Pеdagogika, psixologiya va ta’lim mеnеjmеnti ” kafеdrasi



Download 146.35 Kb.
bet1/3
Sana08.09.2017
Hajmi146.35 Kb.
  1   2   3


O‘ZBЕKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

Pеdagogika, psixologiya va ta’lim mеnеjmеnti ” kafеdrasi


Harakatli o‘yinlar orqali bolalarning irodaviy sifatlarni tarbiyalash”
Metodik tavsiya



Navoiy – 2016 yil
Tuzuvchilar: Z.Qorayev – “Pеdagogika, psixologiya va ta’lim mеnеjmеnti” kafеdra katta o‘qituvchisi

X.Rajabova – “Pеdagogika, psixologiya va ta’lim mеnеjmеnti” kafеdra katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar: F.R.Ro‘ziqulov – Psixologiya fanlari nomzodi, dotsеnt

D.Ahadova – Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Ushbu metodik tavsiyada maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun milliy va harakatli o‘yinlar, milliy xalq o‘yinlari bo‘yicha bayram dasturi va treninglardan namunalar keltirilgan bo‘lib MTM va maktab psixologlari, bolalar bog‘chalari murabiylari, boshlang‘ich sinf va jismoniy tarbiya o‘qtuvchilari foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.


Ushbu metodik tavsiya “Pedagogika psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedrasining ________2016-yildagi ___-sonli yig‘ilish qaroriga asosan ilmiy kengashga tasdiqlash uchun tavsiya etildi.


Ushbu metodik tavsiya _______ 2016-yildagi ____-sonli Institutning ilmiy kеngash qaroriga asosan chop etishga ruxsat etildi.

Kirish

Mustaqil yurtimizda 2016 yilni ”Sog‘lom bola va ona yili deb e’lon qilinishi kelajagimiz vorislari bolgan yosh avlodning har tomonlama rivojlanishiga yanada e’tiborni kuchaytirdi.

Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ”Sog‘lom bola sog‘lom va ahil oilaning mevasi bo‘lib, faqatgina sog‘lom onadan sog‘lom bola tug‘iladi. Asrlar davomida o‘z tasdig‘ini topgan bu haqiqatni tushuntirib, izohlab o‘tirishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman”- degan fikrlari ayni haqiqatdir. Shunday ekan, biz pedagog va psixologlarning ham bu boradagi ishlarni amalga oshirishda mas’uliyatimiz yanada oshadi.

Sog‘lom avlodni kamolga yetkazish va tarbiyalashning turli yo‘l-yo‘riqlari, o‘ziga xos usullari mavjud. Ayniqsa, bolalarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish, badan tarbiyasi va sport bilan shug‘ullantirish, turli milliy harakatli o‘yinlarni o‘rgatish ota-ona va murabbiy oldidagi muhim vazifa hisoblanadi. Bola tarbiyasidagi bu jihatlar davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masaladir.

Prezdentimiz bu masalani davr talabi darajasiga hal qilihshga alohida etibor berib, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etishning, shu jumladan ommaviy sport va jismoniy tarbiya, turizm, sportning boshqa milliy turlari va shakllarini amaliyotga joriy etish, ayniqsa milliy sport o‘yinlarini boyitish va shular asosida yoshlarimiz keng tashviqot olib borishni kun tartibidagi dolzarb masalalar sifatida etirof etib o‘tadi. Darhaqiqat, milliy harakatli o‘yinlar, sport turlariham xalq qadiryatlariga daxildor bo‘lib, ularni yig‘ish, boyitish, va bolalarga taqdim etish sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim va zaruriy vazifalardan biridir.

Ozbek xalq o‘yinlari avvalo, sodda, qiziqarli tuzilgan bo‘lib, uning asosida xalqona ohang, milliylik, mehr-oqibat, jasorat, mardlik, vatanparvarlik, fidoiylik, insoniylik tuyg‘ulari singdirilgandir. Ta‘lim va tarbiyaning bunday uyg‘unligi yetuk insonni tarbiyalash uchun dasturlamal vazifasini o‘taydi.

Ma‘lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o‘yinlari taqlid qilish tabiatida bo‘ladi. Bola tevarak atrofidagi borliqni boshqalardan o‘zgacharoq fahmlaydi, kuzatadi. Undagi ba‘zi narsalarni o‘yiniga kiritadi va shu o‘yin vositasida o‘zini qurshab turgan olam haqida muayyan axborotga ega bo‘ladi. Shuning barobarida, unda hodisalarga nisbatan muayyan munosabat paydo bo‘ladi.

Bolalar tabiat hodisalari, jonivorlar hayoti va harakatlariga taqlid qilib o‘ynar ekan, shu qatorda ularning ma‘nosini anglay boradi. Asta-sekin hayotiy tajriba ortiradi, qiyinchiliklarni yengishga, bu esa irodasini tarbiyalaydi. Ularda harakat ko‘nikmalari hosil bo‘ladi va tasavvur tobora boyib boradi.

Bundan tashqari, o‘yinlar bolalarning jismoniy barkamol bo‘lishi uchungina emas, balki ularni aqliy, manaviy va axloqiy jihatdan tarbiyalashda ham muhum ahamiyat kasb etadi. Ko‘plashib o‘ynaladigan o‘yinlarda bolalar maqsadga erishish uchun farosati va tadbirkorligini, qadiyatini ko‘rsatishi, jamoat oldida faqat o‘zining emas, balki o‘rtoqlarining hatti-harakatlari uchun ham javobgarlik hissini sezsa olishini shakillantirib borish zarur.

Harakatli o‘yinlar, chunonchi yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish yoki uloqtirish, tirmashib chiqish kabi mashqlar bola harakatlarini rivojlantirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega. Harakatlarning shakillanishi bilan birga, jismoniy qobilyat ham irodaviy xususiyatlar ham takomillashib taraqiy eta boradi, yurak va nafas tizimi faoliyati yaxshilanadi.

Yuqorida takidlaganimizdek, harakatli o‘yinlar bolalarning jismoniy jihatdan unib -o‘sishlariga, salomatliklari yaxshilanishiga, chiniqishlariga, organizim va umumiy ish qobiliyatlarini yanada mustahkamlanishiga yordam beradi.

Bolalarga harakat faoliyatini xilma-xil sharoitlarida erkin harakat qila olish imkonini beradigan zarur bilimlarini berish va ularda kerakli harakat malakalatini hosil qilish lozim. Ularda turmush faoliyatini yordam beradigan aqliy va irodaviy xislatlarini tarbiyalash zarur. Bundan tashqari, bolalarni turli o‘yinlarga, jismoniy mashqlarga, shuningdek, kun tartibiga rioya qilishga qiziqish uyg‘otish, harakatli o‘yinlarni mustaqil ravishda tashkil qilish va o‘tkazish uchun zarur bilim va malakalar hosil qilish shart.

Ularni o‘tkazishda tarbiyachi o‘qtuvchining tashkilotchilik va tarbiyaviy roli juda ma‘suliyatlidir.

O‘yinni to‘g‘ri tanlash va bolalar bilan to‘g‘ri o‘tkazish juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun albatta psixolog bilan maslahatlashgan ma’qul. Chunki, o‘yin turini tanlashning o‘zi hamma vaqt ham tarbiyaviy vazifani bajaravermaydi.

Bunday harakatli o‘yinlar tashkil qilishning va o‘tkazilishning tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi juda muhim. O‘yin rahbari bolalarni yaxshi bilgan, har bir o‘tkaziladigan o‘yinning mazmun va qonunlari bilan mufassal tanishgan, o‘qitish jarayonida esa yuksak pedagogik mahoratni namoyish qila olgan taqdirdagina har bir o‘yinni ta‘lim – tarbiya nuqtai nazaridan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi mumkin.

Tarbiyachi – murabbiy o‘yinlarni o‘rgatish jarayonida pedagogikaning didaktik tamoyillaridan foydalanish va ularning doimo amalga oshirishiga erishish lozim.O‘qtuvchi o‘quvchilarga yangi o‘yinni o‘rganish jarayonida uning mazmuni, vazifalari va qoidalarini tushuntirib beradi. O‘yinga ongli munosabatda bo‘lish, uni to‘g‘ri o‘rganish, harakatlarini o‘rtoqlarining taqqoslab tahlil qilish imkonini beradi. O‘yinni o‘tkazish uchun bolalardan hakamlar va hakamlarning yordamchilarni tayinlamoq lozim. Murabbiy o‘rgatadigan va bolalar tushinib qoladigan harakatlar ularda tashkilotchilik ko‘nikmalarning tarbiyalashga yordam berishi kerak. Murabbiy bolalar o‘yinnni qiyinchiliklarini yengish bilan bog‘langan holda, uni sekin asta murakkablashtirib borishi lozim. Bu bolalarning irodasini mustahkamlaydi.

Murabbiy o‘yinni o‘tkazishga kirishishdan oldin uning aniq vazifalarini belgilab chiqadi, bu vazifalar bolalarning yoshiga ya‘ni ularni bajarishga qurbi yetadigan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

O‘yinni tashkil qilish va o‘tkazishda imkoni boricha bolalarning tashabbuzkor bo‘lishiga erishish va o‘yinda faol ishtirok etishlari uchun ularni rag‘batlantirib turishi ham yaxshi samara beradi.

Bolalar ijodiy faollik ko‘rsatib o‘yinni o‘ynar ekanlar, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lib tarbiyalanadilar. Bir maqsad yo‘lida o‘rtog‘iga yordam berish, mustaqil ravishda yoki o‘rtoqlari bilan birga biror masala yuzasidan qaror qabul qilish-ijodiy tashabuskorlik namunasi hisoblanadi. Agar bolalar o‘yinni ilgariroq o‘zlashtirib olgan bo‘lsalar, o‘yin paytida bolalarning faol bo‘lishi tarbiyachining o‘yinni o‘tkazishga qanchalik tayorlanganiga bog‘liqdir.

Ma‘lumki, har bir o‘yinning o‘ziga xos xususiyatlari va qiyinchiliklari bo‘ladi. Murabiylarimiz shuni yaxshi bilishlari kerakki, to‘siq yoki qiyinchiliklarni yengish bilan bo‘g‘liq bo‘lmagan, ya‘ni ancha-muncha kuch-quvvatsarflashni talab qilmaydigan o‘yinlar bolalarda qiziqish uyg‘otmaydi.

Juda oson yoki, aksincha, hadan tashqari og‘ir o‘yinlar ham qiziqarli o‘tmaydi, ular bolalarni zeriktiradi. Murabbiy o‘yinlarni o‘rganishda daslab osonlaridan boshlab, asta-sekin qiyinlariga o‘tishi lozim. Oddiy va guruhlarga bo‘linmasdan o‘ynaladigan o‘yinlar oddiy o‘yinlar hisoblanadi. Bunday o‘yinlarni o‘ynash oson. Guruhlarga teng bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar asil murakkab va juda murakkab o‘yinlardir. Bunday o‘yinlarning qoidalari boshqa o‘yinlarning qoidalariga qaraganda qiyinroq bo‘ladi. Shu boisdan ham o‘qtuvchilar hamma vaqt yengil o‘yinlardan murakkab o‘yinlarga, tanish o‘yinlardan notanish o‘yinlarga o‘tishni ko‘zda tutishlari kerak. Shunda bolalar o‘yinga qiziqadilar. Yangi o‘rganiladigan o‘yinlar turiga ko‘ra tanish o‘yinlarga hali bolalarga tanish o‘yinlarga o‘xshash bo‘lishi kerak. Ammo bunday o‘yinlarda hali bolalarga noma‘lum bo‘lgan qoidalar va ba‘zi bir harakatlar mavjud bo‘ladi.

Shunday qilib, o‘yinlar asta-sekin murakkablasha boradi. Bu esa bolalarda yangi harakat ko‘nikmalarini hosil qilishga va ilgari o‘rganilgan texnika elementlarini takomillashtirishga yordam beradi. Harakat ko‘nikmalarini, shuningdek, o‘yinda ilgari orttirilgan bilimlarning puxta o‘zlashtirishiga erishish uchun mashqlarni doimo takrorlab va mustahkamlab borishi zarur. Ammo hadeb bir xil o‘yinlarni takrorlayverish ham maqsadga muofiq emas.

O‘qtuvchi bolalar o‘yinini doimo tekshirib borishi lozim. Shunda o‘yindagi kamchiliklar va xatolarni aniqlash hamda ularni o‘z vaqtida to‘g‘irlash mumkin bo‘ladi. Bolalarning o‘yinlarni puxta o‘zlashtirishlari ularga bu o‘yinlardan boshqa joylarda mustaqil ravishda foydalanish imkonini beradi.
Harakatli o‘yinlarni bolalar yoshiga mos holda o‘tkazish.

Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida ...farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak”-deb aytgan firlaridan kelib chiqib biz tarbiyachi, pedagog - murabbiylar o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol topishiga mas’ulmiz. Shuning uchun bolani tarkib topishida avvalo o‘yin muhim rol o‘ynaydi. O‘yinlarni bolalar yoshiga mos holda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

3 yashar bolalarning harakatlari ma‘lum darajada cheklangan bo‘lib, ularning diqqati doimo chalg‘ib turadi. Shuning uchun bolalarga oddiy va ular oson tushinadigan o‘yinlarni o‘rgatish kerak. Bunday o‘yinlarda qush va hayvonlar yoki ularning rasimlari, o‘yinchoqlar, ertaklardan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini beradi. Bu o‘yinlar albatta, mazmunli va ibratli bo‘lishi shart.

Shu yoshdagi bolalarni o‘yinlarga o‘rgatishda mashqlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunday o‘yinlarga mashqlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunday o‘yinlarda mazmun bo‘lmaydi, ularga oddiy topshiriqlar, masalan, bayroqni olib kelish, qo‘ng‘iroqchani jiringlatish, koptokka yetib olish kabi topshiriqlar beriladi. Harakatlar esa bolalarga tanish hamda qiynalmasdan bajariladigan bo‘lishi lozim.

Mazmuni bolalarga tanish bo‘lgan va harakatlarga singdirib yuborilgan o‘yinlarni kichkintoylar juda qiziqib o‘ynaydilar. Bu esa kichkintoylarning harakat qobiliyatini rivojlantirish, ularni ochiq joyda to‘g‘ri yurishga o‘rgatishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi, faollik va mustaqillikni tarbiyalashga yordam beradi.

Mavzuni bolalarga tanish bo‘lgan va harakatlarga singdirib yuborilgan o‘yinlarni kichkintoylar juda qiziqib o‘ynaydilar. Bu esa kichkintoylarning harakat qobiliyatini rivojlantirish ularni ochiq joyda to‘g‘ri yurishga o‘rgatishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi, faollik va mustaqillikni tarbiyalashga yordam beradi.

4 yashar bolalar bilim doirasini kengayishi va harakatida tajribalar ortishi bilan harakatli o‘yinlarning mazmuni ham o‘zgarib boradi. Qush va hayvonlar harakatiga, transiport turlariga, turli narsalarga taqlid qilib, bajarilgan harakatlar o‘yinlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. O‘yinlarda bola;arga buyimlarni tanish, shaklinieslab qolish bilan bo‘g‘liq bo‘lgan topshiriqlar, ranglarni ajratish, tovishlarni farqlash kabi topshiriqlar berishni boshlash bilan ularni murakkab o‘yinlarni o‘ynashga bo‘lgan ishtiyoqni oshirishga erishish mumkin.

Bu yoshda harakatlarni rivojlantirish uchun qo‘yiladigan o‘yin shartlari bilan bolalarning idrok etishida farq bo‘ladi. Asta-sekin bolaning fazifani bajarishiga munosabati o‘zgaradi. Masalan, 3 yoshda qadam qo‘ygan bolalar o‘yinda ko‘pincha ma‘suliyat zezmagan bo‘lsalar endi bolalar o‘zlariga yuklatilgan vazifani tushinadilar. O‘yinda ko‘pincha tarbiyachi boshlovchilik qiladi.

O‘yindagi harakatlarning mazmuni bolalarga tushinarli va qiziqarli bo’lishi juda muhim. Bu ularning faoliyatini, o‘yinga nisbatdan ishtiyoqini oshiradi, harakatlarga his-hayajon va jo‘shqinlik bag‘ishlaydi.

To‘rt yoshga qadam qo‘ygan bolalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda harakatlarini ancha murakkablashtirish hamda har xil harakatlarni bir-biriga qo‘shib qilish kerak bo‘ladi. Bunday murakkab harakatli o‘yinlarda ishtirok etgan bolalar bir-birlaridan o‘zib ketishga harakat qiladilar.

Bu xildagi o‘yinlar hamisha birgalikda o‘ynaydigan o‘yinlar hisoblanadi. Bu o‘yin mashqlarda, ayniqsa, ko‘proq namoyon bo‘ladi.

Bunda ko‘pchilik bo‘lib ashula aytib o‘ynaladigan o‘yinlar va qofiyali so‘zlar jo‘rligida o‘ynaladigan o‘yinlar keng qo‘llaniladi. Bunday o‘yinlarda bolalarni hamjihatlikka va harakatlarni birgalashib bajarishga erishib borish mumkin.

5 yashar bolalarning harakatli o‘yinlari mazmunan rang- barang, atrof tevarakda, hayotda uchraydigan voqiyalar to‘g‘risida ularning tassavuri va bilimi oshib borishi bilan bo‘g‘liq bo‘ladi. Bolalarning o‘yin vaqtidan faol harakat qilish ko‘p jihatdan ularning malakasi vako‘nikmasiga, tevarak- atrofi yaxshi bilishiga, harakatlarni sabot, chaqqonlik, idrok va hamkorlikdabajarishga bog‘liq bo‘ladi. Aksariyat o‘yinlarda bitta boshlovchi bo‘ladi, lekin ba‘zan bu vazifani o‘yinchilarning 2-3tasi bajarishi ham mumkin.

O‘rta guruh uchun mo‘ljallangan harakatli o‘yinlarning ba‘zilari mazmunga va bajariladigan vazifa tasvirga ega bo‘lmaydi. Bunday o‘yinlarga musobaqa kiritish ham mumkin.

Ko‘pincha qofiya so‘zlar o‘yin mazmunini ochib beradi va uni ishora xizmatini o‘taydi. So‘zlar ko‘pchilik bo‘lib aytilsa, yana ham yaxshi bo‘ladi.

6 yashar bolalar bilim doirasi kengayib boradi, binobarin, harakatli o‘yinlarning mazmuni ham shunga monand murakkablashadi.

Ma‘lumki, harakatli o‘yinlarda ishtirok etish uchun bolalarni guruhlarga bo‘lish kerak bo‘ladi, qizlar faqat qizlar bilan guruhlashishga intiladilar. Bu o‘yinning borishiga va natijasiga ta‘sir etadi. Shuning uchun tarbiyachi kuchliroq bolalarni nimjonroq bolalar bilan, o‘g‘il bolalarni qizlar bilan guruh - guruh qilishi maqsadga muofiqdir.

Bunda o‘g‘il va qiz bolalarning odob-axloqli bo‘lishi, yaxshi tarbiya topishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘g‘il bolalar qizlardan qolishmaslik uchun ancha tashabbuskor bo‘ladilar ham qizlarni hurmat qilishga o‘rgatadilar.



7-10 yashar bolalar uchun harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya doirasining asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham maktab dasturida boshqa materiallarga nisbatan o‘yinlarga ko‘proq o‘rin ajratiladi. Buning sababi shundaki, dasturga kiritilgan turli xil jismoniy mashqlarni bolalar xilma-xil o‘yinlar vositasida osongina idrok qiladilar va o‘zlashtiradilar.

O‘yinlarda yugirish, sakrash va uloqtirish yoki irg‘itish mashqlariga alohida etibor berish lozim. Bu yoshdagi bolalar bilan oddiy va ortacha murakkab o‘yinlarni o‘tkazish bilan birga, agar bolalar yetarli darajada tayorlangan bo‘lsa, ancha murakkabroq, ya‘ni guruhlarga bo‘linib o‘yniladigan o‘yinlarni ham o‘tkazish mumkin. Bolalar bu o‘yinlarda Bir kishi hama uchun , hamma bir kishi uchun” degan shior asosida birga o‘ynashga o‘rganadilar. Shuda ularda o‘zlari bilan birga o‘ynayotgan o‘rtoqlari uchun javobgarlik hissi uyg‘onadi ular o‘rtasida o‘zaro hurmat paydo bo‘ladi.

Guruh o‘yinchilari yetarli darajada chaqqon , hozirjavob, farosatli va baquvvat bo‘lishlari kerak.

Milliy xalq o‘yinlari bo‘yicha namunaviy mashg‘ulot ishlanmasi

Mashg’ulot: Musiqa

(tayyorlov guruh uchun)

Mavzu: “Gul terdi, gullar qo’shig’ini kuylashni o’rgatish.

N.Norho’jaev musiqasi.

P.Mo’min she’ri.

Ta’limiy maqsad: Bolalarni milliy qadryatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash. Bolalarga mavzusi yusasidan kengroq tushunsha berish.Qo’shiq musiqasi, kuylash ohangi haqida ma’lumot berish.Sayr asosida bolalarni didini shaklantirib, musiqiy idrok ko’nikmalarini, tafakkurini shakillantirish.

Tarbiyaviy maqsad: Qo’shiqlar orqali bolalarni nutq, boyligini oshirib, mustaqil fikrlashga, o’z fikrni erkin ayta olishga o’rgatish.Bolalarni musiqaga oshna, etish xalq qo’shiqlarini sevib kuylash , qo’shiq so’zlariga mos harakat qilishga o’rgatish.

Kutilayotgan natijalar:Bolalarni sof va tabiiy ovozda qo’shiq so’zlarini aniq va burro kuylashga o’rgatish.

Mashgulot turi: Noan”anaviy “ O’yin-sayohat”

Qo’llanma usullari:Sayr(tassavur)

Suhbat


Savol-javob

Vidiolavha



Mashg’ulot jihozi:Musiqa asbobi pianino, doira, texnika vositalari DVD, televizor magnitafon, gullar, mavzuga mos ko’rgazmalar.

Mashg’ulotning borishi:

Bolalar musiqa zaliga kiradilar va musiqali salomlashadilar.

Good morning, good morning

How are you do you?

Good morning, good morning

I’m fine thank you.

Musiqa tarbiyachisi: Assalomu-alaykum shirindan –shakar bolajonlarim!Bugun sizlar bilan musiqa mashg’ulotimiz davomida tassavvurimizda “Gullar vodiysi”ga sayrga chiqamiz.

Sayr qila turib gullar teramiz , qo’shiqlar kuylaymiz, qiziqarli o’yinlar o’ynaymiz suhbatlashamiz va fikrlashamiz. “Gullar vodiysi” uzoq biroq turli - tuman mo’jizalarga boy.

Bolalar sayohatga chiqishga tayyormisizlar?

Bolalar: Albatta.

Unda barchamiz yo’lga tushamiz.

“Gullar” qo’shig’i sadosi ostida bolalar yo’lga tushadilar.

Musiqa tarbiyachisi: Bolalar atrofga bir nazar tashlang.Qanday chiroyli!O’lkamizda yashrish va yangilanish fasli bo’lmish bahor kezmoqda. Go’zal bahor faslida gullarning ochilishi , sayroqi qushlarning sayrashi, kishiga xuzur bag’ishlaydi.Mana bolalar “Gullar vodiysiga” etib keldik.

Qarang , qanday go’zal manzara.Olam gullar bilan go’zal.Gullar bahorning elchisi.Yilning eng chiroyli faslda , qir-adirlarda boychechak, chuchmoma, binafsha,lolaqizqaldoqlar ochiladi.



(Shu vaqt ikki qiz ular oldiga keladi)



1-qiz:Assalomu- alaykum,aziz mehmonlar!

2-qiz :”Gullar vodiysiga xush kelibsizlar!

Musiqa tarbiyachisi: Vaalaykum-assalom.sizlar kim bo’lasizlar?

Qizlar:Bizlar “Gullar vodiysi”ning nazoratchilari bo’lamiz.Shuning uchun sizlarga o’zimizning tartib-qoidalarimiz haqida tushuncha bermoqsimiz.



1-qiz:Gullar tabiatning noyob mo’zizalari bo’lib,kisilarga zavq bag’ishlaydi.Ular go’zal va maftunkor ko’rinishi bilan birga,dorivor xususiyatlarga ham egadir.Biz bollar ularni sevishimiz ,asrashimiz behuda uzub,gulzorlardan payhon qilmasligimiz kerak.”Gullar vodiysi” ana shu tartib qoidalarga amal qiladi.

2-qiz:Bugun biz eng aqilli va zukko bolalarga gullar terishga ruhsat beramiz.Faqat bir shartimiz bor.Bizning sinovimizdan o’tishingiz kerak.



1-shart “Gullar nomini aytish”

(“Zig’-zag”usulidan foydalangan holda bolalar gullar nomini aytib darvozadan o’tadilar)



2-shart:”Gullar nomi bilan aytilgan xalq laparlarini aytish”

Boychechak”

Boychechagim boylandi ,

Qozon to’la ayrondi.

Ayroningdan bermasang,

Qozon-tovog’ing vayrondi.

Qattiq erdan qatalab chaqqan ,

Yumshoq erdan yumalab chiqqan, boychechak


Chittigul”

Chittigullo, chittigul,

Xayu chittigul,

Xayu chittigul.

Etaginga, gul bosay ,

Qo’lihg qolvog’da bo’lsin,

Beling belbog’da bo’lsin

Xayu chittigul,

Xayu chittigul.

Tapur –tupur ot keldi,

Chiqib qarang kim keldi.?

Xayu chittigul,

Xayu chittigul.

Aravada un keldi,

Childirmada gul keldi.

Xayu chittigul,

Xayu chittigul.

(Bolalar qo’shiq so’zlariga mos harakat bajarib, raqsga tushadilar)

Gul nazoratchilari:Barakalla, bolalar topshiriqni to’g’ri bajardingiz.”Gullar vodiysi “sizlarga muntazir.

Musiqa tarbiyachisi: Qarang , qanday go’zal manzara.Yilning eng chiroyli falsda , qir-adirlarda boychechak, chuchmoma, binafsha,lolaqizg’aldoqlar ochilibdi.



Bolalar ”Gullar vodiysi”ni tartib-qoidalariga amal qilgan xolda,ehtiyotkorona yurib, gullarni tomosha qilaylik.

(Musiqa jo’rligida bolalar ritmik harakatlarni bajaradilar)



Musiqali ritmik harakatlar.

Gullar orasidan oyoq uchida ilon izi bo’lib yurish.

O’tirib gullarni hidlash.(Tasavvur qilish )

Gullar terish va guldasta tayyorlash.


Kapalaklap uchadi.(Qo’llarini yonga cho’zib harakat bajaradi)

Gullarni dostini tug’ulgan kuniga sovg’a qilish.(Xis-hayajonni rivojlantirish)

(Shu payt momoqaldiroq gumbirlaydi)

Shamol bo’ladi.(Bolalar ovoz chiqarib,qo’llarini yuqoriga tebratadi)

Yomg’ir tomchilaydi.(O’tirib barmoqlari bilan harakatlanadi)



Bolalar yomg’ir havosidan bahramand bo’lib ,qo’shiq kuylab raqsga tushadilar.

Qo’shiq:”Yomg’ir –yog’aloq” xalq qo’shig’i.

Musiqa tarbiyachisi: Bolalar tezroq panaga o’tamiz.Gul nazoratchilari bizlarga hamroh bo’linglar.

Bolalar daraxtlar ostidagi to’nkalar (o’rindiqlar)ga o’tiradilar.

Musiqa tarbiyachisi: Bolalar olamda qanday gullar borligini ko’rishni xoxlaysizlarmi?



Bolalar javobi:

(Bolalarga televizor orqali gullar to’g’risida vidio lavha ko’rsatiladi )

Musiqa tarbiyachisi: Bolalar mana hozir ko’rganingizdek ,olamda bir-biridan chiroyli gullar ko’p ekan.Hozir shu gullar to’g’risida qo’shiq o’rganamiz.

Qo’shiq kuylash: “Gul terdi, gullar” qo’shig’i.

N.Norho’jaev musiqasi.

P.Mo’min she’ri.

1.O’gil bola qiz bola ,

Qirdan terdi gullola.

Qarasangiz ularga ,

Ularga o’xshar gullarga.

Naqorot:

Gul terdi ,gulterdi,

Gul terdi gullar.

Eh,qarang ,rang barang,

Gul terdi qo’llar.
2.Gullar terib oz-muncha ,

O’ynadilar to’yguncha.

Har tomonga chopdilar,

Yangilarin topdilar.



Naqorot:

3.Quyoshda toblandilar,

Chamanda toblandilar.

Do’stlariga ataylab,

Gul terdilar avaylab.

Naqorot:

Qo’shiq matni bolalarga ifodali o’qib eshitiriladi,va yod oldiriladi.Qo’shiq ohangi,kuylash uslubi bo’yicha bolalarga tushuncha beriladi va musiqa asbobi pianino jo’rligida bolalarga qo’shiqni kuylash ohangi o’rgatiladi.Avval barcha bolalar qoshiqni kuylaydilar,so’ngra guruhlar aro qo’shiq kuylanadi.

Qoshiqni yaxshi kuylagan bolalar munosib taqdirlanadi.

Mashg’ulot so’ngida o’tilgan mavzu yuzasidan bolalarga savollar beriladi.

Aytingchi bolalar “Gullar vodiysi”da siz kimlarni uchratdingiz?

Gul nazoratchilarining qanday shartlarini bajardingiz?

Qanday musiqali ritmik harakatlarni bajardingiz?

Gullarni insonlarga qanday foydali tomonlari bor?

Gulllardan ko’proq qanday kunlarda foydalaniladi?

Gullar vodiysi”da siz qanday qo’shiqni o’rgandingiz?

Gul nazoratchilari sayr davomida faol qatnashgan bolalarni “Gullar vodiysi”ni gullari bilan rag’batlantiradi.

Musiqa tarbiyachsi::Bolalar yomg’ir tindi,quyosh chiqdi,uyga qaytadigan vaqtimiz bo’ldi.

(Bolalar gulllar nazoratchilari bilan xayrlashadilar)




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa