
kuzatish orqali ularning kelajakda qanday kasb egasi bo‘lishini aniqlashga harakat
qiladi. Shunday ekan, maktab jamoasi va ota-onalar o‘quvchi-yoshlarni kasb-
hunarga yo‘naltirishda turli yosh davrlariga oid psixofiziologik bilimlarga ega
bo‘lishlari uchun maktab amaliyotchi psixologlari psixologik ma’rifat ishlarini
talab darajasida olib borishlari hamda yosh davrlariga xos amaliy bilimlarga
tayangan holda faoliyatini tashkil etishlari kerak.
Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini erta yoshdan kasb-hunarga
yo‘naltirish umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya ishlari bilan birgalikda olib
boriladigan uzluksiz jarayonlardan biri sanaladi. Boshlang‘ich sinflarda kasbga
yo‘naltirish ishlari dars va darsdan tashqari soatlarda o‘quvchilarning yosh
xususiyatlarini inobatga olgan holda kasb turlari bilan tanishtirish hamda o‘yinlar
orqali ularda turli kasblarga bo‘lgan ilk qiziqishlarini aniqlashdan iborat. Shuning
uchun 1-sinfda kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlari o‘yin tarzida tashkil etilishi
lozim. 6-7 yoshga kelib bola biror-bir buyumni qismlarga bo‘lib, ularni yana qayta
yig‘a oladigan bo‘ladi. Ammo bu qobiliyatning rivojlanishi boladagi badiiy, ijodiy
faoliyatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Shuni inobatga olgan holda
mashg‘ulotlarni bolalarning qiziqishlariga qarab rejalashtirish kerak. Bolalarga
ertaklarni tinglash va muhokama qilish, unga o‘z fikrini bildirishi, rebus, turli
boshqotirmalarni
yechish
bilan,
ularning
aqliy-intellektual
qobiliyatini
rivojlantirish orqali kasbga bo‘lgan ilk qiziqishi rivojlantirib boriladi.
12-13 yoshga kelib esa o‘quvchilarni ko‘plab mashhur insonlar – olimlar,
yozuvchilar, bastakorlar, rassomlarning ilm-fanga, adabiyot, musiqa va san’atga
bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirib borish mumkin.
15-16 yoshlarda o‘quvchilarni kasbiy ma’lumotlar, kasblarning insonlarga
qo‘yadigan talablari, mehnat jarayonlarining xususiyatlari, mazkur kasblarni
egallash borasida o‘quvchilar o‘rtasida har xil so‘rovnomalar, suhbatlar tashkil
etish maqsadga muvofiq. Ularni o‘ziga yoqqan kasbga qat’iy qiziqish hosil qilishi
uchun zarur ma’lumotlar bilan tanishtirish, to‘g‘ri maslahatlar berib, o‘zining
individual-psixologik xususiyatlariga mos keladigan kasb-hunarga yo‘naltirish
foyda beradi. Mazkur ishlarning dastlabki bosqichi albatta, umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida faoliyat yuritayotgan psixologlar, kasbga yo‘naltiruvchilar, fan
o‘qituvchilari, sinf rahbarlari tomonidan olib boriladi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, kasb-hunarga tayyorlash o‘quvchilarni
barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ijodkorlik qobiliyatlari, ko‘nikma va shaxsiy
sifatlarining shakllanishida muhim bosqich bo‘lib, o‘quv fanlari va darsdan
tashqari mashg‘ulotlarga ijodiy yondashish, ta’lim jarayoni hamda kasbiy tarbiyani
muammoli ta’lim asosida umumlashtirishga asos bo‘ladi.
88
Do'stlaringiz bilan baham: |