Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi о‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini о‘rganadi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiyparvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda ob’ektiv nuqtai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi. I.F. Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yо‘q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita etishmaydi.
Nemis pedagogi A. Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: “Ta’lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya prinsiplari ham bо‘ladi, yoki aksincha”.
Pedagogik jarayonning yagonaligi g‘oyasi K.D Ushinskiy g‘oyalarida chuqur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, о‘quv va tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. K. D. Ushinskiyning taraqiyparvar g‘oyalari uning izdoshlari: N.F. Bunakov, P.F. Lesgaft, K.B Yelniskiy, V.P Baxterov va boshqalarning ishlarida о‘z aksini topgan.
Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug‘ullandi. U pedagogik jarayonlarning kо‘ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, о‘qitish, о‘rgatish, tarbiya, pand-nasihat, о‘git va boshqa bir qator sо‘zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir”.
XX asrning 70-yillarida Y.K. Babanskiy, B.S.Ilin, V.M.Korotov, B.V.Kraevskiy, B.T.Lixachev, Y.P. Sokolnikov va boshqalar yagona pedagogik jarayonga ilmiy qiziqish bilan qarashdi.
Pedagogik jarayonning mohiyati tizimli metodologik yondashuv asosidagina zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi. U pedagogik ob’ektlarni tizimlar sifatida qarashni taklif etadi, aynan: tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagi о‘zaro aloqadorlikni aniqlash kabilarni о‘zida jamlaydi.
Ta’lim jarayonini rejalashtirish professor-о‘qituvchilar faoliyatining asosiy jihatlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Bunda amalga oshiriladigan choratadbirlar vakuum ostida emas, balki ta’lim muassasining sharoitidan kelib chiqqan holda bajariladi. Professor-о‘qituvchilardan albatta ular faoliyat kо‘rsatadigan ta’lim muassasasi madaniyatini, tashkilotning maqsadini va dunyoqarashini, intilishini, qadriyatlarini va xarakterini tushunishi kutiladi. Muassasaning madaniyati va qadriyatlari albatta о‘quv dasturiga ta’sir kо‘rsatadi. Xorijdagi oliy ta’lim muassasalarining kо‘pchiligi о‘zlarining vazifalarini bajarishda talabalarga muassasa maqsadlari va bitiruvchi о‘ziga xos xislatlari tо‘g‘risida fikrini berib boradi. Mazmunan bu umumiy tushunchalarda mazkur universitetda tahsil berilayotgan kurslar va dasturlar bо‘yicha talabaga kutilayotgan natijalarni beradi. Ushbu muassasa talablari albatta maxsus fanlar va fanlararo о‘quv dasturlarida aks ettirilgan va belgilangan bо‘lishi lozim. Masalan, Oklend universitetida yaxshi hujjatlashtirilgan bitiruvchi profili mavjud bо‘lib, unda qо‘yidagilar kо‘rsatiladi:
S.P.Baranov о‘z tasnifini guruhlar bо‘yicha taqsimlaydi. Birinchi guruhga о‘qitishning о‘kituvchi eng asosiy rol о‘naydigan hikoya, suhbat, tasniflash, tushuntirish va hokazolarni kiritadi. Bunda о‘quvchining asosiy vazifasi о‘qituvchi mulohazalarning mantiqiga ergashish, bayon qilinayotgan mazmunni tushunish, eslab qolish va keyinchalik о‘rganilgan materialni qayta gapirib bera olishdan iborat bо‘ladi. Uning fikri о‘qituvchi mulohazalarining tizimiga qanchalik yaqin bо‘lsa, о‘quv materialini о‘rganishning tavsiya etilgan yо‘li shunchalik ishonchli bо‘ladi. О‘quvchining asosiy vazifasi – о‘qituvchining gaplarini tinglash va ularni tushunib olishdir. Ikkinchi guruhga о‘qishning yо‘llari: mashqlar, mustaqil, laboratoriya, amaliy va kontrol ishlar kiradi. О‘quvchi faoliyatining xarakteri tavsiya etilgan metodning samaradorligini belgilaydi. О‘qituvchining roli bolalarning о‘qishiga mohirona rahbarlik qilishdan iborat bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |