Pеdagogika, psixologiya va ta’lim mеnеjmеnti ” kafеdrasi



Download 146.35 Kb.
bet3/3
Sana08.09.2017
Hajmi146.35 Kb.
1   2   3

Signalni eshit

Bolalar qatorda odatdagicha yurishadi, tarbiyachining ishorasi bo‘yicha oyoqning tashqi tomoni bilan yurishadi. Ishora bo‘yicha yurish texnikasi o‘zgartirib turiladi.



Sovg‘a

Bolalar qo‘llarini ushlashib, doira hosil qiladilar. Bitta bola doiraning o‘rtasida turadi. Bolalalar doira bo‘ylab yurib, quydagi sherni aytadilar:

Biz barchaga ajib sovg‘a keltirdik,

Ayting, istagingiz bajo qilamiz.

Mana sizga latofatli qo’g‘irchoq,

Ot, shildiroq va samaliyot.

So‘ngra bir zavq bilan-

O‘ynab beramiz.

Bolalar sherni aytib bozlishlari bilan to‘xtaydilar. Doira o‘rtasidagi bola yuqorida nomlari aytilgan sovg‘adan qaysi birini olishini aytadi. Masalan agar u ot nomini aytsa, irg‘ishlab sakraydilar, qo‘g‘irchoq desa o‘ynaydilar, pildiroq desa aylanadilar.

Issiq-sovuq

Doirachaga urib turganda odatdagicha yuradilar. Tarbiyachi “Issiq”deganda bolalar- oyoq uchida, “sovuq”deganda esa, yarim chozqqayib yuradilar.

Bolalar maydon bo‘ylab har xil yo‘nalishda tarbiyachi bir-ikki deb sanab yoki Yurishning hamma turida ham qomatni to‘g‘ri tutish kerak.

Koptok - tosh

Bolalar qatorda yuradilar. Qatorda birinchi bozlib turgan bolaning qo’lida koptok, oxirgisida esa tosh bo‘ladi. Tarbiyachi “Koptok” deyishi bilnan bolalar birinchi bolaning orqasidan oldingi yura boshlaydilar. “Tosh” deganda esa orqaga burilib oxirgi bolaning orqasidan yuradilar.

Bolalar aniq va tez burilishlari kerak.



To‘xtovsiz harakatda

Bolalar o‘rmon yoki dala bo‘ylab juft-juft bo‘lib, o‘rtacha qadam tashlab bir tekis yuradilar. Tarbiyachining ishorasidan keyin oxirgi juftlik bo‘linadi: biri qatorning chap, ikkinchisi o‘ng tomonidan boradi. Ular hamma bolalarni quvlab o‘tib, qatorning oldiga borib turadilar. Quvlab o‘tuvchilar yugurib emas, balki tez yurib o‘tadilar.



Kim kuchliroq

Raqiblar bir-biriga ro‘parama- ro‘para o‘tirib, kattaroq tayoqchani ushlab turishadi. Ikovlari oyoq tovonlarini bir-birlarnikiga tirab tayanishadi.

Buyruqqa binoan, ishtirokchilar tayoqni ikki tomonidan ushlab, o‘z tomonlariga torta boshlaydilar. Tabiyki, kim raqibni yerdan biroz ko‘tara olsa yoki o‘zi tomonga o‘girilsa o‘sha g‘olib bo‘ladi.

O‘yin qoidasi. Ishtirokchilar buyruq bo‘lganidan so‘ng harakatlanishlari kerak. Tayoqni tortayotganda oyoqni uzib yuborish mumkin emas.
Xaltachalarni uloqtirish

Matodan 8x12sm o‘lchovli 3ta xaltacha tikib, unga 150-200gr no‘xot solinadi. Chiziqdan 3-5m uzoqlikda stul qo‘yiladi va o‘yinchi chizziqda turib qo‘lidagi xaltachalarni o‘sha stulga uloqtiradi.

Har qaysi stul ustida qolishi kerak. Agar xaltacha yerga tushib ketsa, hisobga olinmaydi.

Tanga ko‘tarish

O‘yinchi oyoq poshnalarini birlashtirib uchlarini iloji boricha keng kirib oladi. Har qaysi oyoq uchida bittadan tanga turadi. O‘yinchi shu tangalarni engashib tizzalarini bukmasdan ko‘tarib oishi kerak.



To‘pponcha

Ishtirokchi ikki qo‘liga suv to‘ldirilgan idishlarni ko‘tarib oladi. Bir oyog‘ini va ikki qo‘llarini oldinga cho‘zib (bu holat ”to‘poncha”deb nomlanadi), qo‘lidagi suvni to‘kib yubormasdan ikkinchi oyog‘ida o‘tirib turishi kerak.



Kim keglini oladi

Maydonga uzun chiziq tortiladi. O‘rtada kursn qo‘yilib, uni ustiga kegli yoki boshqa buyum qo‘yiladi. Ikkala tomonda ikki o‘yinchi orqaga oztirilib turadi. O‘yinboshi buyrig‘dga binoan, ikkalasi o‘tirilib olib, markazga qarab yuguradi, kim birinchi bo‘lib kursi ustidagi keglini olsa, o‘sha o‘yinchi g‘olib bo‘ladi. Keglini olayotganda o‘yinchi uni tushirib yuborsa, bu hisobga kirmaydi va mag‘lub bo‘ladi.



Baliq ketidan baliq

Polga bir necha baliqchalar qo‘yiladi. Har bir baliqchada ikkita aylanma burchagi bor (oldinda va orqada). Qo‘ldagi qarmoq bilan o‘yinchi baliqlarni ilintirib, bir loyga yig‘ishi kerak. Qaysi o‘yinchi berilgan vaqt ichida ko‘proq baliq yig‘sa, o‘sha g‘olib sanaladi. Ilib olgan baliq yig‘ayotgan joygacha bormasdan tushib ketsa u hisobga kirmaydi.


Halqa qylantirish

Erga yoki polga bir necha halqa qo‘yiladi. Ishtirokchilar bittadan halqa olishadi. Tarbiyachi buyrig‘i bilan ular halqalarni aylantirishi boshlashadi. Kim oxirgi bo‘lib qolsa, o‘sha o‘yinchi g‘olib chiqadi.



Arqonga tegib ketma

Bu o‘yinda hohlagan o‘yinchi qatnashishi mumkin. Bir kishi o‘rtada turishga tayinlanadi. Aylanada turgan ozyinchilar sakrashlari kerak. Arqonga tegib ketgan ozyinchi o‘yindan chiqadi. Markazdagi ozyinboshi arqonni yuqoriga ko‘tarib yubormasligi kerak.



Bola ruhiy rivojlanishida o'yinning ahamiyati

O'yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bog'cha yoshidagi bolalarda o'z xulqini boshqarish ko'nikmalarini tarkib toptirish bilan bog'liq psixologik muammoni o'rgangan Z.V. Manuylekoning fikricha, biror maqsadga yo'naltirilgan mashg'ulotga nisbatan o'yinda xulq ko'nikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniqsa, bu omil bog'cha yoshi davrining xususiyati sifatida o'zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktab yoshidagi bolalarda o'z xulqini o'zi boshqarish ko'nikmasi o'yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida oldindagiga qaraganda yuqoriroq ko'rsatkichga ham erishishlari mumkin. Yuqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o'yin va o'yin faoUyati bolada o'z hulqini boshqarish :o'nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi, deyish mumkin.

Bolaning aqliy o'sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib o'tish kerakki, narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib chiqib, sub'ekt o'yin paytida faol harakat qilishga urinadi. Chunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasawur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat rejasiga o'tadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga ularning xayoliy ko'rinishiga o'tishida uning uchun tayanch nuqtasi bo'lishi kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o'tovchi narsalarning u aksariyatidan o'yinda bevosita ob'ekt sifatida foydalanadi. O'yin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to'g'risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog'liq o'yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli xususiyati, bosqichi kabilarni qisqartirish va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. O'yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ko'rinishidagi mantiqan izchil, yig'iq shaklga o'tishning asosini tashqil qiladi.

Psixolog J. Piaje o'yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy e'tibor bilan qarab, bu ish ramziy ma'noli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan xulosaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to'g'ri yo'li ekanligini bildirmaydi. Shuning uchun narsaning nomini o'zgartirish bilan bolada tamkkur va aql-zakovat o'sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir. Aslida narsalarni qayta nomlash emas, balki o'yin harakatlarining xususiyatini o'zgartirish bolaning aqliy o'sishiga sezilarli ta'sir o'tkaza oladi. Darhaqiqat, o'yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi ko'rinishi, ya'ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo'ladi va shuning uchun o'yin harakatlarini shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko'rinishi vujudga keladi. Bolaning aqliy kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o'yinning muhim aharniyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali o'z ifodasini topadi.

Bola o'yin faoliyatida maktab ta'limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Rolli o'yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini shakllantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his-tuyg'ularini qo'zg'atuvchilar bilan uzviy bog'liq holda namoyon bo'ladi. Chunki o'yin davomida bolada har xil xohish va istaklar tug'ila boradi, bo’lar boshqa narsalarning tashqi alomatlari, o'ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta'siri ostida tug'iladi.

Psixologik treninglar
KO’ZGU

Maqsad:___Guruhlarga_bo‘lish,__Kayfiyatni_ko‘tarish,__Sezgirlikni_oshirish._Tropik_yomg‘ir'>Maqsad:___Diqqatni_jamlash.__Eshitish_qobiliyatini_rivojlantirish.___Dengiz_chayqalmoqda'>Maqsad:__Hayvonlar_ovoziga_taqlid_qilishni_o‘rgatish.__Kayfiyatni_ko‘tarish.__Guruhlarga_bo‘lish.____Qarsak'>Maqsad:__Taqlid_qilishni_o‘rganish.__Kayfiyatni_ko‘tarish.__Sezgirlikka_o‘rgatish._Taqlid_qilish.'>Maqsad: Bolalarda o’ziga hurmat hissini rivojlantirish. Tarbiyachi atrofiga bolalarni yig’ib shunday deydi: "Hammangizning uyingizda ko’zgu bo’lsa kerak. Aks holda ko’rinishingiz qandayligi yoki yangi kiygan kiyimingiz yarashganligini bila olmaysiz-ku? Ko’zgu topilmagan payt nima qilish mumkin? Kelinglar bugun ko’zgu o’yinini o’ynaymiz. Bir-biringizga qarab juft bo’lib turinglar. (Tarbiyachi ularni juftliklarga ajratishga yordamlashadi). Endi qaysi biringiz ko’zgu, qaysi biringiz odam ekanligingizni kelishib olinglar. So’ngra o’rin almashasizlar. Odam odatda ko’zguga qarab bajariladigan harakatlarni, ya’ni yuvinish, soch tarash, raqs tushish, badantarbiya qilish kabilarni ifoda etadi. Ko’zgu rolini bajarayotgan bola esa bu harakatlarni aniqlik bilan takrorlashi kerak. Tayyormisizlar? Unda boshlaymiz." O’yin boshida tarbiyachi bolalarga o’rnak bo’lib bir bola bilan juft bo’lib turadi va uning harakatlarini takrorlaydi.

AKS SADO
Maqsad: Bolalarda o’zaro hurmat hissini rivojlantirish.

Bolalar aylana bo’lib o’tirishadi. O‘qituvchi: "Siz qachondir aks-sadoni eshitganmisiz? Bu ovoz bir necha marotaba takrorlanib, har takrorlanganda sekinlasha boradi. Hozir biz sizlar bilan aks-sado o’yinini o’ynaymiz. Men hozir qandaydir so’zni baland ovozda gapiraman. Yonimdagi bola esa uni sekinroq talaffuz etadi, uning yonidagi esa undan ham sekinroq. Shunday qilib, butun aylana bo’ylab davom etadi.

O’yin har bir bola o’zining so’zini baland ovozda aytmagunicha davom etadi.

KAYFIYAT
Maqsad: bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish.

O’yin qoidasi bo’yicha boshlovchi kayfiyatni (qayg’u, quvnoqlik, xayratlanish, ajablanish va boshqalar) O’ylab topadi. Bolalar uni doira bo’yicha qaytarib o’tgunlaricha o’ynash mumkin. So’ngra xohlovchilardan biri boshlovchi bo’ladi. Agar bolalardan kimdir boshlovchi bo’lishni xohlasa-yu, lekin qandaydir kayfiyatni o’zi o’ylab topa olmasa, tarbiyachi uning o’ziga sekingina qandaydir kayfiyatni aytib yuboradi.



URUG’DAN – DARAXTGA

Maqsad: Bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish.

Bolalar doira bo’lib turadilar. O‘qituvchi markazda turib bolalarga kichkina urug’ga o’xshab turishlarini aytadi. (cho’kka tushgan holda, boshlarini qo’l bilan yopib o’tiradilar). O‘qituvchi - bog’bon urug’larga suv quyib ularga mehr bilan qaraydi (boshlarini va tanasini silaydi). Iliq bahorning quyoshli kunida sekin-asta o’sa boshlaydilar. (bolalar - urug’ sekingina ko’tariladi.) Uning sekin-asta barglarini ocha boshlaydi (qo’llarini ko’tarishadi), tana o’sa boshlaydi. So’ngra g’uncha ochila boshlaydi (birlashtirib turgan qo’l barmoqlari ochiladi) va unib kelayotgan nihol chiroyli, baquvvat gulga aylanadi. Yoz fasli keladi gullar yaxshilanib, qo’shni gullarga kulib, salgina barmoqlarini uchi bilan ularga tegib qo’yadilar. Mana endi shamol esib kuz fasli kirib keladi. Gullar noma’qbul havodan har tarafga silkinib ketadilar. (qo’llarini, boshlarini, tanalarini har tarafga g’imirlatadilar). Shamol shu g’adar kuchli esadiki, gulning barglarini to’kib yuboradi (qo’llarini pastga tushiradilar), gul qiyshayib yerga yotib qoladi. U endi qayg’uga botgan. Shundan so’ng esa qishning qori yog’a boshlaydi. Gullar yana urug’ga aylanib qoladilar (yerga egilib o’tiradilar).qor urug’ni qoplaganligi uchun issiqina hotirjam uy?uga ketadi. Yaqinda yana bahor keladi va u yana jonlanadi. Bolalar yerga engashib o’tirganlaridan so’ng tarbiyachi har bir bolaning oldiga kelib boshini silab chiqadi. O’yin shu tariqa davom etadi.

Hozirgi shiddatli o‘zgaruvchan zamonda bolalarda hayotga moslashish, zudlik bilan qaror qabul qila olish, o‘z-o‘zini, atrofni, jarayonni tahlil qila olish, vaziyatdan chiqib keta olish, kelisha olish, shaxslararo munosabat, ijodiy fikrlash, xulosa chiqarish, o‘ziga ishonch, stress рolatlarini yenga olish, his-tuyg‘ularini jilovlay olish, muammolarni hal eta olish, tanqidiy fikrlash, hamdardlik kabi hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish davr talabiga aylanmoqda.

Nutq” Mashqi

O‘quvchilar doira shaklida turib oladilar va soat strelkasi bo‘yicha harakat qilib, bir birlarining orqalarini uqalagan holda so‘zlarni qaytaradilar. She'r misrasi tugagach, soat strelkasiga qarama-qarshi harakat qilib, uqalashni davom ettiradilar.(qizlar bir qatorda, o‘qil bolalar boshqa qatorda )

Maqsad: Kayfiyatni ko‘tarish.



  • Harakatni rivojlantirish.

  • Og‘zaki nutqni o‘stirish.

Mening ismim. Mening xarakterim.

O‘quvchilar doira shaklida turib oladilar. Har birlarining ismlari beydjiklarida yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar bir-birlarining qo‘llarini ushlab olib, galma-galdan o‘z ismlarini va o‘zlariga xos bo‘lgan xususiyatlarini bir so‘z bilan aytadilar. O‘quvchilar bir-birlarining fikrlarini eslab qolishlari kerak bo‘ladi.

Muhokama.

Maqsad:


  • Tanishish.

  • Do‘stona muhitni yaratish.

  • Kayfiyatni ko‘tarish.

  • O‘rtadagi barerni yo‘qotish.



Zumm...(Avtomobil)

O‘quvchilar doira shaklida turib oladilar.Boshqaruvchi o‘yinni boshlaydi. U 3 ta komandadan birini beradi va harakat bilan ko‘rsatadi. “Zumm” (Mashina harakati narigi tomonga o‘tadi). “Bushsh” (Mashina qarama-qarshi tomonga harakat qiladi). “Ishsh” (Mashina tormoz beradi). Bu harakatlarni tinglovchilar qo‘llari bilan ko‘rsatib,ovoz chiqaradilar.



Maqsad:

  • Taqlid qilishni o‘rganish.

  • Kayfiyatni ko‘tarish.

Sezgirlikka o‘rgatish.
Taqlid qilish.
Boshqaruvchi oldindan qog‘ozchalarga hayvonlarning ismini yozib qo‘yadi. O‘quvchilar o‘zlari istagan qog‘ozni tanlab oladi va hech kimga ko‘rsatmasdan uni ochadi.Qaysi hayvonning ismi yozilgan bo‘lsa shu hayvonga taqlid qilib,ovoz chiqaradi va o‘z sheriklarini topadi. Bu mashg‘ulot guruhlarga bo‘lish maqsadida ham bajarilishi mumkin.

Maqsad:

  • Hayvonlar ovoziga taqlid qilishni o‘rgatish.

  • Kayfiyatni ko‘tarish.

  • Guruhlarga bo‘lish.



Qarsak

Bu mashg‘ulot dars o‘rtasida dam olish daqiqasida yoki diqqatni jamlashda ishlatiladi.

Boshqaruvchi qarsak chaladi, o‘quvchilar qaytaradilar.

O‘quvchilar qarsak chaladilar, o‘quvchilar qaytaradilar.



Maqsad:


  • Diqqatni jamlash.

  • Eshitish qobiliyatini rivojlantirish.


Dengiz chayqalmoqda

O‘quvchilar xona bo‘ylab bemalol harakat qiladilar. Boshqaruvchi komanda beradi. “ Dengiz chayqalmoqda bir,dengiz chayqalmoqda ikki, dengiz chayqalmoqda uch,qayiq ikki (3,4,5,6,7,8 va h.k.) kishilik.” O‘quvchilar aytilgan sondagi guruhni tashkil etadi.

Aytilgan sonda hosil bo‘lmagan qayiq “cho‘kadi ”

Maqsad:


  • Guruhlarga bo‘lish,

  • Kayfiyatni ko‘tarish,

Sezgirlikni oshirish.
Tropik yomg‘ir

O‘quvchilar doira shaklida turib oladilar.




  • Qo‘llar ( kaftlar) sekin-asta ishqalanadi. (shamol)

  • Tezlashadi.

  • Barmoqlar qarsillaydi. (yomg‘ir)

  • Tezlashadi.

  • Elkalarga uriladi. (mamaqaldiroq)

  • Tezlashadi.

  • Barmoqlar shaqillaydi (yomg‘ir tomchilaydi)

  • Sekinlaydi.

Boshlovchi o‘rtada yurib,kimning oldida to‘xtasa,harakat o‘zgaradi. Yoki boshlovchining o‘zi aytib bajaradi,harakatlarni esa chalg‘itadi.

Maqsad:

  • Diqqatni oshirish,

  • Kayfiyatni ko‘tarish.


Madad berish mashqi.

O‘quvchilar 8-9 kishilik guruhlarga bo‘linadilar. 8 ta o‘quvchi doira hosil qilib bir-birlarining bellarini ushlab oladilar.1 ta tinglovchi doira ichida turadi.Doira zich bo‘lishi kerak. O‘rtadag o‘quvchi ko‘zini yumib,o‘zini istagan tomonga tashlaydi. Atrofidagi o‘quvchilar uni ushlab,madad beradilar. Doiradagi o‘quvchi almashib turadi.



Maqsad.


  • O‘quvchilarda ishonch xissini uyg‘otish,

  • O‘quvchilarda tayanch xissini uyg‘otish,

Hamjihatlik.
Jonli rasm
O‘quvchilar 5-6 kishilik guruhlarga bo‘linadilar. Guruh ichida o‘zaro maslahatlashib,biror bir mavzuni ovoz chiqarmasdan aks ettiradilar. Qolgan guruh a'zolari “qotib” qolgan “rasmni” “o‘qishlari”kerak bo‘ladi.

Maqsad:

  • O‘quvchilarning mavzuni qay darajada tushunganliklarini bilish,

  • Kayfiyatni ko‘tarish.

  • Noverbal muloqotni yuzaga keltirish.

  • Ijodkorlikni rivojlantirish.

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9-fevraldagi PQ-2487 sonli “Sog‘lom ona va bola” yili davlat dasturi

2. I.A.Karimov. «Yuksak ma'naviyat – yеngilmas kuch» asari. T.: 2008 yil.

3. T.S. Usmonxo‘jayev, I.I. Burnashev, H.A.Meliyev, B.B.Qipchoqov 500 harakatli o‘yinlar” uslubiy qo‘llanma ”Bekinmachoq-Plyus” 2016 yil

4. D.K. Abdurahmonova “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun bolaga ta’lim berish bilan birgalikda ularning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar to‘plami” Toshkent” – 2008 yil

5. Bo‘lajak o‘qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish. T.: “Istiqlol”. 2006.

6. Хurvаliеvа T. Mаktаbdа psiхоlоgik хizmаtni tаshkil qilish (mаktаb аmаliyotchi psiхоlоglаri uchun uslubiy tаvsiyalаr). – Tоshkеnt, 2006 y.

7. Nishanova Z.T. Psixologik xizmat. T.: 2006.



8. Malkina-Pux I.G. Spravochnik praktichеskogo psixologa. -M.: Izd-vo Eksmo, 2004.
1



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa