PEDAGOGIKA
2016, 4-son
117
kompetentlikda esa ixtisoslik fani bо‘yicha tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya
jarayonining о‘ziga xos-xususiyatlari inobatga olinadi
1
.
Tinglovchilarda tayanch va maxsus kasbiy-pedagogik kompetensiyalarning
shakllanganligi asosini motivatsion xislatlar, intellektual salohiyat, irodaviy
sifatlar, amaliy kо‘nikmalar, hissiy sifatlar hamda о‘z-о‘zini boshqara olish sifatlari
tashkil etadi. Pedagogik muammolarning hal etilishi, avvalambor, pedagogning
yuqoridagi individiual sifatlariga tayanadi. Ushbu xislat va sifatlar о‘zining tо‘la
rivojlangan kо‘rinishida pedagogning individualligini, kompetentliligini, har
tomonlama barkamolligini tavsiflaydi. Ularning rivojlanganlik darajasi pedagog
shaxsining ijtimoiy faolligi, mustaqilligi, kreativligini, innovatsion pedagogik
faoliyatga tayyorgarligi va jamiyatdagi о‘rnini belgilaydi
2
. Professor-
о‘qituvchilarning tayanch kompetensiyasining tarkibiy qismlari sifatida
intellektual, global, g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy, boshqarish, diagnostik,
korreksion, mustaqil izlanish, kommunikatsion, nizo va ziddiyatlarning oldini olish
kabilar aniqlandi. Maxsus pedagogik kompetensiyalar mutaxassislik bloklari
bо‘yicha о‘qitiladigan fanlardan tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining
о‘ziga xos xususiyatlari asosida aniqlandi, uning mazmuni va mohiyati, tarkibiy
qismi sifatida quyidagilar belgilandi (1-jadval).
1-jadval
№
Maxsus
pedagogik
kompetensiyalar
Mohiyati
Zamon talablari asosida egallanishi
lozim bо‘lgan metodik bilim,
kо‘nikma va malakalar
1.
Metodologik
kompetensiya
О‘qitish jarayonini maqsadga
muvofiq tashkil etishning
didaktik asoslarini
egallash
Ta’lim-tarbiya
jarayonida
fan
yangiliklari, innovatsiyalari, texnik
va innovatsion texnologiyalardan
foydalanishning
konseptual
asoslarini egallash
2.
Media
kompetentlik
Fan yutuqlari, innovatsiyalar
va
kashfiyotlar
bо‘yicha
axborot
tо‘plash,
ularni
jamlash, saralash, didaktik
jihatdan qayta ishlash,
Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim
mazmuniga
kiritiladigan
yangi
ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda
innovatsion
texnologiyalardan
uyg‘un foydalanish
3.
Tashkilotchilik
kompetensiyasi
О‘qitishning barcha shakllari:
ma’ruza,
amaliy,
laboratoriya
va
seminar
mashg‘ulotlarida
ta’lim-
tarbiya jarayonini maqsadga
muvofiq tashkil etish
О‘qitishning
barcha
shakllari:
ma’ruza, amaliy, laboratoriya va
seminar mashg‘ulotlarida texnik va
innovatsion
texnologiyalardan
uyg‘un foydalangan holda tashkil
etish
1
Do'stlaringiz bilan baham: