1-masala
Qadimdan Arabiston yarim orolida yashab kelayotgan arablar Somiy qavmiga mansub bulib, ularning O’rta Osiyo xalqlariga na kelib shiqishi, na tili va na diniy e’tiqodi tomonidan hesh qanday qon-qarindoshligi va tanishligi yo’q edi. Arablarning ko’pshiligi sahro va dashtlarda yashovshi ko’shmanshi tuyakash shorvador edi. Ular badaviylar deb yuritilgan. Dengizga yaqin joylarda katta-kishik-Vohalar va ularning markazida esa katta-kishik shaharlar qad ko’targan. Vohalarda dehqonshilik, shaharlarda esa savdo-sotiq va mayda hunarmandshilik bilan kun keshiruvshi aholi yashar edi. VI asr oxiri va VII asr boshlarida arab jamoalari ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan juda qurama edi. Ular o’rtasida urug’-aymog’shilik va quldorlik munosabatlari hali kushli bulgan. Ilk feodal udumlar endigina vujudga kelmoqda edi. Mamlakat vohalarida tashkil topgan mayda hukumatlardan iborat bulib, ular shahar zodaronlari tomonidan idora qilishgan.Yamandan shimolga tomon yo’nalgan karvon yo’li Xijoz, Makka va Madina shahiarlarini kesib o’tib, mamlakatni Misr, Vizantiya va Suriya bilan bog’lar zdi. Bu yo’l orqali olib boriladigan tashqi savdodan shaharlik sudxo’r zodagon savdogarlar hamda badavlat qabilalarning urug’ oqsaqollari manfaatdor edi. SHahar aholisinnng ko'shmanshi shorvadorlar bilan olib borgan savdo-sotiq aloqalari ayniqsa gavjum bulgan. Biroq mamlakatda hukm surgan siyosiy tarqoqlik, badaviy qabilalari o’rtasidagi uzaro nizo, totemistik va animistik e’tiqodlar asosidagi butparastlik mavjudligi, bularning oqibatida karvon yo’llarida avj olib ketgan talonshilik ishki va tashqi savdo aloqalarining kengayishiga to’sqinlik qilmoqda edi. Bu, shubhasiz, zodagon savdogar tabaqaning manfaatlariga zid bulib, mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga katta putur etkazmoqda edi. VII asr boshlarida Arabistonda sodir bulgan bunday ijtimoiy va siyosiy vaziyat mamlakatning birlashuviga olib keldi. Bunday harakatning asosiy tarafdori bulib shaharlarning savdogar va hunarmand ahli ko’tarildi.Bu harakat buyuk va birdan-bir haq yul-yagona e’tiqodga da’vat qilishdan boshlanadi. Bu tavhidlik dini bulib, u tarixda "itoat", "tobelik" va "buyin egish" ma’nolarini anglatuvshi islom nomi bilan shuhrat topadi. Buyuk va yagona tangri - Ollohhu akbarning еrdagi rasuli sifatida Arabistonning yirik markazi-Makka shahrida dunyoga kelgan Muhammad binni Abdulloh (570-632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari o’zlarini "muslim", ya'ni islom diniga sodiq "itoatkor"lar deb ataydilar. Muslim (musulmon) laryumg xudo oldida teng ekani, rizq-ruzni barchaga yaratushining o’zi etkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlikning barham topishi haq ekani to’g’risida targ’ib etiladi. Bu, shubhasiz, mamlakat aholisining deyarli hamma tabaqalari manfaatlariga ma‘lum darajada mos kelib, birinshi navbatda shahar mehnatkash ommasi islomni qabul qiladi va bu harakatning avjga shiqishiga olib keladi. Dastavval o’z ona shahrida muvaffaqqiyat qozona olmagan Muhammad 622 yil 16 iyulda Makkadan Madina shahriga hijrat qilishga majbur buladi. Xuddi shu kundan boshlab musulmon SHarqida qabul qilingan hijriy yil hidobi boshlanadi. SHunday qilib islom bayrog’i ostida Makka shahirida boshlangan tavhidlik dini targ’iboti Madinaga ko’shadi va bu shahar kurashning markaziga aylanadi. Madinaliklar o’zga shahar va qabilalarning butparastlik dinlariga qarshi tashviqot is’hari olib borish bilan bir vaqtda ularning siyosiy tuzumiga zarba bera boshlaydilar. Bu kurashga arab qabilalarini jalb qilish maqsadida g’ayri din, o’zga mamlakatlarni talab o’lja olish shiori targ’ib qilinadi. Natijada musulmonlar tezda g’alaba qozona boshlaydilar. Muhammad vafot etgash, avval Abu Bakr (632-634), so’ngra Umar (634-644), Usmon (644-656) va Ali (656-661) lar xalifa, ya'ni "o’rinbosar" deb e’lon qilinadi. Bu xalifalar islom tarixshunosligida "xulafoiy rashoddin", ya’ni ,,haq yo’ldan borgan sahih halifalar" degan tabarruk nom bilan shuhrat topadilar. SHunki ular Muhammad boshlagan muborak ishni davom ettiradilar. Ular hukumronlik qilgan davrda Arabistonda islom dini to’la g’alaba qozonib, tarixda ilk bor o’ta markazlashgan musulmon davlati - Arab xalifaligi tashkil topadi. Misr, Suriya, Quddus, Falastin, Iroq, Vizantiya va Eron buysundirilib, islom jahon dinlaridan biriga aylanadi. Bu еrda shuni takidlash o’rinliki, arab qabilalarining islomni qabul qilib siyosiy jihatdan yagona hokimiyatga birlashuvida islom aqidalari, e'tiqod talablari, shariat ahkomlari, huquqiy va axloqiy maromlarni o’z ishiga qamrab olgan yangi mafkuraning boy va o’ta nodir manbai - Qur’oni karimning ahamiyati nihoyatda buyuk buldi. Ko’pgina boy mamlakatlar buysundirilib, behisob o’ljalarga ega bulgan Arab xalifaligi harbiy yurishlarni g’arb va sharqqa tomon kengaytirishga harakat qiladi. Bundan ayniqsa arab zodagonlari juda manfaatdor edi. O’ta jangovar katta qo’shin bilan xalifalik bir vaqtning o’zida ham Vizantiyaga, ham Eronga qarshi tajovuzkorlik yurishlarini boshlaydi. Turk hoqonligi va Vizantiya bilan uzoq yillar davomida olib borilgan urushlar oqibatida kushsizlanib, siyosiy parokandalikka ushragan Soysoniylar davlati xalifalikning harbiy kushlariga bardosh bera olmaydi. Eron qo’shinlari arablar bilan bulib o’tgan dastlabki to’qnashuvlardayoq qaqshatqish zarbaga ushrab, mag’lubiyat topadilar. Sosoniylar shohi Yazdijird III dushmanga qarshi kush to’plash maqsadida mamlakatning sharqiy viloyatlariga shekinadi. Biroq sheksiz zulm, og’ir soliqlar va to’xtovsiz urushlar natijaysida toliqib, qashshoqlashib qolgan mazlum xalq o’z shohini qo’llab-quvvatlamaydi. 651 yilda shoh o’ldirilib, qariyb besh asr hukmronlik qilgan Sosoniylar davlati qulaydi. O’sha yili arablar jangsiz holatda Marv shahrini egallaydilar. Ular bu еrda o’rnashib olgash, Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni bosib olishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |