Pedagogika psixologiya



Download 0,52 Mb.
Sana12.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#781572
Bog'liq
7-mustaqil ish Sultonov.R


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI

“TT va KT” FAKULTETI
3-BOSQICH AX-12-19 GURUH TALABASINING
“ PEDAGOGIKA PSIXOLOGIYA ”
Fanidan tayyorlagan

7-MUSTAQIL ISH


Bajardi: R.Sultonov


Qabul qildi: P.Jalolova

Qarshi 2022


Reja:
1.O’quv faoliyati va kasb motivatsiyasi.
2.Temprament tiplari va ularning psixologik hususiyatlari.
3.Motiv va ularning turlari.
Xulosa
Foydalanilgan internet saytlar

I. O‘quv faoliyatining asosida mavjud motivlar:


1) ta'lim mazmuni bilan bog‘liq motivlar:o‘quvchini yangi faktlarni bilish-o‘rganishga, bilimlarni egallashga, turli vositalar asosida o‘rganilayotgan jarayonning tub mazmun-mohiyatini bilish, anglab yetishga yo‘naltiradi.
2) o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan motivlar: o‘quvchida ta'lim jarayonida turli xarakterdagi topshiriqlarni bajarish paytida intellektual faollik namoyish etishga, tafakkur qilish, mushohada yuritish, shuningdek, ta'lim jarayonida topshiriqlarni bajarish chog‘ida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tish, ya'ni bolani natija bilan emas, balki ta'lim jarayonidagi faoliyatning qiziqarliligi bilan band qilib qo‘yish.

II. Ta'lim faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan motivlar.


Keng ko‘lamdagi ijtimoiy motivlar: vatan, jamiyat, ota-ona va pedagoglar oldidagi burch motivlari.

O‘zligini anglash motivlari (ta'limning kelajakdagi ahamiyatini his qilish, bo‘lajak kasbiy faoliyatga o‘zini tayyorlash va b.) va o‘z-o‘zini takomillashtirish, rivojlantirish ( ta'lim asosida o‘z shaxsini kamol toptirish).

Tor doiradagi xususiy motivlar: maqtovga sazovor bo‘lish, yaxshi baho olishga intilish, tengqurlari orasida ajralib turish (xotirjamlik va farovonlik motivsiyasi), birinchi o‘quvchi bo‘lish, o‘z tengqurlari orasida munosib o‘ringa ega bo‘lish istagi (istiqbol motivatsiyasi).

Salbiy motivlar: ota-onasi, o‘qituvchilari, tengqurlari orasidagi ko‘ngilsizliklardan qochish (ko‘ngilsizliklardan qochish motivatsiyasi)44.


A.K. Markovaning fikriga ko‘ra, motivlar sirasiga asosan bilish-anglash hamda ijtimoiy motivlarni kiritish mumkin. Agar ta'lim jarayonida o‘quvchilarda o‘quv fani mazmunini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lsa, u holda bolada bilish motivlarining mavjudligini e'tirof etish mumkin. Agar o‘quvchida fanga nisbatan atrofdagilarga bo‘lgan qiziqish ustun bo‘lsa, demak, unda ijtimoiy motivlar yetakchi ahamiyat kasb etadi45.
Bilish motivlariga bolaning ta'lim jarayonidagi o‘zini rivojlantirishga qaratilgan boshqalar bilan hamkorligi, hamjihatligi, noma'lumni, yangilikni bilishga bo‘lgan intilishlari nazarda tutiladi.
Yanada kuchliroq tashqi muhit bilan belgilanadigan quyidagi motivlar mavjud:


  • ta'limning majburiy xarakterga egaligi;


  • ta'lim jarayonining kundalik odatiy holat ekanligi;


  • ta'limning shaxsiy manfaatlar omili ekanligi;


  • diqqat markazda, e'tiborda bo‘lishga intilish.


Biz fikr yuritayotgan motivlar ta'lim jarayoni natijalari va uning xarakteriga o‘zining salbiy ta'sirini ham o‘tkazishi mumkin. Ayniqsa, o‘quvchining ta'lim motivlari maqtov eshitish yoki moddiy manfaatdorlik asosiga qurilganligi tashqaridan qaraganda yaqqol namoyon bo‘lsa bu ta'sir kuchli bo‘ladi.


O‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning barcha motivlari orasida ichki ta'lim motivatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
A.K.Markovaning fikriga ko‘ra, bilish va ijtimoiy motivlar turli xil darajaga ega.

Bilish motivlari darajalari:


  • Keng ko‘lamli bilish motivlari(yangi bilim, fakt, hodisa va qonuniyatlarni o‘zlashtirishga qaratilgan);


  • O‘quv-bilish motivlari(bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llarini hamda mustaqil ta'lim olish usullarini o‘zlashtirishga qaratilgan);


  • Mustaqil ta'lim motivlari (qo‘shimcha bilimlarni egallash asosida o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish borasida o‘z shaxsiy dasturiga ega bo‘lish).


Ijtimoiy motiv darajalari:


  • keng ko‘lamli ijtimoiy motivlar (burch va majburiyat, ta'limning ijtimoiy ahamiyatini anglab yetish);


  • tor doiradagi yoki xususiy ijtimoiy motivlar (atrofdagilarga nisbatan ma'lum bir tarafga mansub bo‘lishlikka intilish hamda ularning e'tiborini qozonishga harakat qilish);


  • ijtimoiy hamkorlik motivlari(boshqa insonlar bilan hamkorlik qilishning barcha vositalarini ishga solishga intilish).


A.K.Markova ta'kidlaganidek, ta'lim jarayonida turli motivlar namoyon bo‘lishi bir xil xususiyatga ega emas. Masalan, keng ko‘lamdagi ijtimoiy motivlar ma'lum bir qaror qabul qilish jarayonida, o‘qituvchidan qo‘shimcha ma'lumotlar olish chog‘ida, o‘quv-bilish motivlari masalaning yechimini topishga qaratilgan mustaqil faoliyat, savollarga javob berish yoki o‘qituvchiga savol berish jarayonida, mustaqil ta'lim motivlari esa bevosita mustaqil ta'lim faoliyati chog‘ida, shuningdek, o‘quvchining ta'lim tarkibini o‘zgartirishga qaratilgan takliflarini ifodalash paytlarida namoyon bo‘ladi46.


Keng ko‘lamdagi ijtimoiy motivlar o‘quvchining o‘z burch va mas'uliyatini his qilishi bilan bog‘liq xatti-harakatlarida o‘z aksini topadi. Ijtimoiy hamkorlik motivlari jamoat ishlaridagi faollikka intilishi va uni samarali tashkil qilish yuzasidan bergan takliflaridan bilinib turadi.

Ta'lim motivlarining tasnifi va vazifalari.


Ta'lim motivlari o‘quv motivlarining kuchi va ishonchli-mustahkamligi bilan tasniflanadi. Ta'lim motivlari kuchi o‘quvchining bilim olish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan intilishilari, motivning ehtiyoji, uning davomiyligi bilan belgilanadi. Motiv kuchi ham fiziologik, ham psixologik omillarga bog‘liq. Fiziologik omillarga motivatsion qo‘zg‘atish kuchi kirsa, psixologik motivlarga o‘quv-anglash faoliyatining natijalari, uning mohiyatini anglab yetish, ma'lum ma'nodagi ijod erkinligi kabilar kiradi. Bundan tashqari, motivlarning kuchini bolalikda kuchliroq namoyon bo‘ladigan emotsiyalar ham belgilab beradi.
O‘quv motivlarining mustahkamligi deyilganda butun ta'lim faoliyati jarayonida o‘quvchining turli ta'limiy topshiriqlarni bajarishda namoyon bo‘ladigan iroda kuchi hamda uning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish, esda saqlab qolish va amalda ulardan foydalana olish qobiliyatlari nazarda tutiladi. Mohiyatan olib qaraganda, o‘quvchining o‘zini ta'lim olishga ongli yo‘naltira olishi, maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilay bilishi va ularga amal qilishi anglaniladi.
O‘quv motivlarining quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
a) qo‘zg‘atuvchi funksiya o‘quvchi motivlari energetikasi, boshqacha aytganda, motiv o‘quvchining faoliyati va o‘zini tutishidagi faolligini ta'minlab beradi.
b) yo‘naltiruvchi funksiya o‘quvchi energiyasi, maqsad va vazifalarining yo‘naltirilgan obektini ko‘rsatadi, chunki o‘quvchi ta'lim jarayonida o‘z faoliyatini konkret bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga yo‘naltiradi. Yo‘naltiruvchi funksiya motiv mustahkamligi bilan chambarchas bog‘liq.
v) tartibga soluvchi funksiya bolaning xulqi va faoliyatini tartibga solish, ularning xarakterini belgilash vazifasini bajaradi. Bunda mazkur funksiya ijtimoiy motivlar bilan xususiy motivlar orasidagi muvozanatni tartibga soladi. Vazifa (funksiya) ning bu shaklida barcha motivlar baravar ishtirok etadi. Tartibga solishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad qay bir motiv aynan qaysi o‘rinda ko‘proq samara berishini belgilab berishdan iborat.
Yuqorida e'tirof etilgan funksiyalar bilan bir qatorda motivning rag‘batlantiruvchi, boshqaruvchi hamda tashkillashtiruvchi47tarkibli, ma'no anglatuvchi, mazmun kasb etuvchi, nazorat qiluvchi, himoyalanuvchi funksiyalari ham mavjud48.

Motivatsion sohadagi qiziqish.


Aslida qiziqish juda katta va keng ko‘lamdagi tushunchalarni qamrab oladi. Shu bois ham ta'lim jarayonida yuzaga keladigan yoki namoyon bo‘ladigan qiziqishning o‘zini bir necha tarkibiy qism hamda turlarga bo‘lib o‘rganish zarurati mavjud. A.K.Markovaning ta'kidlashicha, qiziqishni rejalashtiruvchi, natijali, mazmunli, samarali, o‘quv-biluv anglashga qaratilgan, o‘zgartiruvchi kabi turlarga bo‘lish mumkin.
Qiziqish (lat.interesum - muhim ahamiyatga ega bo‘lmok ) - shaxsning muayyan narsa yoki hodisaga ega bo‘lishga, bilishga aktiv va barqaror yo‘nalishidan iborat individual xislati. Qiziqish mazmuni, hajmi, teranligi va barqarorligiga qarab turlicha 49 bo‘ladi. Qiziqish har qanday faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy omillaridan biridir.
Bilim olishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish va shakllantirishning muhimligi muammolari ko‘pgina olimlarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Ularning ishlarini tahlil qilish asosida S.M.Bondarenko ta'lim, bilim olish jarayonining o‘quvchi uchun qiziqarli bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadigan omillarni ajratib ko‘rsatadi.50 Ta'lim mazmuniga hamda bilim olish jarayoniga nisbatan bo‘lgan qiziqishlarni o‘quvchilarda shakllantirishda ularning bilim olish jarayonida mustaqillik, tashabbuskorlik va ijodkorlikni namoyon etishlariga ahamiyat qaratiladi. Ta'lim metodlari qanchalik faol bo‘lsa, o‘quvchida bilim olishga bo‘lgan qiziqish shunchalik ortib boradi. O‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan mustahkam va ishonchli qiziqishni shakllantirishning asosiy vositasi - o‘quvchilarga beriladigan savol va topshiriqlar mazmuni, murakkablik va qiziqarlilik darajasi bilan belgilanadi. Savol tug‘iladi. Nima uchun o‘quvchilarda, aynan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda atrofdagi real voqe’liklar, hodisa va predmetlardan ko‘ra to‘qima obrazlar, xayoliy voqyealar, mavhum tushunchalar ko‘proq qiziqish uyg‘otadi? Buning asosiy sababi shundaki, ular real voqea-hodisa va predmetlarning asl mohiyatiga tushunmaydi. Ularni bolalar o‘z ongida to‘liq aks ettira olmaydi. Bolalar uchun ma'lum hayotiy qonuniyatlarga bo‘ysunmaydigan, o‘zlari tomonidan yoki ular uchun to‘qib chiqarilgan voqea-hodisalar ko‘proq tushunarli. Bu esa ularda qiziqishning paydo bo‘lishiga olib keladi. Masalan, ertaklarda mavjud “Yalmog‘iz kampir” obrazini ular istalgan darajada vahshiy ko‘rinishda tasavvur qilishlari mumkin. Ular uchun insonning fiziologik-genetik rivojlanish qonuniyatiga bo‘ysunishi umuman yot narsa. Bundan tashqari qachonki o‘quvchi ma'lum bir savol va topshiriqni mustaqil izlanish, aktiv faoliyat bilan amalga oshirsa va to‘g‘ri yechimni topa olsa, ana shundagina bolada bilim olishga bo‘lgan chinakam qiziqish shakllanadi.
Ta'limga bo‘lgan bolalarning qiziqishlarini shakllantirishda muammoli ta'lim muhim rol o‘ynaydi . Bunday xarakterdagi ta'lim faoliyatida bola muayyan qiyinchilik va to‘siqlarga duch keladi va shu bois o‘zidagi bilim zahiralariga murojaat etadi. Agar mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi belgilangan topshiriqni to‘g‘ri amalga oshirishga yetsa, unda qoniqish hissi va amalga oshirgan ta'limiy faoliyati samarasi natijasida shu muvaffaqiyatga erishganligini anglab yetadi. Aksincha, muammoli topshiriqni bajara olmasa, uning yechimini topa olmasa, o‘zida mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasining zamon va talab darajasidan ortda qolib ketganligini teran anglab yetadi va ongli tarzda bilimlarini oshirishga kirishadi. Ma'lum bir aqliy faoliyat, mehnatni talab qilmaydigan o‘quv materali bolani hech qachon qiziqtirmaydi. Ta'lim jarayonida bolaning ma'lum bir ta'limiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishi bilim olish jarayonining qiziqarli bo‘lishi shartidir. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har qanday ta'limiy qiyinchilik bolaning yosh va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda qo‘yilishi lozim, aks holda, o‘quv topshirig‘ining haddan tashqari murakkabligi bolaning ta'lim jarayoni va bilim olish faoliyatidan tezda bezishiga olib keladi.
Bundan tashkari, an'anaviy ta'limda darslarni tashkil etish davomida "fokusirovka" ya'ni, o‘quvchilar diqqatini to‘plash, da'vat bosqichi (2-3 daqiqa ajratiladi) ham o‘quvchilarni darslarga qiziqtirishda muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarning ta'lim jarayoniga qiziqishini shakllantirishning yana bir yo‘li bolada maqsadlar, havas, shaxsni ijtimoiy hayotda o‘z munosib o‘rnini topishga bo‘lgan qiziqishning tayyor "shakl"laridan foydalangan holda amalga oshirish xisoblanadi. Bunda o‘quvchining bilim olish jarayonida ta'lim materiallari mazmunidan kelib chiqqan holda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan ongli intilishni tarbiyalaydi.
Bu yo‘l ishontirish, ta'sir etish, tushuntirish, axborot berish, namuna metodlariga asoslanadi. Bu jarayonda muhim vazifani bevosita o‘quvchi yashayotgan va faoliyat yuritayotgan jamoa, ijtimoiy muhit va ularda yaratilgan qarashlar, an'analar, sharoit va boshqalar o‘taydi. Qachonki o‘quvchi ota-onasi, mahalla, tengqurlari va boshqa jamiyat a'zolarining bilim, ta'lim olishning mohiyatini teran anglab unga nisbatan hayotiy zarurat sifatida qarasagina, uning bevosita ta'limga nisbatan e'tibori kuchayadi. Shu orqali o‘quvchida ta'limning jamiyat va ijtimoiy hayotdagi roli va o‘rniga ijobiy munosabat shakllanadi va unga jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydi, boshqacha aytganda, uning mustahkam qiziqishlari orta boradi.
Demak, qiziqishni oshirish bir qancha omillarga bog‘liq:
-o‘qituvchi mahoratiga;
-o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivlariga;
-o‘quvchilarning yosh va fiziologik xususiyatlari hisobga olinganligiga;
-uzatilayotgan materiallarning izchilligi ta'minlanganligiga;
-o‘quv materiallari (mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati) ga;
-didaktik va texnik vositalar (ta'limda AKT) samaradorligiga va h.k.
Bola uchun aynan uning diqqat va e'tiborini doimiy tarzda tortib turadigan faoliyat yoki ish turigina qiziqarli ekanligini unutmaslik lozim.
O’quvchilarda ta'limning jamiyat va ijtimoiy hayotdagi roli va o‘rniga ijobiy munosabatni shakllantirish orqali uning mustahkam qiziqishlari orta boradi. L.M.Fridmanning e'tiroficha, o‘qituvchi o‘zining ta'lim faoliyatida o‘quvchilarda motivlarni shakllantirishning har ikkala yo‘l va usullaridan foydalanishi maqsadga muvofiq51.
O‘quv motivatsiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan qiziqishga tavsif berishda shuni aytish kerakki, “qiziqish” so‘ziga ta'lim sohasi vakillari ta'limning deyarli barcha bosqichlarida motiv so‘zining sinonimi sifatida qaraydilar. Buning isboti sifatida aksariyat hollarda tez-tez eshitib turadigan “uning bilim olishga qiziqishi yo‘q, unda ilm olishga bo‘lgan qiziqishni tug‘dirish lozim”, degan gapni keltirish mumkin. Bu kabi terminlarni aralashtirib yuborishning o‘ziga xos izohi mavjud bo‘lib, u ta'lim motivatsiyalarini o‘rganishda birinchi ob'ekt qiziqish bo‘lganligi bilan xarakterlanadi. Ikkinchidan, qiziqishning o‘zi juda katta va keng ko‘lamdagi tushunchalarni qamrab oladi. Shu bois ham ta'lim jarayonida yuzaga keladigan yoki namoyon bo‘ladigan qiziqishning o‘zini bir necha tarkibiy qism hamda turlarga bo‘lib o‘rganish zarurati mavjud.
Bundan tashqari, motivlarni shakllantirishga ta'lim mazmuni, ta'lim jarayonini tashkil etish darajasi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish, o‘qituvchi shaxsi kabi omillar ham bevosita o‘zining ta'sirini o‘tkazadi (Masalan, bolaning oilasidagi ta'lim-tarbiyaga bo‘lgan munosabat va boshqalar). Bu o‘rinda maktabda mavjud an'analarning o‘rnini alohida ta'kidlash lozim; maktabdagi hayot xarakterining o‘ziga xosligi, o‘qituvchilarning bolalar ta'limi va tarbiyasi hisoblanadigan murakkab jarayoniga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari kabilar. Bir o‘qituvchining loqaydligi, ko‘plab o‘qituvchilarning faolligiga nisbatan yuqumliroq ekanligini unutmaslik lozim. A.N.Leontevning yozishicha: “Ta'lim jarayonida ham o‘quvchi tomonidan o‘quv materialining mukammal o‘zlashtirilishi uchun o‘quvchi bevosita ta'lim jarayonining ichida yashashi va ta'lim uning hayoti mazmunining ajralmas tarkibiy qismiga aylanishi lozim. Hatto bu jarayonda o‘zlashtirilayotgan ko‘nikma yoki malaka kichik bir xarakter-ahamiyatga ega bo‘lsa ham.”52
A.N.Leontevning bu fikrlari tahlili “agar o‘quvchi o‘z hayoti mazmuni-maqsadiga ega bo‘lmas ekan, o‘zini kelajakdagi hayotiy faoliyatga tayyorlamas ekan, unda bilim olishga bo‘lgan ongli motivatsiyani shakllantirish to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas”. O‘quvchining ijtimoiy hayotda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi aksariyat hollarda ta'lim motivatsiyalarini belgilashda muhim omil vazifasini o‘tashini yodda tutishimiz lozim
O‘quv motivlari nafaqat mazmun, balki jamiyat a'zolari tomonidan nisbatan teran anglanganligi bilan ham ajralib turadi. O‘quvchilar tomonidan esa motivlarning ta'limdagi yaqin istiqbolni ta'minlashga xizmat qiladiganlari ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Sharoitlardan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari yashiringan yoki mohiyatini aniqlash imkoniyati qiyin bo‘lgan ko‘rinishlarga ham ega.
Shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bilan uning motivatsiyasi orasida bog‘liqlik mavjud. Shaxsning mavjud o‘ziga xos xususiyatlari uning motivatsiyalariga bevosita o‘zining ta'sirini o‘tkazadi. Motivatsiyalarning o‘ziga xosligi va qatiyligi esa insonning o‘ziga xos xususiyatiga aylanadi.
O‘quv motivatsiyasi har bir shaxsning xususiy motivatsiyasi sifatida e'tirof etiladi va o‘z ichiga shaxs faoliyati faolligi va mazmunini belgilab berishga xizmat qiladigan maqsadlar, bilishga bo‘lgan ehtiyojlar, qiziqishlar, g‘oyalar, intilish, motivatsion ko‘rsatmalarni qamrab oladi. Sanab o‘tilgan motivlar tizimi o‘quvchining bilishga bo‘lgan o‘quv motivining asosini tashkil qiladi va uning darajasini hamda uning dinamikasi va mustahkamligini belgilab beradi.
Mutaxassislar o‘quvchi shaxsi faolligining quyidagi ichki, tashqi va xususiy singari uch xil shakli mavjudligini e'tirof etadilar.

2.Temprament tiplari va ularning psixologik hususiyatlari.


I.P.Pavlov temperamentni quyidagicha ta’riflaydi. «Har bir ayrim kishining va shuningdek, har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xarakteristikasidir, har bir individning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa beradigan nerv sistemasining asosiy xarakteristikasidir». Temperament, psixologik jihatdan olganda, kishidagi hissiyotning qo’zg’alishlarida va kishidagi umumiy harakatchanlikda ko’rinadigan individual xususiyatdir.


Har qaysi kishidagi hissiyotning qo’zg’alish tezligi, kuchi va barqarorligi har hil bo’ladi. Bir hil odamlarning hissiyoti tez, kuchli qo’zg’aladi va barqaror bo’ladi. Ba’zi kishilarda esa bunday qo’zg’alish sust, zaif bo’lib, uzoqqa bormaydi. Temperamentning bunday xususiyatlari kishidagi hissiyotning qo’zg’alishlari bilan birga, organizmning atrofdagi muhit ta’siriga javoban ko’rsatadigan ixtiyorsiz reaksiyalarida ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Bu xususiyatlar tashqi tomondan kishining mimikalarida, pantomimikalarida, har hil beixtiyor ish-harakat va imo-ishoralarida ko’rinib turadi. Kishi hissiyotining bunday qo’zg’aluvchanlik xususiyatlari diqqatning kuchi va barqarorligida, iroda sifatlarida, aqliy jarayonlar, jumladan, nutq tezligida aks etadi. Mana shunday ixtiyorsiz faollikning qanday yuz berishiga qarab, bir hil odamlarni «tez», «betoqat», «serg’ayrat», «jo’shqin» deymiz. Ba’zilarini esa «sustkash», «lapashang» va hokazolar deb yuritamiz. Bu hildagi individual xususiyatlardan kishining temperamenti (mijozi) tarkib topadi.
Ayrim temperamentlarning alomatlari kishining bolalik chog’larida yaqqol namoyon bo’ladi.
Har bir kishining o’z temperamenti bo’ladi. Lekin har qaysi odamning temperamentlarida mana shunday individual tafovutlar bo’lishi bilan birga, bu temperamentlarning umumiy, o’xshash belgi va alomatlari ham bo’ladi. Hamma hilma-hil temperamentlarni mana shunday umumiy belgilariga qarab ajratish, ya’ni klassifikasiya qilish mumkin.
Barcha temperamentlarni qadimdan to’rt tipga:
1) xolerik,
2) sangvinik,
3) melanxolik va
4) flegmatik temperamentga ajratish rasm bo’lgan.
Xolerik temperament – hissiyotning tez va kuchli qo’zg’aluvchanligi, barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Xolerik temperamentli kishilarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko’rinib turadi. Xoleriklar qizg’inlik va tajanglikka moyil bo’ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman harakatchan, serg’ayrat va har doim urinuvchan bo’ladilar.
Bu hil temperamentli bolalar serg’ayrat bo’ladilar. Ular bir ishga tez kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan bo’ladilar. Ular ko’pchilik bilan jamoa o’yinlar o’tkazishni sevadilar va bunday o’yinlarni ko’pincha o’zlari boshlab, oxirigacha aktiv qatnashadilar. Xolerik temperamentli bolalar arazchan, serjahl va tajang bo’ladilar. Bir narsadan xafa bo’lsalar, bu xafalik ularda uzoq saqlanadi. Ulardagi kayfiyat ancha barqaror va davomli bo’ladi.
Sangvinik temperament– hissiyotning tez, kuchli qo’zg’aluvchanligi, lekin beqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Sangvinik temperamentli kishilarning kayfiyati tez-tez o’zgarib, bir kayfiyat o’ziga teskari bo’lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turmog’i mumkin. Sangviniklardagi psixik jarayonlar, xoleriklardagi singari, tez o’tadi. Bu hil temperamentli kishilar ildam, chaqqon, serharakat va jo’shqin bo’ladilar. Sangvinik temperamentli kishilar tevarak-atrofdagi voqyealardan tez ta’sirlanadilar va muvaffaqiyatsizliklar hamda ko’ngilsiz hodisalar uncha qattiq xafa qilmaydi. Ular ko’p ishga tez va g’ayrat bilan kirishadigan bo’ladilar, lekin ishdan tez soviydilar. Bir zayldagi ishlarni uzoq davomli sur’atda bajarishga moyil bo’lmaydilar.
Sangvinik temperamentli bolalar juda serharakat, ildam va chaqqon bo’ladilar. Ular har qanday ishga qatnashish uchun doim tayyor bo’ladilar. Ko’pincha, bir qancha vazifalarni birdaniga bo’yinlariga oladilar. Lekin, har bir ishga ishtiyoq bilan tez kirishganliklari singari, boshlagan ishdan tez qaytishlari ham mumkin. Sangviniklar chin ko’ngildan va’dalar berishlari, lekin, ko’pincha, va’dani unutib, uni bajarmasliklari ham mumkin. Bu hil temperamentli bolalar o’yinlarga tez va zavq bilan kirishadilar, lekin o’yin davomida, o’z rollarini tez-tez o’zgartirib turishga moyil bo’ladilar. Ularning darrov xafa bo’lishlari va yig’lashlari mumkin, lekin ular hafalikni tez unutadigan bo’ladilar. Ularning yig’isi kulgi bilan tez almashadi.
Melanxolik temperament – hissiyotning sekin, lekin kuchli qo’zg’aluvchanligi va barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Melanxoliklar barqaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo’ladilar, lekin hissiyotlarining tashqi ifodasi juda zaif bo’ladi. Melanxolik temperamentli odamlar sustkash bo’ladilar. Melanxolik temperamentli odam ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishni oxiriga yetkazmay qo’ymaydi.
Bunday temperamentli bolalar mo’min-qobil, yuvosh bo’ladilar, ko’pincha, birov savol bilan murojaat qilsa, uyalib, tortinib javob beradilar. Ularni darrov xafa yoki xursand qilish yengil emas, lekin bir narsadan xafa bo’lsalar, bu xafalik uzoq davom etadi, barqaror bo’ladi. Ular bir ishga yoki o’yinga tez yopishib kirishmaydilar, lekin qandaydir ish yoki bir o’yin boshlasalar, bunda chidam va matonat ko’rsatadilar.
Flegmatik temperament – hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo’zg’alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo’ladi. Bu hil temperamentli odamlarni xursand qilish, xafa qilish yoki g’azablantirish ancha qiyin.
Flegmatiklarning psixik jarayonlari sust bo’ladi. Bu hil temperamentli odamlar nihoyat og’ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo’ladi. Agar bir faoliyatga kirishsalar, uni qat’iyat bilan davom ettiradilar.
Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, mo’min qobil bo’ladi. Ular ko’pchilikka ham aralashadigan, tortinchoq va hyech kimga tegmaydigan, birovni ranjitmaydigan bo’ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmoqchi bo’lsa, o’zlarini chetga olishga harakat qiladilar. Ular shovqin-suronli, harakatli o’yinlarga moyil bo’lmaydilar. Bu hil temperamentli bolalar jizzaki bo’lmaydilar va odatda ular o’yin-kulgilarga moyil emaslar.
Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko’rsatishga moyil bo’lmaydilar, lekin ular faoliyatini yo’lga qo’yilsa, ancha qunt bilan ish ko’radilar, yaxshi o’qib ketishlari mumkin.
Har qaysi odam temperamentini batamom bir tip doirasigagina «sig’dirib» bo’lmaydi albatta. Tip tushunchasining o’zi faqat bir-birlariga o’xshash bir guruh odamlarnigina o’z ichiga olishligini nazarda tutadi. Har qaysi odam temperamentida o’ziga xos individual xususiyatlari bo’ladi, bu xususiyatlarni batamom muayyan bir temperament tipiga kiritib bo’lmaydi. Bu xususiyatlar ayni individual xususiyatlardir, ya’ni shu shaxsning o’zigagina xos xususiyatdir. Ko’pchilik odamlarda bir tip temperament alomatlari ikkinchi bir tip temperament alomatlari bilan qo’shilgan bo’lishini ko’ramiz; chunonchi, xolerik temperamentli kishida melanxolik yoki flegmatik temperament alomatlari bo’lishi, sangvinik temperamentli kishida xolerik va flegmatik temperament alomatlari bo’lishi mumkin va hokazo.
Odamlarni faqat ularda qaysi temperament belgilari ustun bo’lsa, shunga qarab, ma’lum bir temperament tipiga kiritish mumkin.
2. Temperamentning fiziologik asoslari
Temperament haqidagi ta’limot dastlab qadimgi (bizning eramizdan oldingi 460–356 yillarda yashagan) grek olimi Gippokrat tomonidan yaratilgan. Uning ta’limotiga muvofiq sur’atda, keyinchalik «temperament» termini ham ishlatiladigan bo’ldi, shuningdek, hamma to’rt tip temperament nomlari o’rnashib qoldi.
Gippokrat ta’limotiga muvofiq, odamlarning temperament jihatdan turlicha bo’lishi, ularning organizmidagi suyuqliklarning (hiltlarning) turlicha nisbatda bo’lishi bilan bog’liqdir. Gippokrat fikricha, odam tanasida to’rt hil suyuqlik (hilt) bordir. Chunonchi, o’t yoki safro (grekcha sholye), qon (latincha sandus), (qora o’t- grekcha melanhole) va balg’am (grekcha rhlegma) bordir. Bu suyuqliklarning har biri o’z xususiyatiga ega bo’lib, ularning o’z vazifasi, ishi bordir. Chunonchi, o’tning xususiyati – quruqlikdir. Uning ishi – organizmdagi quruqlikni saqlab turish, ya’ni badanni quruq tutishdir. Qonning xususiyati – issiqlikdir. Uning ishi – organizmni isitib turishdir. Qora o’tning xususiyati – namlikdir. Uning ishi badan namligini saqlab turish, uning namligini tutib turishdir. Balg’am (shilimshiq modda)ning xususiyati sovuqlikdir. Uning ishi – badanni sovitib turishdir. Gippokrat fikriga muvofiq, har qaysi odamda shu to’rt hildagi suyuqlikdan biri ko’proq bo’lib, ustun turadi. Bu aralashma (latincha tyemperamentum) lardan qaysi biri ustun bo’lishiga qarab, odamlar temperament jihatdan har hil bo’ladilar. Xoleriklarda sariq o’t ustun; sangviniklarda – qon; melanxoliklarda – qora o’t; flegmatiklarda esa balg’am (shilimshiq modda) ustun bo’ladi deb ko’rsatadi.
Gippokratning mana shu to’rt hil moddalar aralashmasp to’g’risidagi ta’limotidan kelib chiqqan temperament so’zi qadimgi zamonlardan beri hozirgacha saqlanib kelmoqda.
Temperament xususiyatlarining ilmiy sabablari I.P.Pavlovning yuksak nerv faoliyat tiplari haqidagi ta’limotida ochib berildi. I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyat turlari deganda hayvon bilan odam nerv sistemasining faoliyatidagi eng muhim xususiyatlarning chatishuvini tushunar edi.
I.P.Pavlov itlar ustida ko’p tajribalar o’tkazib, reflekslarni tekshirishi natijasida, hayvonlar nerv sistemasining a) qo’zg’alish va tormozlanishning kuchiga, b) bu jarayonlarning muvozanatiga va v) ularning ildamlik darajasiga qarab bir-biridan farq qilishini aniqladi.
I.P.Pavlov ajratishicha, nerv sistemasining kuchi hujayralardagi fiziologik moddalarning zapas miqdori bilan belgilanadi.
Kuchli tipdagi nerv sistemasida bunday zapas ko’p miqdorda bo’lib, kuchsiz tipda ozdir.
Nerv sistemasining kuchi qo’zg’alish jarayoniga ham, shuningdek, tormozlanish jarayoniga ham tegishlidir. Nerv sistemasining kuchi, avvalo, kuchli qo’zg’ovchilarga «bardosh» bera olish qobiliyatida ko’rinadi.
Nerv jarayonlari kuchining ahamiyati shundan ravshan ko’rinib turadiki,– deydi I.P.Pavlov,– atrofdagi muhitda odatdan tashqari, favqulodda hodisalar, zo’r kuchga ega bo’lgan qo’zg’ovchilar ma’lum darajada tez-tez voqye bo’lib turadi, shu bilan birga, tabiiy ravishda, ko’pincha, bu qo’zg’ovchilarning ta’sirini boshqalarning talabiga va shuningdek, undan ham qudratli bo’lgan tashqi sharoitning talabiga muvofiq bosmoq, to’xtatib turmoq zaruriyati tug’iladi. Nerv hujayralari esa o’z faoliyatining bunday haddan tashqari zo’riqishiga bardosh berishi kerak».Nerv sistemasidagi muvozanat, I. P. Pavlov ta’limotiga muvofiq, nerv sistemasining qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuch darajasini teng baravar holda tutib tura bilish qobiliyatida ko’rinadi. Qo’zg’alish va tormozlanish baravar darajada kuchli yoki kuchsiz bo’lganda, nerv sistemasida muvozanat bo’ladi. Shu jarayonlardan biri kuchliroq yoka kuchsizroq bo’lsa, nerv sistemasida muvozanat bo’lmaydi.
Nerv sistemasining ildamligi (labilligi) miya po’stining biron qismidagi qo’zg’alishning tormozlanishi bilan yoki, aksincha, tormozlanishning qo’zg’alish bilan naqadar yengil almashinishidan iborat. I. P. Pavlov nerv sistemasining bu xususiyatiga ayniqsa katta ahamiyat bergan edi. «Ravshanki, eng muhimi ildamlikdir,– deydi u,– hayot o’zi deganicha qila beradi, hamma sharoitni o’zgartirib yuboradi, u juda ham o’zgaruvchan, kimki sergaklik bilan bu o’zgarishlarni darrov payqab ola bilsa, ya’ni ildam esga ola biladigan nerv sistemasi bo’lsa, o’sha yutadi»
3.Motiv va ularning turlari.
Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi
Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini qanday tutishi, egallagan mavqyi
ham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulqatvorini tushuntirish uchun psixologiyada “motiv” va “motivasiya” tushunchalari ishlatiladi.
“Motivasiya” tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivasiya – inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni: “nega?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?”, “qanday manfaat yo’lida?” degan savollarga
javob qidirish – motivasiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivasion
tasnifini yoritishga olib keladi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini
o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi:


  • ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar);


  • tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.




Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish
odatda shaxsiy dispozisiyalar ham deb ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan ishi yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning xaqiqiy sababini o’zi tushunib yetmaydi, “Nega?” degan savolga “O’zim ham bilmay qoldim, bilmayman”, deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozisiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo’ladi, ya’ni, dispozisiya anglangan, ongli hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan motiv – konkretroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo’ladi. Shunisi ajablanarliki, o’sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat, kayfiyatga bog’liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo’larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o’sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o’xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik – dispozisiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi. Shu ma’noda shaxs xulqining motivasiyasi turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar, hattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygohlarida: “Materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor deylik. Shu kursni o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq, yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabchan, qattiqqo’l va hokazo degan. Bunday motivasiya mana necha avlod talabalar boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo’q va u qachon shu semestr tugashini kutib harakat qiladi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning extiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli ayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Misol uchun talabaning o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog’cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o’quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shartsharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o’zi, bola uchun motiv o’rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo’lingizda kitob bor. Siz hali uni o’qishni boshlamadingiz. Lekin o’qish istagi bor, shu istakning ortida esa, o’sha azmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji turadi. Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur qiladi.
Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo’lish
mumkin:
  • Biologik ehtiyojlar – fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu), jinsiy,




moslashuv ehtiyojlari.

  • Ijtimoiy ehtiyojlar – mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy-ma’naviy




ehtiyojlar.
Motivlarningturlari
Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o’rganishda motivlar xarakterini bilish va
ularni o’zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo’lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D.Makklelland, D.Atkinson va nemis olimi X.Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini
ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda mag’lubiyatdan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni irishishda qaysi motivga mo’ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo’lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo’ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo’lda ular nafaqat o’z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar – tanish-bilishlar, mablag’ kabi omillardan ham foydalanadilar.
G’arbda deyarli barcha odam yoshlikdan shaxsiy yutuq va muvaffaqiyatlarga ntilish ruhida tarbiyalanadi. Bu ruh ularda ehtiyoj darajasida bo’ladi. Muvaffaqiyat ularda doimo kelajakka qaratilgan bo’lib, uning mazmunida shinam, go’zal ish dorasidan tortib, xushqomat kotibaning bo’lishi ham kiradi. Shunisi e’tiborga loyiqki, bu yutuqlarga shaxs o’z mehnati, o’qishi va vaqtida sarmoya ajratishi orqali erishishini yaxshi biladi. Bunda ularning ota-onalari juda katta rol o’ynaydi. olasining omadli bo’lishini xohlagan ota-ona yoshlikdan undan mustaqillikni talab qiladi, shu bois bola yoshlikdanoq o’z kuchiga ishonish kerakligini tushunib boradi, erishgan har bir yutug’idan quvonadi va o’ziga ishonchi ortadi. Bizda ayrim paytlarda hunday bo’ladiki, biz bolani boshqalarga qarab o’rnak olishga, onasi ishlab bergan masalasi bilan maktabda yaxshi baho olib, undan o’zi maqtanib yurishining guvohi bo’lamiz. Bunday yondoshuv bolani boshqalar kuchiga ishonadigan, nima ishni bo’lsa ham kattalarning yo’l-yo’rig’i bilan bajarishga o’rganib qoladi. Bundaylar, aqti soati kelib, oilasi, ishi bo’lganda, doimo ishni boshlamay turib, uning yomon oqibatli bo’lmasmikin, degan o’y bilan xavotirlanadigan bo’lib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlar


1. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.

2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil.



3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika”

4. www.ziyonet.uz
Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish