2.
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Pedagogika fani shaxsning kamolatiga yetishning murakkab va ziddiyatli jarayon deb beradi. Shaxsning kamolga yetishishida nasl – irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya va o‘zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Shaxs qanday jamiyatda yashasa, o‘sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosan kamol topadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklari yuksak bo‘lsa, u shaxsga shu qadar katta ta’sir ko‘rsatadi yoki aksincha, ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o‘z moddiy va ma’naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi.
Odam atrofni ob’ektiv borliqni ko‘proq bilgani sari onglilik darajasi o‘sadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi ong va ko‘nikmalarni egallaydi va o‘zini takomillashtirib boradi. Demak, shaxsning kamolga yetishuvi jamiyat rivojiga chambarchas bog‘liq.
3.
Hissiyotlar tashqi va ichki ta`sirotlar natijasida shakllangan odam va hayvonlarning sub`ektiv xolati bo`lib, mamnunlik, qanoatlanish, qanoatlanmaslik, norazilik va boshqa xissiy tuyg`ularni namoyon bo`liщdir. Hissiyotlarning yuzaga chiqishi miya po`stlog`idagi ayrim nerv markazlarini qo`zgatishga bog`liq. Ba`zi nerv markazlarini ko`zgatish ijobiy. Boshqalari esa salbiy hissiyotlarni keltirib chiqarishi mumkin. Hissiyotlar ruhiy faoliyatga odamning kayfiyatiga ta`sir qiluvchi omil hisoblanadi. Hissiyotlar jamiyatning qonun-qoidalari, urf-odatlari insonlarning axloqiga bog`liq bo`ladi. Hissiyotlar odamni maqsadli harakat qilishida, ishchanlik qobilyatini ortishida yoki kamaytirshida muhim ahamiyatga ega.
Odamning oliy xisssiyotlari ma`naviy, estetik zakovatliy ehtiyojlar asosida shakllanadi. Maqsadga erisha olmaslik kungil to`lmasligi manfiy hissiyotlarni paydo qiladi.
Ehtiyojni qondirish ijobiy hissiyotlarga sabab bo`ladi. U sub`ektiv mamnunlik, lazzatlanish, xursandchilikdan iborat.
Hissiyotlarni kelib chiqishi haqida bir necha nazariyalar mavjud. Ba`zi olimlarning fikricha ichki a`zolar va muskullar faoliyatishshg o`zgarishi hissiyotlarning yuzaga chiqishiga sabab bo`ladi
XX asrning yigirmanchi yillarida markaziy yoki talamik nazariya taklif qilinadi. Bu nazariyaga muvofiq hissiyotlarni yuzaga kelishida talamus va gipotalimusning faoliyatini o`zgarishi muhim hisoblanadi.
Hozir keng tarqalgan Peyps nazariyasini talamik nazariyaning rivoji desa bo`ladi. Peyps fikriga hisssiyotning shakllayanishida miyaning limbik tuzilmalari asosiy rol o`ynaydi. Gipokampda paydo bo`lgan hissiyot qo`zg`olishi mamillyar tanalarga tarqaladi, keyin talamus orqali belbog` pushtaga o`tadi va undan miya po`stlog`iga yetib keladi. Hissiyotlarni yuzaga chiqishida limbik sistema muhim rol o`ynaydi. Limbik sistema talamusning oldinga yadrolari va gipotallamus kiradi.
Hissiyotlar rivojlanishi ko`p jixatdan to`rsimon tuzilmaga va po`stloq osti yadrolariga (qora substantsiya) ham bog`liq. Katta yarim sharlar po`stlog`ining talamus bevosita bog`langan peshona sohalari hissiyotlari uchun katta ahamiyatga eta.
Do'stlaringiz bilan baham: |