“Pedagogika tarixi” fani g‘oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o‘zaro aloqadorligi.
Pedagogika tarixi fani ijtimoiy fan bo‘lib, uning metodologik asosi yosh avlodni tarbiyalash an’analarini, jamiyatning taraqqiyot bosichlaridagi o‘qitish, kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun qoidalarini, qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvar adiblar va pedagoglarning ta’lim-tarbiya va ma’rifatga doir g‘oyalarini va bu g‘oyalarning rivojlanishini mukammal o‘rganishdir.
O‘tmishda progressiv pedagoglar va atoqli mutafakkirlar pedagogikaga doir muhim fikrlarni aytib qoldirganlar, bularni o‘rganish bo‘lajak pedagogning tafakkurini o‘sishiga, pedagogik madaniyatini yuksalishiga imkon beradi.
Quyida ba’zi pedagoglarni nazariyalarini qarab chiqamiz. Buyuk slavyan pedagogi yan Amos Komenekiyning fikricha tarbiya nazariyasining uch vazifasi bor: O‘zini, tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya), o‘z o‘zini boshqarish (axloqiy tarbiya) va xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya).
Komenskiyning o‘rta asr pedagoglaridan bu masaladagi farqi shuki, u birinchi vazifani hal qilinishini juda muhim deb hisobladi.
Komenskiy tarbiyaning roliga juda yuksak baho berdi. Inson, deydi u – faqat tarbiya tufayligina insonga aylanadi, insonga u tarbiyalanishiga eng qulay yoshda bo‘lganida, ya’ni bolalik chog‘ida tarbiya berilishi lozim.
Tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar va xalqlar jahon pedagogika tarixi rivojlanishiga katta hissa qo‘Shdilar. Bu borada yunon olimlari Arastu, Platon, Demokrit kabi olimlar o‘z fikrlarini bayon etdilar. Ayniqsa, ularning inson kamolotidagi nazariy qarashlari, tarbiyaning roliga bergan katta ahamiyatlari pedagogika tarixi nazariyasini yaratishda asosiy zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Shveysariyalik buyuk pedagog I. G. Pestalotssi elementar nazariyasini yaratdi. Unga ko‘ra tarbiyalash eng oddiy elementlardan boshlanib, asta sekin tobora murakkabroq darajaga ko‘tarilib borishi lozim.
Pestalotssining elementar ta’lim nazariyasi jismoniy tarbiyani, axloqiy va estetik tarbiyani hamda aqliy tarbiya va o‘qitishni uz ichiga oladi.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng o‘zimizning milliy urf-odatlarimiz qadriyatlarimizdan foydalanishga keng yo‘l ochildi. Shuningdek, pedagogikada ham yoshlarni komil inson bo‘lib etishishlarida mustaqil O‘zbekistonning mustaqilligini mustaxhkamlash uchun barcha ishlarni sidqidildan bajarishga kirishildi. Ya’ni pedagogikada o‘zimizning milliy asarlar Qur’oni Karim, Hadislardan foydalanishga imkoniyat yaratildi. Chunki ularda ta’lim-tarbiyaning yuqori cho‘qqillarini ko‘rish mumkin.
Masalan: Qur’onning Oli-Imron surasida "kishilardagi baxillik, ochko‘zlik sifatlari qoralanib, ularni saxiy adolatli olijanob bo‘lishga chaqiradi.
Chunonchi, hadislarda ham ta’lim-tarbiyaning barcha qirralarini ko‘rishimiz mumkin. "Ilmni Xitoydan borib bo‘lsa, ham o‘rgan" "beshikdan qabrgacha ilm izla" kabi hadislardan ilmni qanchalar qudratga ega ekani, u tufayli inson buyuk darajaga etishib jamiyatda o‘z o‘urnini topishini anglasak, "salomlashishni odat qilinglar, zero u bir-birlaringa muhabbatlaringni ziyoda qilur" hadisda insonning yuksak odob axloq egasi ekanligini oliy belgisi salomlashish haqida fikr yuritilib, u orqali insonlarning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati ortishi yaqqol ifodalanadi.
Biz ta’lim-tarbiya berishda o‘zimizni o‘zligimizni anglashda avvalo milliy ma’naviy durdonalarimizdan foydalanish zarurdir. Bular bizga milliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Qadimiy Turkiston jahonga Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek, Lutfiy, Xaydar Xorazmiy, A. Navoiy, Bobur singari allomalarni etkazdi.
Qolaversa, ularning axloq odobga oid qarashlari, pedagogika fanlari bo‘yicha ta’limoti butun jahonga o‘rnak bo‘larli ma’no va mazmun kasb etgan.
Pedagogika tarixning ilmiy, nazariy va milliy asoslarini puxta o‘rganish o‘qituvchilarning faqat pedagogik madaniyatini oshiribgina qolmay, balki shu bilan birga, unga pedagogik mahoratni egallashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |