Pedagogika psixologiya


Muloqot shaxslararo ta’sir sifatida. Muloqot kishilarning o`zaro bir-birini tushunishi tariqasida. Turli tipdagi muloqot va kishi tafakkuri



Download 18,99 Mb.
bet69/168
Sana13.02.2022
Hajmi18,99 Mb.
#446136
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   168
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya majmua 2021 (1)

2.Muloqot shaxslararo ta’sir sifatida. Muloqot kishilarning o`zaro bir-birini tushunishi tariqasida. Turli tipdagi muloqot va kishi tafakkuri.
MULOQOT – odamlar o`rtasida birgalikdagi faoliyat extiyojlaridan kelib chiqadigan boglanishlar rivojlanishining Ko`p kirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda faoliyat kursatuvchilar o`rtasida axborot ayiraboshlashni o`z ichiga oladi. Bunday axborot ayriboshlash munosabatining kommunikativ shaqli sifatida ta’riflanadi. Odamlar muloqotga kirishayotganda ular tildan foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi jihati – Muloqotga kirishuvchilarning o`zaro birgalikdagi xarakati – nutq jarayonida faqat so`zlar bilan emas, balki xarakatlar, xatti – xarakatlar bilan ham bir – birini tushunishdan iborat.
Nixoyat, muloqotning uchinchi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir – birlarini idrok etishlarida namoyon bo`ladi. SHunday qilib, yagona muloqot jarayonida shartli ravishda uchta tomonni – kommunikativ /axborot uzatish/, o`zaro birgalikdagi xarakat qilishni va o`zaro bir – birini idrok qilishni kuramiz.
Muloqot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi quyidagicha:

  1. Muloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar urtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayoni.

  2. Muloqotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulk-atvoriga ta’siri.

  3. Muloqotning pertseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog`liq bulgan murakkab psixologik jarayon.

Munosabatning o`zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko`rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa avvalo munosabat vositasi sifatadagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til munosabatga kirishuvchilar o`rtasida aloqa bog`lanishini ta’minlaydi. Negaki, uni bu maqsad uchun tanlangan so`zlar mohiyatiga ko`ra kodlashtirgan holda axborotni ma’lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya’ni uning ma’nosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida o`z xulq-atvorini o`zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi.
Axborotni boshqa kishiga yo`llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsipient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona sistemasidan foydalanishlari, ya’ni «bitta tilda» so`zlashishlari kerak. Agar kommunikator va retsipient kodlashtirishning turli xil sistemalarini qo`llaydigan bo`lsalar, bu holda ular o`zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Vaviloniya minorasi qurilayotgan paytida quruvchilar kutilmaganda «aralash-quralash tilda» gaplasha boshlaganliklari oqibatida uning ag`darilib tushganligi haqida Injilda keltirilgan afsona kodlashtirish va kodlarni ochish jarayonlarini bir-biriga bog`lash chog`ida o`zaro birgalikda harakat qilinmasligini aks ettiradi.
Negaki, turli xil tillarda so`zlashadigan kishilar bir-birlari bilan murosaga kela olmaydilar, bu esa birgalikdagi harakatning amalga oshirilishini amri mahol qilib qo`yadi. qo`llaniladigan belgilar (so`zlar, imo-ishoralar, ierogliflar va hokazolar) zamiridagi mohiyat munosabatda ishtirok etayotgan shaxslarga tanish bo`lgan taqdirdagina axborot ayirboshlash mumkin bo`ladi.
Mohiyat - belgining tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism sifatidagi mazmunga ega bo`lgan jihatidir. Qurol odamlarning mehnat faoliyatini ifodalagani singari belgilar ham ularning bilish faoliyati va munosabatini namoyon qiladi.
So`zlar belgilari sistemasi hayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani o`zlashtirish va o`zatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi.
Ijtimoiy tajribani jamg`arish va uzatish vositasi sifatidagi til mehnat jarayonida paydo bo`lib, hali sinfsiz jamiyat tongotaridayoq rivojlana boshlagan edi. Odamlar bir-birlariga biron muhim ahamiyatga molik axborotni uzatish uchun aniq-tovushlardan foydalana boshladilar.
Qo`llarida biron mehnat qurolini ushlab, ko`zlari esa ushbu narsalarga qarab turgan vaqtda bir-birlari bilan munosabatga kirishish uchun aniq tovushlardan foydalanish kishilarga ayniqsa moyillik tug`dirgan. Munosabatga kirishadigan odamlar o`rtasidagi masofa anchagina olis bo`lgan kezlarda ham, xuddi shuningdek qorong`ilikda, tuman tushganda, chakalakzorda o`y-fikrni tovushlar vositasida yetkazish qulay bo`lgan.
Til yordamida munosabatga kirishish tufayli borliqning alohida bir kishining miyasidagi in’ikosi boshqa odamlarning miyasida aks etayotgani yoki aks etgani bilan doimiy ravishda to`ldirilib turadi - o`y-fikrlarni ayirboshlash, axborot berish ro`y beradi.
Munosabat chog`ida kishi doimo muhim narsani nomuhimidan, zarur narsani tasodifiysidan ajratishga, yakka-yolg`iz narsalarning timsolidan ularning hammasi uchun umumiy bo`lgan xossalarni so`zlar yordamida barkaror aks ettirishga o`tishga o`rganadi. Butun boshli narsalar doirasiga xos va shu asnoda so`z yuritilayotgan konkret narsaga ham taalluqli muhim xususiyatlar shu so`z orqali o`z ifodasini topadi. Biz «gazeta» deb aytadigan bo`lsak, qo`limizda ushlab turgan gazeta varaqlarinigina nazarda tutmasdan, mazkur narsaning boshqa bosma mahsulotdan farqini hisobga olgan holda uning qaysi toifadagi narsalarga tegishli ekanligini uqdiramiz.
So`zlar muayyan bir mohiyatga ega, ya’ni ashyoviy olamga allaqanday tarzda tegishli bo`ladi. O`qituvchi u yoki bu so`zni ishlatganda uning o`zi ham, uning tinglovchilari ham yolg`iz o`sha bitta hodisani nazarda to`tishadi va ularda anglashilmovchilik yuz bermaydi. Mohiyatlar sistemasi kishining butun hayoti davomida rivojlanib va boyib boradi. Uni sobitqadamlik bilan shakllantirish o`rta ta’limning ham, oliy ta’limning ham markaziy bo`g`ini hisoblanadi.
Kishi birgalikda faoliyat ko`rsatayotganda zaruratga ko`ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muloqotga kirishishi, ya’ni aloqa urnatishi, o`zaro hamjihatlikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot berishi lozim va xokazo. Bu o`rinda muloqot faoliyatning bir tomoni, bir kismi, uning eng muxim informativ kommunikasiya sifatida namoyon bo`ladi.
Muomala jarayoniga kam deganda ikki kishi jalb etilgan bo`ladi. Ularning har biri boshqasining tashqaridan seziladigan fe’l-atvor belgilariga qarab uning o`zi to`g`risidagi, uning ichki dunyosi to`g`risidagi tasavvurni qay tariqa hosil qila oladi? O`zaro bir-birini bilish borasida shaxslararo idrok etishning uchta muhim mexanizmning ta’sirini — identifikatsiyalash (aynan o`xshatish), refleksiya (fikrni tahlil etishga moyillik) va stereotiplashtirish (bir xil qolipga solish)ni alohida ko`rsatish mumkin.

Download 18,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish