Pedagogika tarixi (darslik) Mualliflar: K. Xoshimov



Download 1,12 Mb.
bet57/93
Sana18.07.2022
Hajmi1,12 Mb.
#819711
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93
Bog'liq
Педагогика тарихи

SIDDIQ RAJABOV
(1910—1993)

Siddiq Rajabov Respublikamizda xalq maorifining rivojlanishiga pedagogika ilmining taraqqiyotiga, ixtisosli pedagogik kadrlar tayyorlash ishiga katta hissa qo’shgan, dastlabki pedagogika fanlari nomzodi, dastlabki pedagogika fanlari doktori, professor va dastlabki akademikdir.


Siddiq Rajabov 1910 yil 1 aprelda Qozog’istonning Avliyo-ota (hozirgi Jambul) shahrida kambag’al-kosib oilasida tug’ildi. Uning otasi Rajab aka yamoqchilik bilan kun ko’rar, lekin shunday bo’lsa ham oilaning bosh farzandi Siddiqning o’qib, ilm olishini orzu qilar edi. Rajab aka o’g’lini yangi maktabga o’qishga berdi. Lekin ko’p o’tmay ota vafot etdi. Ota vasiyati va ilmga bo’lgan ishtiyoq unga to’g’ri yo’lni ko’rsatib berdi.
1926 yilda o’n olti yoshli Siddiq Rajabov g’ayrat bilan o’qishga, mehnat qilishga kirishdi. Shahar yoshlarining xalq o’rtasida olib borgan madaniy-oqartuv ishlarida faol qatnashdi.
1927 yilda Farg’ona pedagogika bilim yurtiga o’qishga kirdi. 1930 yilda bu bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomladi. Bilim yurtini tugatgandan so’ng Qashqadaryo viloyatining G’uzor tumaniga ishga yuborildi. U shu tumandagi Avg’onbog’ qishlog’ida boshlang’ich maktab ochadi, shu maktabda ham muallimlik, ham mudirlik vazifasini bajaradi.
1930 yilda Farg’ona pedagogika institutiga kirgan S.Rajabov 1933 yilda institutning ijtimoiy-adabiyot fakultetini imtiyozli tugatdi. S.Rajabovni institut Ilmiy kengashi pedagogika kafedrasiga assistent vazifasiga tavsiya etdi.
Ana shu davrda bo’lajak olim Farg’ona shahridagi «O’zbekiston besh yilligi» ishchi fakultetida, ayni paytda Hamza nomidagi pedagogika bilim yurtida direktorlik vazifasini bajardi.
S.Rajabov pedagoglar jamoasi va talabalar e’tibori hamda faoliyatini bilim yurti oldida turgan eng muhim masalalarga — maktablarga hamma fanlardan dars bera oladigan, pedagogikaning ilmiy asoslarini, ta’lim mazmuni, tamoyillari va metodlarini puxta egallab olgan yosh mutaxassislarni tayyorlash ishiga qarata olgan edi.
Ana shu davrlarda Ya.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, H.H.Niyoziy, A.Avloniy kabi atoqli pedagoglarning asarlarini qunt bilan o’rgandi. Egallangan bilimlar va to’plangan tajribalar asosida mahalliy matbuotda S.Rajabovning dastlabki pedagogik maqolalari chiqa boshladi. Maqolalarda maktablar istiqboli, tarbiya masalalari, yosh pedagog mutaxassislar tayyorlash haqida bahs yuritilar edi.
Ilmga bo’lgan ishtiyoq S.Rajabovni O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi aspiranturaga etakladi. U 1934—37 yillarda aspiranturada tahsil ko’rdi va pedagogika fanining eng muhim muammolari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. Uni respublikamiz xalq maorifining taraqqiyoti va bu taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyatlari, xalq maorifining rivojlanish istiqbollari, yoshlar tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan masalalar qiziqtirar edi.
U aspiranturani tamomlagach, O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutiga ilmiy xodim va Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasiga o’qituvchi qilib tayinlandi. Yosh olim ilmiy tadqiqot ishini pedagogik faoliyati bilan qo’shib olib bordi. Shu yillarda S.Rajabov kechki pedagogika instituti direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari lavozimida hamda yosh o’qituvchi sifatida mutaxassislar tayyorlashda katta faoliyat ko’rsatdi, o’z ishini puxta bilgan rahbar, etuk ilmiy xodim va mahoratli o’qituvchi sifatida elga tanildi. Yosh olim matbuotda tez-tez ilmiy, pedagogik, publitsistik maqolalari bilan chiqa boshladi. Shu yillarda u «XIX asr va XX asr boshlarida Buxoroda maktab va maorif taraqqiyoti ocherki» asarini yozib tamomladi. 1941 yilda ana shu mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini respublikada birinchi bo’lib muvaffaqiyatli himoya qildi. S.Rajabov 1942 yilda «Qizil O’zbekiston» gazetasiga muharrir o’rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu ishda o’zining ijodiy va tashkilotchilik qobiliyatini ko’rsata oldi.
Shunisi muhimki, S.Rajabov qaerda ishlamasin xalq ta’limi va pedagogik masalalardan uzoqlashmadi, aksincha, yosh avlodni yuksak vatanparvarlik va baynalmilallik ruhida tarbiyalash masalalari bilan qiziqib, qator ilmiy maqolalar nashr etdi, pedagogika tarixiga, xalq maorifi taraqqiyotiga, shuningdek, yirik pedagoglarning merosini o’rganishga oid risolalar yaratdi.
S.Rajabov 1947 yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasiga mudir qilib tayinlangandan keyin uning o’z ilimiy pedagogik faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyat yaratildi. U o’z atrofiga pedagogika ilmi muxlislarini to’plab, yirik pedagogik muammolarni hal qilish va o’rganishga boshchilik qila boshladi, respublikamizda pedagogika fanini yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarishda jonbozlik qildi.
Olimning 1958 yilgacha bo’lgan davrdagi ijodiy faoliyati yanada salmoqli bo’ldi. Bu yillarda uning «Pedagogikani o’qitishni hozirgi zamon fani talabi darajasiga ko’taraylik», «O’qituvchilar kasbi haqida», «O’zbekistonda 25 yil ichida maktablarning taraqqiyotiga doir», «Pedagogika oliy o’quv yurtlari talabalarining ilmiy tadqiqot ishlari haqida», «O’zbekiston maktablarining 30 yil ichidagi tarixidan», «O’zbekistonda umumiy ta’lim uchun kurash va maktablarda o’quv-tarbiya ishlari», “40 yil ichida O’zbekistonda xalq maorifi” kabi jami 26 ta ilmiy, ilmiy-ommaviy ishlari nashr qilindi.
1958 yilda Siddiq Rajabovning ilmiy faoliyatida unutilmas voqek sodir bo’ldi. Maktablar tarixiga doir doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Haqiqatan ham olimning mazkur ilmiy tadqiqoti respublikamiz xalq maorifi taraqqiyotini, maktablarimiz tarixini o’rganish yo’lidagi dastlabki muhim qadam edi.
1959 yilda pedagogika fani doktori Siddiq Rajabov sobiq RSFSR Pedagogika fanlari Akademiyasiga muxbir a’zo qilib saylandi va 1960 yilda unga professor ilmiy unvoni berildi. S.Rajabovga nisbatan bildirilgan bu katta ishonch olim oldiga yanada mas’uliyatli vazifalar yukladi. U respublikamizda pedagogika fanini yanada rivojlantirish, yuqori malakali ilmiy pedagog xodimlar tayyorlash masalasiga diqqat-e’tiborni qaratdi. O’z atrofiga qobiliyatli yoshlarni to’plab ular e’tiborini pedagogika fanining dolzarb masalalariga qaratdi, maktab-maorif uchun zarur bo’lgan mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib borishga ilhomlantirdi.
1961 yilda Siddiq Rajabov O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutiga direktor qilib tayinlandi. Olim mazkur institutga olti yil rahbarlik qildi. Institutni yuqori malakali mutaxassis xodimlar bilan ta’minlash, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini hayotga—maktab amaliyotiga yaqinlashtirishga boshchilik qildi hamda tadqiqot natijalarini o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish bo’yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirdi.
Ta’kidlash joizki, S.R.Rajabov faqat rahbarlik faoliyati bilan cheklanib qolmadi, aksincha, 1958—1966 yillarda 50 dan ortiq ilmiy va o’quv-metodik ishlar muallifi bo’ldi. Chunonchi, “L.N.Tolstoyning pedagogik faoliyati haqida”, “Pedagogika fanining yangi vazifalari”, “Pedagogika nazariyasi va tarixiga oid ilmiy-ommabop maqolalar to’plami”, “Darsda o’quvchilar aktivligini oshirish yo’llari”, “Tadqiqotchilarning kuchini birlashtiraylik”, “Ta’lim berib tarbiyalaylik, tarbiyalab ta’lim beraylik”, “Eng sharafli burchimiz”, “Maktab haqida g’amxo’rlik — umumxalq ishi”, “O’zbekistonda xalq maorifi”, “Pedagogika fanining ravnaqi uchun” kabi ishlari, shuningdek, 1962, 1966 yillarda nashr qilingan “Pedagogika” darsliklariga hammuallif bo’ldi.
Bu davrda olim pedagogika fanini chin qalbdan sevgan mutaxassislarni, ko’pgina iqtidorli yoshlarni o’z atrofiga chorladi. Yosh olimlarga hamisha yordam berib keldi. Yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash uning hayotiy e’tiqodi va turmushining mazmuniga aylanib ketdi. Shu bois M.Ochilov (1962 yil), F.Abdullaev (1962 yil), K.X.Hoshimov (1964 yil), S.R.Rahimov (1964 yil), A.Ahmedov (1965 yil), B.Nurlibekov (1965 yil), M.Ahmedova (1965 yil), T.Mo’minjonov (1966 yil), S.N.Nurmatov (1966 yil), A.K.Tyulenov (1966 yil), D.A.Urumbaev (1966 yil), S.X.Fayzulina (1966 yil) kabi ilm-fanda o’z yo’lini topib olgan iqtidorli yoshlar olim rahbarligida nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Shuningdek, professor S.Rajabov ilmiy maslahatchiligida doktorlik dissertatsiyalari tayyorlana boshlandi va bu sohadagi dastlabki ish himoya qilindi.
Umuman Siddiq Rajabovning O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutidagi faoliyati mazkur institut tarixida katta iz qoldirgan. Olim rahbarligida, u bilan hamkorlikda ishlagan ko’plab ilmiy xodimlar o’sha yillarni eslar ekanlar. S.Rajabov haqida, uning rahbarlik faoliyatini mamnuniyat bilan tilga oladilar.
1964 yilda S.Rajabovning ilmiy pedagogik faoliyatiga yuksak baho berilib, unga “Respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi” unvoni berildi.
S.Rajabov 1966—1990 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti “Umumiy pedagogika” kafedrasining katta jamoasiga boshchilik qildi. U kafedra a’zolarining har biriga murabbiy, ustoz edi. Bugina emas, olim o’qituvchi mutaxassislar tayyorlash sohasida fidokorona mehnat qilayotgan hamkasblari — institutning etuk olimlari bilan bir qatorda o’rta va oliy ta’limga aloqador juda ko’p muammolarni hal qilishda faoliyat ko’rsatdi.
Professor S.Rajabovning ushbu institutdagi chorak asrlik uzluksiz ilmiy-pedagogik faoliyati alohida muhim davr bo’ldi:
Ilmiy-pedagogik muammolarni hal qilishga alohida birinchi navbatda kafedrani yuqori malakali ilmiy-pedagogik xodimlar bilan ta’minlash, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar sifati va samaradorligini oshirish, qolaversa, kafedra jamoasining ilmiy va metodik saviyasini yuqori ko’tarish kabi masalalar hal qilina bordi.
S.Rajabov bu davrda juda ko’plab metodik muammolarni kafedra a’zolari va ilmiy jamoatchilik tomonidan muvaffaqiyatli hal qilinishiga boshchilik qildi. Xususan, didaktika — ta’lim nazariyasi, xususiy metodika, tarbiya nazariyasi va metodikasi, shuningdek maktabshunoslikning dolzarb muammolariga aloqador asarlar yaratdi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, olim bu davrda o’z ilmiy faoliyatini bir necha yo’nalishlarda olib bordi. Jumladan, pedagogika fanining metodologik muammolari, odob-axloq va tarbiya masalalari, oliy ta’lim didaktikasi, pedagogika tarixini o’rganish va uning rivojlanish istiqbollarini tahlil etish masalalari ilmiy faoliyatida markaziy o’rin tutdi.
Amalga oshirilgan ilmiy-ijodiy ishlar natijasi sifatida olimning 300 ga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari, risolalari, qo’llanmalari, darslik va monografiyalari e’lon qilindi.
S.Rajabov Sharq mutafakkirlari pedagogik merosini o’rganish masalalariga o’z faoliyatida katta o’rin berdi. Uning A.Navoiy, Z.M.Bobur singari mutafakkirlarning pedagogik qarashlari haqidagi maqolalari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, U.K.Hoshimov bilan “O’zbekistonda pedagogik fikrlar antologiyasi” (Moskva: Pedagogika nashriyoti 1986 yil)ning tuzuvchilaridan hisoblanadi. Bu antologiya O’zbekiston va sobiq Ittifoqdagi barcha millatlarga, ayniqsa, rusiy zabon millatlarga O’rta Osiyo qomusiy olimlarining hayoti, ta’lim-tarbiya sohasidagi g’oyalaridan ma’lumot beruvchi muhim manba sifatida qimmatlidir.
S.Rajabov o’zining asosiy ishini jamoat ishlari bilan muntazam bog’lagan holda olib bordi. U 1961—1988 yillarda O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligining hay’at a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatdi. U vazirlik tomonidan xalq ta’limi tarmog’ini yanada kengaytirish, maktablarda o’quv-tarbiya ishlarini davr talablari darajasiga ko’tarish borasida amalga oshirilayotgan hamma tadbirlarda bevosita qatnashib keldi.
S.Rajabov pedagogika fanlari bo’yicha ilmiy darajalar beruvchi bir necha ixtisoslashgan Ilmiy kengashlarning raisi hamda Dushanbe Davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengash a’zosi sifatida katta faoliyat ko’rsatdi.
Siddiq Rajabovning ko’p qirrali jamoatchilik faoliyatida uning respublika pedagogika jamiyati markaziy Kengashi Prezidiumiga raisligi asosiy o’rin egallaydi.
Siddiq Rajabovning pedagogika fani va xalq ta’limi ravnaqi yo’lidagi mehnatlari hukumat va xalqimiz tomonidan yuksak baholandi.



Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish