Pedagogika tarixi (darslik) Mualliflar: K. Xoshimov



Download 1,12 Mb.
bet60/93
Sana18.07.2022
Hajmi1,12 Mb.
#819711
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93
Bog'liq
Педагогика тарихи

OLIY TA’LIM

Oliy ta’limda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.


Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash universitet, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqichda: bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat — oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim beriladigan, o’qish muddati kamida to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura — aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shartnoma asosida olinadi.
Oliy o’quv yurtidan keyin malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojga qarab oliy o’quv yurti va ilmiy tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad’yutantura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik tarzida davom ettiriladi.
Oliy ta’limdan so’ng kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimini va ko’nikmalarini chuqurlashtirish va yangilashga qaratiladi.
Bolalar va o’smirlarning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun madaniy-estetik, ilmiy-texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari mavjud. Bunday maskanlarga bolalar, o’smirlar, ijodiyoti saroylari, uylar, klublar va markazlar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari kiradi va bu joylarda bolalar o’z ehtiyojlari va qiziqishlariga ko’ra shug’ullanadilar.
Ta’lim islohotlarida kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlarini asosan quyidagilar tashkil qiladi:
- shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
- davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
- uzluksiz ta’lim — malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhiti o’z ichiga oladi;
- fan — yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
- ishlab chiqarish-kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan quyidagi talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnik jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturda intelektual, ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida fan, jumladan, pedagogika fani, ham yangi fundamental va bilimlarni shakllantirish orqali muhim ilmiy natijalarni jamlaydi. Oliy malakali va ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashning amalga oshirilishi, ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish orqali ilm-fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlashni amalga oshirish ko’zda tutiladi, ilg’or axborot va tendentsiya texnologiyalarini joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.
Mustaqil yillarda pedagogika sohasida ham yirik tadqiqiotlar olib borilmoqda. Masalan, O’rta va oliy ta’lim vazirligida yiliga 17 aspirantura va 7 doktorantura; Xalq ta’lim vazirligida 5 aspirantura, 1 doktorantura o’rinlari mavjud.
Pedagogika va psixologiya fanlari bo’yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun ixtisoslashgan Kengashlar faoliyat ko’rsatmoqda.
4. Mustaqillik yillarida pedagogik fikr taraqqiyoti.
Mustaqillik yillarida pedagogika fanining eng dolzarb muammolari ustida doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Chunonchi, OMusurmonova “Yuqori sinf o’quvchilarida ma’naviy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari”, S.Nishonova “Sharq uyg’onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi”, U.Mahkamov “Yuqori sinf o’quvchilarining axloqiy madaniyatini shakllantirish”, M.Inomova “Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslari” kabi doktorlik dissertatsiyalari shular jumlasidandir.
Hozirgi paytda Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlar ilmiy tadqiqot instituti, hunar ta’limi ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’lim sohasi bo’yicha Davlat ilmiy-texnikaviy dasturining ijrochilari hisoblanadilar.
Hozirgi davrda, O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti strategiyasi, o’zbek xalqining buyuk davlat barpo etish yo’lidagi ezgu orzu-umidlarini, milliy istiqlol mafkurasini asl mohiyatini yoshlar qalbiga va ongiga singdirish jarayoni kechayotgan bu davrda bu muhim ishni "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ asosida uzluksiz tarzda olib borishni taqozo etadi.
Zero, istiqlol mafkurasi hur fikrlilik va jur’atsizlikdan holi bo’lgan, o’z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insonni tarbiyalaydi.



Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish