Pedagogika psixologiya


Nutq faoliyatining turlari



Download 18,99 Mb.
bet110/168
Sana13.02.2022
Hajmi18,99 Mb.
#446136
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   168
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya majmua 2021 (1)

Nutq faoliyatining turlari. Nutq faoliyatini turli belgilar asosida klassifikatsiya qilish mumkin.:
Nutqning psixofiziologik mexanizmi bilan bog’liq bo’lgan murakkablik darajasiga ko’ra:
- xoroviy nutq; - exologik (oddiy takrorlash) nutqi;
- atash nutqi; - kommunikativ nutq.
Nutq faoliyatida rejalashtirishning (programmalashtirishning) roli bo’yicha:
- faol nutq; - reaktiv nutq.
Nutqning ixtiyoriyligi bo’yicha:
-ixtiyoriy; - beixtiyor (impulsiv) nutq.
Nutqning etreriorizatsiyalashgan yoki interiorizatsiyalashganligiga ko’ra:
- tashqi nutq; - ichki nutq.
Yuqorida ko’rsatilganlardan bir nechtasiga to’xtalib o’tamiz.
Ixtiyoriy va ma’lum darajada faol nutq ko’p xollarda monologik reaktiv nutq esa dialogik nutq deb ataladi.
Monologik nutq. Monologik nutq ma’lum darajada nutqning batafsil turi hisoblanadi. Chunki monologik nutqda biz barcha ma’lumotlarni iloji boricha to’liq berishga, notanish vaziyat va holatlarni tinglovchi tushunishi uchun batafsil tasvirlab berishga majburmiz.
Monologik nutq – nutqning faol, ixtiyoriy turlaridan biridir. monologik nutqni amalga oshirish uchun gapirayotgan odam qandaydir nutq mazmuniga ega bo’lishi, shu mazmun asosda o’z nutqiy mulohazasini izchil ko’ra bilishi lozim. Boshqacha qilib aytganda notiq o’z nutqini (gaplarnigina emas) avvaldan bir butun holda oldindan rejalashtiradi (programmalashtiradi).
Monologik nutq qiyin, murakkab bo’lganligi sababli uni maxsus ravishda tarbiyalash, shakllantirish talab qilinadi. Masalan kichik bola yoki o’rganmagan kishiga o’z fikrini batafsil, monolog sifatida bayon qilish qanchalik qiyinligini barchamiz bilamiz. Shu sababli maktablarda, boshqa tipdagi o’quv yurtlarida monologik nutqni o’stirishga alohida e’tibor berish lozim. Ayniqsa o’qituvchi uchun «tili tumtoq» bo’lishdan yomonroq, pedagogikaga zidroq narsa yo’q. Nutqning bu turini rivojalantirish uchun turli bahslar, ma’ruzalar bilan chiqishlar, treninglar o’tkazish lozim.
Dialogik nutq. Nutqning bu turi vaziyatga qarab yuzaga chiqadi va kontekstual (shu vaziyatdan, oldingi aytilgan fikrning mazmuni va shakllaridan kelib chiqiladi) xarakterga egadir. Dialogik nutqning xarakteristikasi monologik nutqning xarakteristikasiga qarama-qarshi.
Birinchidan, dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma’lum bo’lgan ayrim so’zlar tushirib qoldiriladi. Shu sababli yozib olingan dialogik nutq o’zgalar uchun ko’pincha tushunarsiz bo’ladi.
Ikkinchidan, dialogik nutq ixtiyorsiz, reaktiv nutqdir. Dialogik nutq ko’pincha biror fikrga, luqmaga, hatto nutq bilan bog’liq bo’lmagan stimullarga javob tariqasida (qo’lini eshik qisib olgan kishi «Oh!» deydi) yuzaga keladi.
Uchinchidan, dialogik nutq nixoyat darajada oz tartiblidir. dialogik nutq davomida luqma tanlash odatda programmaga ega bo’lmasa kerak. Agar dialogik nutq jarayonida rejalashtirishga to’g’ri kelsa ham bu oddiy rejalashtirish bo’ladi. Chunki, biz yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek, dialogik nutq kontekstga bog’liq ravishda boshqariladi. Ko’p hollarda u go’yoki o’z-o’zidan «oqib» kelaveradi. Dialogik nutqda qo’llaniverib odat bo’lib qolgan so’zlar va so’z birikmalari («rahmat», «yaxshi», «marhamat») juda ko’p qo’llaniladi.

Ichki nutq. Ichki nutq nutq faoliyatining alohida xili hisoblanadi. Ko’pincha ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasida vosita sifatida namoyon bo’ladi. Agar biz biron-bir qiyin masalani yechayotgan bo’lsak uni o’z-o’zimiz bilan maslahat (muhokama) qilib olamiz. Tabiiyki ichki nutq chala-yarim, uzuq-yuluq ya’ni fragmentar xarakterga ega bo’ladi. Sababi biz o’z fikrimizni nima haqida o’ylab nima haqida «gapirayotganimizni» o’zimiz juda yaxshi tushunamiz.


Ikkinchi tomondan, biron vaziyatni idrok qilish paytida anglashilmovchilik bo’lmaydi. Haddan tashqari sharoitga bog’liqdir. Ichki nutqni artikulyatsiya a’zolarining harakatlarini (lablar, tilning harakatlari) qayd qilish yo’li bilan tekshirish mumkin. Ammo bu holda ichki nutqning mantiqiy jihatdan oxirigacha olib borilmaydigan, real ovoz chiqarishgacha yetkazilmaydigan talaffuz qilish harakatlarigina o’rganialdi.
Yozma nutq. Yozma nutq monologik nutqqa juda yaqin turadi. Shu sababli ba’zi qo’llanmalarda uni monologik nutqning turi ham deb ko’rsatishadi. Monologik nutqning barcha xususiyatlari yozma nutqka ham xosdir. Yozma nutq og’zaki monologik nutqqa nisbatan birmuncha batafsilroqdir. Chunki yozma nutq jarayonida suhbatdoshdan keluvchi teskari aloqani bo’lmasligi. Bizdan suhbatdoshimiz biror narsani so’ray olmaydi. Shu sababli hamma narsani batafsi, oldindan tushuntirishga, izhor qilishga harakat qilamiz. Bu jihatdan yozma nutq og’zaki nutqqa nisbatan nihoyatda murakkab. Yozma nutqni o’zlashtirish va uni tushunish uchun maxsus tartibda ta’lim olmoq darkor.

Download 18,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish