Pedagogika tarixi (darslik) Mualliflar: K. Xoshimov



Download 1,12 Mb.
bet16/93
Sana18.07.2022
Hajmi1,12 Mb.
#819711
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
Bog'liq
Педагогика тарихи

Bahouddin Naqshband

Muhammad ibn Muhammad Fazl Buxoriy – Bahouddin Naqshband hijriy 718 (milodiy 1318) yilda Buxoro shahriga yaqin Ko’shki Hinduvon (qasri Orifon) qishlog’ida tug’iladi. Naqshband uning laqabi bo’lib, ota kasbi - kimxobboflik bilan shug’ullanganligi uchun berilgan bo’lsa kerak.


Muhammadning bobosi so’fiylar bilan yaqindan munosabatda bo’lganligi uchun ham, unda tasavvuf ilmiga qiziqish bolalikdan paydo bo’ladi va shu yo’lda tarbiyat topadi.
Muhammad ibn Muhammad tariqat sulukiga oid ilk saboqlarni Shayx Hoja Muhammad Boboyi Samosiy va Sayyid Amir Kuloldan oladi. Ammo Hazrat Hoja Bahouddin Hoja Abdulholiq G’ijduvoniyni o’ziga ustoz bilib, uning yo’lini qabul qiladi.
Bahouddin Naqshband haqidagi “Maqolot”larda uning Sayyid Kulol bilan bir qatorda, Orif Dekkironiy, Kusam Shayx va Xalil otalardan ham tasavvuf ta’limoti bo’yicha saboq olganligi qayd qilingan.
Muhammad ibn Muhammad Fazl Buxoriy ikki marta haj qiladi. Haj safaridan Buxoroga qaytgach, butun umrini shu erda o’tkazadi. Amir Kulolning vasiyatiga ko’ra uning xalifasi bo’lib qoladi. Bahouddin Naqshband hijriy 791 (milodiy 1389) yilda vafot etib, qasri Orifon qishlog’ida dafn etiladi.
Uning muridlaridan eng mashhurlari Hoja Alouddin Attor va Hoja Muhammad Porsodir.
Bahouddin Naqshband va’z va pand-nasihatlarni o’z ichiga olgan “Hayotnoma” nomli she’riy to’plam va tasavvufga oid “Dalil al-oshiqin” nomli kitob yozgan. Biroq mazkur asarlar bugungi kunga qadar topilgan emas.
Bahouddin Naqshband Naqshbandiya tariqatining asoschisidir.
Bahouddin Naqshband ta’limoti uning hayotlik chog’idayoq Movarounnahrda faqat shahar hunarmandlari orasidagina emas, balki ko’chmanchi turkiy qabilalar orasida ham keng tarqalgan.
Naqshbandiya tariqati Islom dinidagi sunniylik yo’nalishi g’oyalariga asoslangan bo’lib, uning ma’naviy silsilasi bir tomondan, Abu Bakr Siddiq (632-634 yillar) hamda ikkinchi tomondan, Ali ibn Abu Tolibga borib taqaladigan 12 tariqatning biri sanaladi. Bu silsila «Silsilat az-zahab» («Oltin silsila») deb nomlanadi. Tariqat ma’naviy jihatdan Abu Bakr, jismoniy jihatdan esa Ali ibn Abu Tolib orqali payg’ambar Muhammad Alayhis-salom faoliyati negizida shakllangan.
Naqshbandiya sulukining boshqa suluklardan farqi nimalardan iborat?
Avvalo, Naqshbandiya suluki halol mehnat qilish orqali kun kechirish g’oyasini targ’ib qiladi. Bahouddin Naqshband tomonidan ilgari surilgan “Dil ba yoru, dast ba kor” (Dil yorda, qo’l ish (mehnat)da) shiori fikrimizning yorqin isbotidir. Shuning uchun ham Naqshbandiya sulukiga kirgan kishilar mehnat qilish evaziga hayot kechirar edilar. Tunu kun toat-ibodat bilan shug’ullanib, oila, jamiyat yumushlarini tark etish emas, balki oilani farovon, mamlakatni obod etish yo’lida mehnat qilish talab etilar edi. Ushbu talab hadislar mazmunida olg’a surilgan g’oyalarga to’la mos tushadi. Bahouddin Naqshbandning o’zi ham oddiy, pok inson bo’lib, mehnat qilish evaziga kun kechirgan.
Naqshbandiya tariqatining boshqa suluklardan yana bir farqi shu ediki, boshqa suluklarning tarafdorlari pir oldiga yig’ilib, “Zikri aloniya”ni amalga oshiralar, ya’ni, ovoz chiqarib zikr tushsalar, Naqshbandiya tariqatining tarafdorlari “Zikri xufiya”ni amalga oshirganlar, ya’ni, ular tomonidan Ollohga qilinayotgan toat-ibodat ovoz chiqarmasdan bajarilar edi. “Zikri aloniya”ning mohiyatiga ko’ra Alloh ismi yoki “Lo iloha illolloh” kalimasi bor ovozda ohang yordamida aytilib, raqsu samo’ asosida bajarilgan. Ahmad Yassaviy sulukida zikrning mazkur shakli “Zikri arra” deb yuritilar edi. Mazkur amalni ado etish chog’ida zikr qilayotganlarning ovozi yog’och kesayotgan vaqtda arradan chiqadigan ovoziga o’xshar edi. “Maqomati Naqshbandiy” asarida keltirilishicha, Jaloliddin Rumiy asos solgan Mavlaviya sulukidagilar ham ana shu odatga amal qilganlar.
“Zikri xufiya” amalini bajarish vaqtida esa muridlar bir joyga to’planishlari shart emas, har kim o’z uyida tinch, osuda, shovqin-suronsiz, raqsu samo’siz Allohning ismi va muqaddas so’zlarni dilda yod etib, kunduzlari o’z ishi bilan mashg’ul bo’laveradi. “Zikri xufiya” amalini Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshbandiy yuqorida qayd etib o’tilganidek, Abdulholiq G’ijduvoniydan o’zlashtirgan. Mutafakkirlar - Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ham shu suluk vakillari sanalganlar.
Uchinchi farq shundan iborat ediki, Naqshbandiya sulukining valiylar bemordan o’zlariga kasallikni tortib olib, so’ngra kasallikni o’z vujudlaridan chiqarib tashlash xislatiga ega bo’lganlar.
To’rtinchi farqi, Naqshbandiya sulukidagi avliyolar boshqa ba’zi avliyolardek, karomatfurushlikka yo’l qo’ymagan. Har bir muridning Allohga etishishi hamda vahdat hosil qilishi uchun ma’naviy va ruhiy poklanish maqsadi yo’lida uning har qanday bid’atga qarshi kurashishi talab etilgan. Avliyolik kuch-quvvatini esa faqat ezgu ishlar: ilm-ma’rifatni rivojlantirish, shuningdek, xalqning ma’naviy jihatdan poklanishini ta’minlash yo’lida har qanday zulm va bid’atga qarshi kurashishga sarflagan. Ushbu suluk valiylari shu kabi ezgu amallari bilan xalq orasida bevosita obro’ qozongan. Buni biz “Maqomati Hoja Naqshband” asarida bayon etilgan voqealar va Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshbandiy tomonidan ifoda etilgan hikoyatlar mazmunidan ham anglash mumkin. Xususan, Bahouddin Naqshband musulmonlikning mohiyatini quyidagicha yoritgan edi: “Musulmonlik - bu iloji boricha hukmlarga bo’ysunish, taqvoga rioya qilish, amalni bajarishga intilish va bekorlikdan uzoq bo’lib, bularning hammasi nuri safo va rahmat hamda valoyat darajasiga etishish vositasidir. Avliyolarning aziz manzili va maqomlariga mana shu sifat va parvarish orqali etiladi”9. Ushbu fikrning mantiqiy davomi sifatida o’z tariqatining maqsadini Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshband yana shunday bayon etadi: “Bizning tariqamiz jahriya zikri-yu, raqs emas, bizning tariqamiz, anjumanda xilvat (xilvat dar anjuman), vatanda safar (safar dar vatandir. Xilvatda shuhrat bor, shuhrat esa ofatdir. Jam’iyatda xayriyat bo’ladi, jam’iyat esa suhbatda bo’ladi. Agar bu yo’l toliblaridan bir guruhi bir-birovlari bilan hamsuhbat bo’lsalar, bu suhbatda xayru baraka ko’p bo’ladi. Umid borki, bu ishga doimo amal qilinsa, oxiri haqiqiy iymon bilan yakunlanadi”1.
Demak, Bahouddin Naqshband inson barkamol bo’lishi uchun, avvalo, iymonli bo’lishi zarur deb biladi.
Ma’lumki, tariqat yo’li odobdan iborat, har bir maqomning o’z odobi bo’lganidek, Naqshbandiya tariqatining ham o’z xulq-odob talablari bor. “Kimki ana shu odobni ushlasa, uni balog’at ahlining balog’atiga etkazadi. Adab bu – xulqni chiroyli qilish, so’zni va fe’lni soz qilishdir. Xizmat odobi ulug’ baxtdan yaxshiroq, uning belgisi - amalning qabuli, tug’yon esa amalning buzuqligidir. Adabni saqlash-muhabbat samarasi, yana muhabbat daraxti, yana muhabbat urug’i hamdir”.
Bu hikmatlardan ko’rinib turibdiki, Naqshbandiya tariqati odob-axloq tariqati, chunki bu tariqat aynan insonning ma’naviy-axloqiy kamolga etishi uning xulq-odob talablari mohiyatini anglashi, ushbu qoidalarga amal qilishiga bog’liqdir. Buni biz Hazrat Bahouddin Naqshbandning ma’naviy-axloqiy qiyofasidan ham bilsak bo’ladi. “Maqomati Hoja Naqshband” asarida shunday deyiladi: “Ularning axloqlaridan bir shingili shuki, agar ular biror do’st yoki darveshning uyiga borib qolsalar, ularning barcha farzandlari va yaqinlarining hamda xizmatkorlarining ahvolini so’rar va har birining ko’nglini bir yo’l bilan topar edilar. Do’st hamsoyalar va darvesh oshinolardan hamisha rozi va xushnud bo’lardilar. Ularning bu lutfi har bir kishiga to’g’ri yo’l uchun dalolat qiluvchi edi”2.
Naqshbandiya tariqati asosida har bir insonning halol, pok bo’lishi, o’z mehnati bilan hayot kechirishi kerakligi, sabr-qanoatli bo’lishi, kamtar, samimiy bo’lishi, iymon va e’tiqodini mustahkam tutishi, dilda xudoni jo etib, amalda xalq bilan birga bo’lish kabi olijanob xislatlarni tarkib toptirish yotadi. Bu xislatlarni o’zlashtirib borish jarayonida inson poklana boradi va ruhan Allohga etishiga o’zini tayyorlaydi.
Naqshbandiya tariqati kishilarni mehr-oqibat, samimiylik, halollik, mehnatsevarlik, rostgo’ylik, sabr-qanoatga ega bo’lish sari yo’llar ekan, ularda yomon illatlar: harom ishlar, ya’ni, o’g’rilik, nopoklik, xasislik, yolg’onchilik, firibgarlik, ta’magirlik, boylikka hirs qo’yish kabilarni qoralaydi. Buni biz Hazrati Hoja Bahouddin Naqshbandning quyidagi fikrlaridan ham bilsak bo’ladi:
“Shamga o’xshagin, toki hammaga ravshanlik bag’ishla, o’zing esa qorong’ida bo’l, “Hoyu havas va nafs ahllari tutgan ishlar asosining barchasi zalolat (adashuv)dan iboratdir. Ishlarda niyatni to’g’ri qilish eng muhim narsadir”, “Kishi o’zining nafsiga tuhmat qilishi kerak. Kimki Haq subhonahu inoyati bilan o’z nafsining yomonligini tanigan, uning hiyla-nayrangini anglagan bo’lsa, bunday qilish unga oson bo’ladi. Bu yo’ldan yuruvchilarda o’zgalarning gunohini ham o’zlaridan deb bilish hollari ko’p bo’ladi”.
Bu hikmatlarda komil insonni tarbiyalash uslublari ham bayon etilgan: “Suhbatimizga etishadigan guruhlardan ba’zilari shundayki, ularning ko’ngillarida muhabbat urug’i bor, ammo xalaqit beruvchi xasu hashaklar tufayli o’solmaydi, bizga esa uni poklash lozim. Ba’zilarida muhabbat urug’i yo’q, bizga esa uni paydo qilish lozim”; “Murshid tolibnnig o’tgan, hozirgi va kelajak kabi uch holidan boxabar bo’lishi kerak, shundagina uni tarbiya qila oladi”; “Tolib amal qilishi zarur bo’lgan shartlardan biri shuki, u Haq Taolo do’stlaridan biri bo’lgan do’st bilan hamsuhbat bo’lib, o’z holidan voqif bo’lishi zarur. Suhbat zamonini o’zining o’tmish zamoni bilan solishtirib ko’rsin, nuqsondan kamol sari ketayotganini o’zida mushohada qilsa, bu azizning suhbatida mulozamatda bo’lishni o’zi uchun farzi ayn hisoblasin”.
Xulosa qilib aytganda, Naqshbandiya tariqati ikki muhim tariqat: Abdulxoliq G’ijduvoniy hamda Ahmad Yassaviylarning yo’lini birlashtirdi va hayotga moslashtirdi.
Naqshbandiya suluki (Xudoga yaqinlashish yo’li) o’n bitta axloqiy qoidani ishlab chiqdi va amaliyotga tadbiq etdi.
So’fiyning poklanish va xudoga etishish darajasi ma’naviy murabbiy-shayx, murshid yoki pir tomonidan amalga oshiriladi.
Va nihoyat, murshid bilan murid o’rtasidagi ma’naviy-ruhiy aloqaning paydo bo’lishi muridning kamolotga etishganligini ko’rsatadi va murshid muridga o’z hirqasini echib beradi. Bu yo’l muroqaba, mushohada, musohaba kabi uch bosqichdan iborat bo’ladi. Naqshbandiya sulukiga kirgan inson o’zini ham ruhan, ham jismonan chiniqtirishi, ma’naviy poklashi va qalbga sayqal berishi lozim.
Naqshbandiyaning asosiy yo’li Haqqa etishga intilish, xufiya zikr qilish bo’lib, ba’zi bid’atlarni rad etadi. Masalan, darbadarlik, qashshoqlik, musiqa chalib, ashula va raqs tushib, zikr tushish (samo’) va ovoz chiqarib (jahr) zikr qilish va boshqalar. Aziz-avliyolar, ularning mozorlariga sig’inish man etilib, har qanday madadni faqat Allohdan so’rash kerakligi ta’kidlanadi. Ruhan poklanib, manmanlik, kibru havodan voz kechib, oddiy o’z mehnati bilan kun kechirishga da’vat etadi.
Demak, Naqshbandiya tariqatining asosini insonning ham ruhan, ham jismonan poklanishi tashkil etib, bu jarayon hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Bugungi kunda yosh avlodni etuk inson etib tarbiyalashda Naqshbandiya tariqatining axloqiy tizimi, yo’l va usullari qo’l keladi. Zero, aqliy, axloqiy, jismoniy kamol topgan shaxsni shakllantirishda mazkur tariqat g’oyalari muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Haqiqiy so’fiylik tarkidunyochilik g’oyasini ilgari surmaydi, u insonni ma’naviy poklanishga yo’llaydi. Lekin ba’zi johil va nodon kishilar (hatto din peshvolari ham) insonning ruhan xudo bilan birlashishi, “Anal haq”lik, ya’ni “Men xudoman” degan ifodaning mohiyatini tushunmasdan, ularni ta’qib etdilar. Aslini olganda, so’fiylik - bu muruvvat, saxovat, mehnat, qanoat va diyonatdir. Ular inson xulqida mavjud bo’lgan illatlarga qarshi kurashuvchilardir. So’fiylar hayotni qabohat va razolatdan tozalash yo’lida har bir insonning ma’naviy jihatdan pok bo’lishini ta’minlash uchun kurashganlar.
Xulosa qilib aytganda, Islom er yuzida keng tarqalgan dinlardan bo’lib, u musulmon madaniyatining tarkib topishida muhim rol o’ynadi. Islom ta’limotining muqaddas kitobi - “Qur’on”da ilgari surilgan xulq-odob, turmush tarziga oid qarashlar musulmonlar axloqiy tarbiyasining shakllanishiga asos bo’lib xizmat qildi. Barcha musulmon mamlakatlarida “Qur’on”ning sharhlovchilari tomonidan shariat qonun-qoidalari, axloqiy talablarini targ’ib etilishi keyinchalik musulmon adabiyotida axloqiy-didaktik mazmundagi asarlarning paydo bo’lishiga turtki bo’ldi.
Islom barcha musulmon mamlakatlarida bo’lgani kabi Xuroson va Movarounnahrda ham asosiy din hisoblanadi. Shuning uchun xalq hayotida Islom ta’limotida ifodalangan xulq-odob qoidalari mohiyatini chuqur o’rganish asosida yosh avlodda ma’naviy-axloqiy xislatlarni tarbiyalash maqsadga muvofiqdir.



Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish