Pedagogika universiteti


Temurning harbiy yurishlari. Qunduzcha va Tarak daryosi bo‘yidagi janglar



Download 434,34 Kb.
bet52/184
Sana29.07.2021
Hajmi434,34 Kb.
#132603
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   184
Bog'liq
O'zbekiston tarixi UMK

Temurning harbiy yurishlari. Qunduzcha va Tarak daryosi bo‘yidagi janglar. O‘z davlat xududlarini kengaytirish maqsadida Temur avvalo Osiyoning janubiy va janubi-g‘arbiy qismida joylashgan mamlakatlar ustiga askar tortdi.

1382 yilda Temur dastavval Kavkazortini bosib oldi. So‘ngra Gurjiston, Armaniston va Janubiy Ozarbayjon yerlari zabt etildi. Temurning O‘rta Osiyo chegarasidan tashqariga bo‘lgan tajovo‘zi asosan Shimolga, ya’ni Juji ulusida qad ko‘targan Oltin O‘rda davlatiga qaratildi. Chunki u Temur uchun eng xavfli hisoblanar edi. Balxash qulidan to Dnepr daryosigacha chuzilgan va Dashti qipchoq deb nomlangan yerlar Juji ulusi tasarrufida bo‘lgan. Bu ulusning Uraldan qora dengizgacha bo‘lgan markaziy va eng katta qismi Oltin O‘rda nomi bilan atalar edi. Uraldan Sharqdagi yerlar Oq O‘rda deb yuritilar edi. Siyosiy va iktisodiy jihatdan bu ikki O‘rda larning hayoti bir-biri bilan uzviy bog‘langan edi. O‘rta Yer dengizi xavzasidan boshlanib, mana shu O‘rda larning yeri orqali o‘tgan mamlakatlararo savdo yo‘li o‘rta asrlarda eng asosiy karvon yo‘li hisoblanar edi. Oltin O‘rda ning markazi — Saroy Berka Astraxan shahridan shimolda Volga daryosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, Sharq va g‘arbdan keladigan savdo karvonlarining deyarli hammasi shu shahar orqali utar edi.

Oltin O‘rdaga qarshi zarba berishda Temur uning ichki ziddiyatlaridan ustalik bilan foydalanadi. Temurning Oltin O‘rda ning ichki ishlariga aralashishdan maqsadi, uni o‘z davlatiga qo‘shib olish emas edi. U shimoli-g‘arbda o‘z davlati uchun juda xavfli kuch bo‘lgan Oltin O‘rda ni zaiflashtirish va uning sharqiy qismini o‘z ta’siri ostidagi xonlar tasarrufiga topshirish uchun kurashadi. U Oltin O‘rdaning yolg‘izSirdaryoning quyi oqimidagi iktisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan Xorazm va Movarounnahrga juda ham bog‘liq bo‘lgan yerlarinigina qo‘shib olmoqchi edi. Bu davrda Oltin O‘rda va Oq O‘rda larda ikki mustaqil hokimiyat qaror topib, ular o‘rtasida kuchli nizolar davom etardi. Urusxonning tazyiqidan qochib Temur xuzuriga xomiylik istab kelgan Oq O‘rda xonzodalaridan To‘xtamishga u bir necha bor harbiy jihatdan jiddiy yordamlar beradi. Hatto 1379 yilda esa Temurning xomiyligida To‘xtamish Oq O‘rda ning taxtini egallashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo To‘xtamish Oq O‘rda ni, keyinroq Oltin O‘rda ni qulga kiritgandan so‘ng, Temur ko‘tgandek uning ta’siri va panoxi ostida qolmadi.U o‘z xomiysiga lozim bo‘lgan shukronani tez unutdi. To‘xtamish oyoqqa turib olgach, mustaqil siyosat yurgizib, kezi kelganda xatto Temurga qarshi ish ko‘ra boshladi. U Oltin O‘rdani birlashtirish va uni kuchaytirish uchun kurash boshladi. 1380 yilda Qulikova maydonida Mamay ustidan qozonilgan g‘alaba To‘xtamishga Oltin O‘rda taxtini egallab, Juji ulusining har ikkala qismini yangidan birlashtirishga imkon berdi. O‘z zafarlaridan sarimast bo‘lgan To‘xtamish Oltin O‘rda ni tiklash bilan uning xududini kengaytirish maqsadida Rusiya yerlariga, Kavkazorti va Ozarbayjonga bir necha bor yurishlar qildi. 1384 yilda u Moskvaga bostirib kirib, shaharga o‘t qo‘yib, uni yondirdi. 1385 yilda u Tabrizni bosib olish uchun u yerga katta qo‘shin yubordi. Hatto 1387—1388 yillarda To‘xtamish Temurning navbatdagi harbiy yurishi vaqtida fursatdan foydalanib, Movarounnaxrga hujum qildi.

Oltin O‘rdaning qayta birlashtirilishi va uning kuchayib borishi, buning ustiga To‘xtamishning jahongirlik siyosati Movarounnaxrda qaror topgan Temur davlati uchun nihoyatda xavfli bo‘lib, Temurning faoliyatiga halaqit beribgina qolmay, balki uning uchun doimiy taxdid ham edi. Oltin O‘rda davlati tomonidan bo‘ladigan xavfni bartaraf qilish uchun Temur To‘xtamishga qarshi 1389, 1391 va 1394 — 1395 yillarda uch marta katta yurishlar qiladi. Ayniqsa, so‘nggi ikki yurish uning uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Temur 1391 yilda 200 ming qo‘shin bilan Samarqanddan chiqib, qishni Toshkentda o‘tkazadi. Bahorda qipchoq dashtini kesib o‘tib Uralga yetib boradi. O‘zining buyurishi xaqida u 1391 yil aprelida Turon cyltoni Temur bulgor hoqimiTo‘xtamishga qarshi 200 minglik askar bilan bu yerlardan o‘tdi, degan satrlarni Ulug‘tog‘ etagidagi qoyatoshlardan biriga uydirib yozdiradi. Temur va To‘xtamish qo‘shinlari Samara bilan Chistopol o‘rtasida joylashgan Kunduzcha degan joyda bir-biriga duchkeladi. Jang maydoniga har ikki tarafdan hammasi bo‘lib 400 ming nafardan ortiqroq qo‘shin to‘plangan edi. To‘xtamish ham Amir Temur bilan bo‘ladigan to‘qnashuvga puxta tayyorlangan edi. U Oltin O‘rda , Oq O‘rda va uning atrofi xududlaridan son jihatdan Temur qo‘shinidan ham ortiqroq harbiy kuch to‘plagan edi. Xullas, hayot — mamot jangi muqarrar edi.

Jang oldidan Temur qo‘shinga biroz dam berib, qudratli va uta mug‘ombir To‘xtamish bilan sodir bo‘ladigan dastlabki bellashuvning rejalarini belgilab oladi. So‘ngra qo‘shinning asosiy qismlari: manglay (avangard) -markaz, burong‘or — ung qanot, juvong‘or — sul qanot hamda izofa deb yuritilgan, faqat favqulodda xolatlardagina jangga solinadigan zaxira qismlarni strategik jihatdan eng qulay marralarga joylashtiradi. Jang 1391 yil 18 iyunida tong chog‘ida boshlanadi. Temur dastavval odatdagidek man­glay piyoda qismini emas, balki suvoriylarni jangga soladi. Har ikki qanotdash suvoriylar jangga kirib, yonboshdan hujum boshlaydilar. Bunday harbiy taktika uslubi, shubhasiz jangni boshqarishga shaylanib turgan To‘xtamish va uning nuyonu bahodirlarini avval boshdanoq birozgina sarosimaga ham tushiradi. Mana shunday xayratomo‘z vaziyatda boshlangan shiddatli va tinimsiz qirg‘in-barot uch kun davom etadi. Har ikki tomon ham katta talafot ko‘ra di. Muxorabaning ikkinchi kuni peshindan so‘ng,qanday bo‘lmasin janggohda harbiy ustunlikka erishish niyatida To‘xtamish qo‘shinidagi barcha zoxira qismlarni jangga tashlaydi. Bu ko‘zda tutgan natijani beradi. Jangdagi ustunlik To‘xtamish tomonga o‘tadi. Soxibqiron zudlik bilan buning chorasini belgilab, qo‘shinning ikki qanoti yon tomonlariga joylashtirilgan uta jangovar izofa qismlarni jangga soladi. Temurning piri Sayyid Ba­raka jangchilarga va’z aytib, ularning ruxini ko‘taradi. Markaz, izofa qismlar bilan jangovarligi oshirilgan qanotlarning birlashib, birin-ketin bergan zarbalariga dushman qo‘shinibardosh berolmaydi. Saflari buzilib, marralarni to‘tib turish mushkullashadi. Jangning uchinchi kuni To‘xtamish qo‘shinining katta qismi qurshovga olinib, u qirib tashlanadi. qolgan qismlari orqaga chekinadi va har tomonga to‘zg‘ib ketadi. qurshovdan zurg‘a chiqib olgan Oltin O‘rda ning kibr-xavoli makkor xoni bir qism qo‘shini bilan Itil daryosining ung soxiliga so‘zib utishga ulguradi. So‘ngra jon saqlash maqsadida u RossiyanIIg qalin urmonzorlari tomon chekinib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. g‘oliblar rus yerlarining ichkarisigacha uni quvib boradilar. Shunday qilib To‘xtamishning ko‘p mingli qo‘shini Kundo‘zcha jangida Soxibqiron qo‘shinidan qaqshaqich shikast topib mag‘lubiyatga uchraydi. Jahon harbiy san’at tarixida yangi saxifa ochgan bu jang o‘zining kulami, harbiy san’ati, talafoti va mag‘lubiyatu g‘alabasining mohiyati jihatdan buyuk tarixiy voqea edi. Shubhasiz, u amir Temurni jahon sarkardasi darajasiga ko‘tardi.

Garchi Temur jangda To‘xtamish ustidan g‘alaba qozonib, juda katta o‘ljani qulga kiritgan bo‘lsa -da, ammo Oltin O‘rda ning harbiy qudrati Hali kuchli bo‘lib, u tamomila shikast topmagan edi. Ko‘p vaqt o‘tmay To‘xtamish yangitdan qo‘shin to‘plashga kirishadi. Unga qundo‘zcha jangi oqibatidan sarosimaga tushib qolgan rus knyazlari yordam beradilar. Xatto u Litvaning buyuk knyazi, mashhur Vitovit bilan harbiy ittifoq to‘zib, kelishib oladi. Natijada, qisqa muddat mobaynida To‘xtamish mo‘g‘ul, tatar, rus, litva hamda boshqa xalq va elatlarda katta qo‘shinni to‘plashga muyassar bo‘ladi.

O‘rta asrlarning bu ikki yirik sarkardalari qumondonlik qilgan ko‘p minglik ikki qo‘shinlar o‘rtasidagi so‘nggi shiddatli jang 1395 yil 14 aprel, chorshanba kuni Shimoliy Kavkazda Tarak (Terek) daryosi vodiysida sodir bo‘ladi. Muxoriblar saf tortib, o‘z marralarida dong qotib jangga chorlovchi karnay va dovul sadolarini ko‘tib turgan bir vaqtda To‘xtamish qo‘shini orasidan ixtilof chiqib, favqulodda bir hodisa yuz beradi. To‘xtamishning yirik sarkardalaridan biri Amir Aktov boshliq qo‘shinning ung qanoti jang maydonini tark etib, o‘z valine’matidan yuz ugiradi. Bu voqea shubhasiz, To‘xtamish mag‘lubiyatining nishonasi bo‘lib, Temurning zafar topishidan dalolat berar edi. Shunga qaramasdan jang boshlanib ketadi. To‘xtamish qo‘shini og‘ir jarohatlangan majrux yirtqichdek yovga tashlanadi. Shiddatli muxoraba bu safar x;am uch kun davom etadi. Bu jangda ham Temur o‘z dushmaniga qaqshatqich zarba beradi. Katta talafot berib mag‘lubiyatga uchragan Oltin O‘rda xoni va uning baynalmilal qo‘shini Markaziy Rossiya tomon chekinib avval uning qalin urmonzorlari ichiga yashirinadi, so‘ngra Litvaning buyuk knyazi saroyidan panoh topadi. Temur To‘xtamishni rus yerlariga ta’qib etib Moskvagacha boradi. qaytishda Ryazan viloyatini talon-taroj etib, quyi Po­volje va uning markaziy shaharlari Saroy Berka va Xojitarxon (Astraxan) shaharlarini bosib olib, ularni vayron qiladi. Ayniqsa, Saroy Berkaga ut qo‘yilib, shahardagi barcha imoratu inshootlar buzib tashlanadi. Temurning bu yurishi oqibatida Povoljedan tashqari, qrim va uning dengiz bo‘yi shaharlari, shuningdek Azok (Azov) va shimoliy Kavkaz ham katta zarar ko‘ra di. Xullas, Temur Oltin O‘rda tasarrufidagi barcha madaniy viloyatlarning xo‘jalik va savdo-sotiq ishlariga katta putur yetkazadi. Bu viloyatlar va ulardagi yirik shaharlar shu darajada vayron qilingan ediki, ular ancha vaqtlargacha iqtisodiy jihatdan qaddilarini rostlay ololmagan edilar. Oltin O‘rda ning madaniy o‘lkalarini, xususan uning markaziy shaharlari Saroy Berka va Xojitarxonlarning harob etilishi oqibatida Xitoyni Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bog‘lagan savdo yo‘lining Oltin O‘rda orqali o‘tgan shimoliy tarmog‘i barham topadi. Endilikda butun savdo qatnovi yana O‘rta Osiyo shaharlari: O‘tror, Toshkent, Samarqand vz Buxoro orqali BalH Hirot va Sultoniya tomon yunaladi.

Rossiya muarrixlari B.L.Grekov va A.Yu.Yakubovskiylarning asosli xulosalariga qaraganda, Temurning To‘xtamish ustidan galaba kozonib Oltin O‘rda ga bergan kakshatkaich zarbasi faqatgina O‘rta Osiyo uchungina emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek Rossiya uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. Chunki Oltin O‘rda ning, xususan uning so‘ngi xonlariyu tumanboshilari Mamay va To‘xtamishlarning Rossiya xududida olib borgan o‘zluksiz talon-tarojlik yurishlari Moskva knyazligiga taxlika solib, uning atrofidagi rus knyazlarining yagona Rossiya davlatiga birlashishiga imkon bermay, ularning tinkasini kuritgan edi. Bunday govning barham topishi bilan shubhasiz, Rossiya davlatining rivoji yo‘lida tabIIy ravishda shart-sharoit namoyon bo‘ladi. Endilikda Temur o‘zining diqqat e’tiborini butunlay Eron, Arabiston, Kichik Osiyo va Hindistonni bosib olishga qaratadi.




Download 434,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish