Pedagogika psixologiya



Download 18,99 Mb.
bet76/168
Sana13.02.2022
Hajmi18,99 Mb.
#446136
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   168
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya majmua 2021 (1)

Ichki nutq

ikrga (g`oyaga) tug`ilishi
aylantirish uni so`zga
aylanishi

Takliflar va so´zlar



Fonemalar

Ovoz signallari

Nutqning o`ziga xos turlari mavjud – tashqi, ichki, og`zaki, yozma va xokozo. Kommunikativ jarayonda o`zaro munosabatga kirishuvchilarni bir-birlari tushunishlari juda muhimdir. Buyuk frantsuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi «Muloqot bu shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi deb yozgan edi. So`zning mohiyati haqida Sa’diy «Aqlmisan yoki ahmoq, kattamisan yoki kichiq buni biror so`z aytmaganigcha bila olmaymiz» degan edi.


Nutq o`zining fiziologik negiziga ko`ra eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Miya qobig`ida tashqi olam tomonidan bo`ladigan turli xil qo`zg`atuvchilar bilan so`zlarning talaffuz qilinishini boshqarib turadigan tovush paychalari, hiqildoq, til va boshqa a’zolar harakati o`rtasidagi muvaqqat bog`lanishlar o`rnatiladi. Nutq ikkinchi signallar sistemasi negizida amal qiladi. So`z, I. P. Pavlov aytganidek, «signallar signali» dir.
So`zlar birinchi signallar sistemasi signallarini, olamning timsollari tarzida mavjud bo`lgan turli-tuman taassurotlarni xabar qilgan holda bevosita qo`zg`atuvchilar keltirib chiqaradigan ta’sirlarga turtki berishi mumkin. So`zlar va ularning birikmalari har doim miyada birinchi signallar sistemasi signallarining mavhumlashtirilishi, umumlashtirilishi va qayta ishlanishi natijasi hisoblanadi.
Og`zaki munosabatdek murakkab jarayon uni ta’min etuvchi mexanizmlarning izchillik bilan harakatga keltirishga tayanadi. Nutqni programmalashtirish - nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildirmoqchi bo`lgan fikrning ma’naviy o`zagini tuzish - birinchi bosqich hisoblanadi. Buning uchun inson muhim deb hisoblaydigan axborot ajratib olinib, yaroqsizlari, ya’ni ikkinchi darajalilari bir chetga surib qo`yiladi.
Ikkinchi bosqich - jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir. Iboraning umumiy tuzilishi, uning grammatik shakli tahmin qilib ko`riladi, kerakli so`zlarning qidirib topilishini, ularni eng aniq talaffuz etadigan tovushlarning tanlanishini ta’min etadigan mexanizmlar ishga solinadi. Va nihoyat, jumlani ovoz chiqarib aytila boshlaydi, ya’ni nutq real tarzda ro`yobga chiqadi. Shunday qilib, «gapirish» jarayoni boshlanadi. Bu jarayon davomida kommunikator uzatilishi lozim bo`lgan axborotni kodlashtiradi.
Hamsuhbat (retsipient) tinglash jarayonida olingan axborotning kodini ochadi. Bu o`z navbatida eshitilgan nutqning tovushlarini bosqichma-bosqich so`zlar mohiyatiga aylantirishdan iborat bo`lib, kommunikatorning aytmoqchi bo`lgan so`zi anglab yetilishini ta’minlaydi. Tinglovchining unga xabar qilingan narsani to`g`ri tushunganligi kommunikator uchun faqat retsipientning o`zi kommunikatorga aylanib (kommunikativ rollar almashgan holda), unga xabar qilingan narsani qabul qilgani va tushunib yetganini ma’lum qilganidan keyingina aniq-ravshan bo`ladi.
Dialogik munosabatda kommunikativ rollar navbatma-navbat o`zgarib turadi, natijada sekin-asta hamjihatlik tarkib topadi. Muloqat qilayotganlarning xatti-harakatlari va xulq-atvori muvofiqlashgan bo`lish ehtimoli tug`iladi. Buningsiz birgalikda faoliyat ko`rsatishda biron natijaga erishib bo`lmaydi.
Nutqiy fikr-mulohazani kodlashtirish va kodini ochish jarayonlari og`zaki munosabatda muvaffaqiyat keltiradigan aqliy markazlar va sistemalar saqlanib qolgan taqdirdagina yuz beradi. Mabodo ushbu sistemalar ishida buzilishlar ro`y bersa, kishi nutqida turli xildagi buzilishlar - afaziyalar (so`zlashish va tushunish qobiliyatining yo`qotilishi) sodir bo`ladi. Ba’zi hollarda jumla tuzish qobiliyati yo`qolib qoladi-yu, lekin nutqni tushunish qobiliyati saqlangan bo`ladi, boshqa bir hollarda garchi bemor so`zlarini to`g`ri tanlasa ham nutqi aniq bo`lmaydi, ya’ni dizatriya (talaffuzdagi buzilish) paydo bo`ladi, uchinchi bir holda fikrni bayon qilish imkoniyatlari saqlanib qolgan taqdirda ham nutqiy fiqr-mulohazani idrok etish imkoniyati yo`qoladi va hokazo.
XIX asrning o`rtalaridayoq ikkita olim miyaning ba’zi bir qismlari ishidagi buzilish nutqning ham buzilishiga olib kelishini kashf etgan edi.
Jumladan, P. Broka bemorlarda chap yarim sharning pastki peshana qismidagi burmalari orqa tomonning uchdan bir ulushi shikastlangan holda so`zlarni talaffuz etishda buzilish ro`y berishini aniqladi. Keyinroq K. Vernike chap yarim sharning ustki chakka qismidagi burmalari orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlanganda so`zlarni tushunishning buzilishi hollarini tavsif qilgan edi. Miya to`qimalarining ushbu qismlari harakatlantiruvchi nutq («Broka markazi») va nutqni tushunish («Vernike markazi») «markazlari» deb yuritila boshladi.
Lekin keyinchalik, asosan sovet psixofiziologlari (A. R. Luriya, N. A. Bershteyn, P. K. Anoxin va boshqalar)ning ilmiy ishlari tufayli nutqning fiziologik negizi miyaning alohida qismlari («nutq markazlari») faoliyatidan ko`ra ko`proq yahlit holidagi miya faoliyatining murakkab tarzda tashkil topishidan iborat ekanligi aniq-ravshan bo`ldi. Shunday qilib, nutq funktsiyalarining jo`shqin (ya’ni qat’iyan anatomik tarzda emas, balki harakatchan) tarzda cheklanishi to`g`risidagi tasavvur tarkib topdiki, bu markaziy nerv sistemasining keng ravishda kompensatsiyalab turish imkoniyatlaridan foydalanilishi munosabati bilan nutqning buzilishini to`g`rilashida juda katta ahamiyat kasb etadi.
Yozma nutq insoniyat tarixida og`zaki nutqdan ancha keyin paydo bo`lgan. Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlantirishida, badiiy timsollarni etkazishda muhim rol’ o`ynaydi. Nutq o`zining fizologik negiziga ko`ra eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Nutqni programmalashtirish – nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildirmoqchi bo`lgan fikrning ma’naviy o`zagini tuzishda birinchi bosqich hisoblanadi, ikkinchi bosqich jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir.
Noverbal kommunikatsiyaga – belgilarning optik kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qo`l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pantomimika (qo`l - oyoq, tana harakatlari) kiradi.
Jestlar – insonning qo`l harakatlari bo`lib, u orqali insonning ichki holati biror bir ob’ektga munosabati va tashqi olamga yo`nalganligi ifodalanadi.
Mimika – inson yuz harakatlarining bir qismi bo`lib, u orqali insonning o`ylari, xatti - harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajjubi va hokozolar namoyon bo`ladi.
Pontomimika – inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatldar tizimidir.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so`zlar 7 % ni, tovush va intonatsiya 38 % ni, nutqsiz muloqot esa 55 % ni tashkil etadi.
Noverbal kommunikatsiyaning paralingvistik va ekstralingvistik belgilar tizimi ham mavjud. Bular lokalizatsiya tizimi bo`lib, u ovoz sifatida uning deapozani nutqdagi pauzalar, yo`tal, yig`i, kulgu nutq tempida namoyon bo`ladi.
Muloqotning maqsadga ko`ra 8 ta funktsiyasi mavjud: (L.A.Korpenko)
1. Kontakt.
2. Aloqa o`rnatish.
3. Undovchilik.
4. Koordinatsion.
5. Tushunish.
6. Amotiv (hissiy aloqa) hissiyotni o`zgartirish.
7. Munosobat o`rnatish o`z o`rnini anglash)
8. Ta’sir o`tkazish.
Pedagogik munosobat deganda pedagog va o`quvchilar Jamoai o`rtasida o`zaro birgalikdagi harakatining mazmunan axborot ayirboshlashdan, o`quv tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish va o`zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat sistemasi usullari va malakalari tushuniladi.
Kishi ehtiyojlari azaldan agar u boshqa odamlar bilan birgalikda harakat qilgan holda o`zaro munosabatga kirishgan taqdirdagina qondirilishi mumkin bo`lib kelgan. Bu hol sub’ektda uning uchun nima muhim va ahamiyatli ekanligini aytish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bola aniq-ravshan nutqni egallay boshlaydi, birinchi yoshining oxiriga yetganda buning dastlabki belgilari paydo bo`ladi. Murakkab talaffuzni talab qilmaydigan va oson aytiladigan «opa», «dada», «buvi» va shu kabi ohangdosh so`zlar jumlasidandir.
Katta yoshdagilar bu hamohanglikni konkret shaxslarga — ona, ota, buviga bog`laydilar va bolada ana shu ohangdosh so`zlarning uning yaqin-atrofidagi konkret shaxslar bilan bog`lanishi qaror topishiga («bu sening buving») yordamlashadilar.
Shundan keyin ana shu ohangdoshlarning har biri bola uchun so`zga aylanadi. Ushbu so`zni u kattalar bilan birgalikdagi harakatlarini tashkil etish uchun qo`llaydi.
«Buvi» so`zi endi uning kundalik ehtiyojlarini qondirish vositasi sifatida ishlatiladi. Bola so`zni talaffuz qilarkan, istaganiga erishishga - e’tibor qilinishiga, erkalatilishiga, o`yinchoq va shu kabilarga erishishga intiladi.
So`z aloqa vositasiga aylanadi. qo`llaniladigan so`zlar soni borgan sari to`xtovsiz orta boradi va ikki yoshga to`lgan kezida bolalarning so`z boyligi haddan ziyod kengayibgina qolmasdan, balki ularning grammatik shakllarni to`g`ri ishlatishi ham mumkin bo`lib qoladi, jumlalar murakkablashib va uzunroq qilib tuzila boshlaydi. Bolaning tili maktab yoshigacha bo`lgan yillar davomida boyib boradi.
Ayni paytda nutqsiz kommunikatsiya - imo-ishora, pantomimika, nutqning ohangidagi rang-baranglik ham rivojlana boradi. Shu yillarda kommunikatsiya jarayonida teskari aloqalar shakllanadi — bola hamsuhbatining yuzlaridagi ifodani o`qishga, uning ohangida ma’qullash yoki ma’qullamaslik alomatini payqashga, katta yoshdagi kishining so`zlariga ilova bo`ladigan va kuchaytiradigan qo`l-barmoqlari va yuz harakatining ma’nosini tushunishga o`rganadi. Bularning hammasi unga o`z harakatlarini to`g`rilab borish, munosabat jarayonida tegishli darajada hamjihatlikka erishish imkonini beradi.
Maktabda o`qish va yozish, keyinroq esa til va adabiyot darslarida bolalarda muomala vositasi sifatida tilga va munosabat jarayoni sifatida nutqqa ongli munosabat shakllantiriladi. Til o`qituvchi tomonidan maxsus uyushtirilgan tahlil predmetiga aylangan holda o`quvchilar oldida sotsial jihatdan shakllangan qonunlar ta’siriga bo`ysunadigan murakkab belgilar sistemasi sifatida namoyon bo`ladi. Bu qonunlarni o`zlashtirish o`quvchiga faqat savodli yozish, o`qish va gapirish emas, balki til yordamida unga qadar va uning uchun insoniyat tomonidan yaratilgan ma’naviy qadriyatlarga egalik qilish imkonini beradi.
Psixologlarining tadqiqotlari asosiga qurilgan hozirgi zamon savod chiqarish metodikalari o`quvchilarda nutqni ongli ravishda tovushlarga ajratib tahlil qilish ko`nikmalarining shakllantirilishini yetakchi printsip sifatida qabul qiladi.
Nutqning bu xilda tahlil etilishi savodli yozishning unumli egallanishiga o`tishni juda osonlashtiradi. O`quvchilarda sintaksisni o`zlashtirish jarayonida anchagina qiyinchiliklar yuz beradi. Jumladan, rus tilida punktuatsiya (tinish belgilarini qo`yish) ning ikki yuzga yaqin qoidasi mavjuddir.

      1. Moskva universiteti psixologlarining tadqiqotlari shuni ko`rsatdiki, ana shu barcha qoidalar jumladagi so`zlar bog`lanishining atigi uchta funktsiyasini — ularning biriktirilishini, bo`linishini va ajratilishini ko`rsatadi. Aniqlanishicha, o`quvchilar punktuatsiyaning bironta ham qoidasini yod olmagan holda tinish belgilarini bexato qo`ya bilishlari uchun ularga konkret jumlalarda bu funktsiyalarni muayyan belgilariga ko`ra tahlil etish va aniqlashni o`rgatish kifoya ekan.




Download 18,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish