O`qituvchining echimi
1. Mazmuniga ko`ra barcha ta`riflar ham ta`lim jarayonining mohiyatini
yoritishga xizmat qiladi. Biroq, muayyan fan har bir kategoriya bo`yicha o`zining
aniq terminologiyasiga ega bo`lishi, tushunchalar voqea, hodisa yoki jarayonning
umumiy tavsifini, ob`ekt va predmetlarga xos muhim belgilarni yoritishga xizmat
qilishi zarur.
2. Keltirilgan ta`riflar asosida tegishli jarayonga xos umumiy tavsiflar
negizida tushunchani quyidagicha sharhlash maqsadga muvofiq: ta`lim jarayoni –
o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida tashkil etilgan holda ilmiy bilim, ularni
amaliyotda qo`llash ko`nikma, malakalarini o`zlashtirishga yo`naltirilgan
pedagogik jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |