Shaxsni eksperimental tadqiq qilish metodlari. SHaxs shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari.
Bola shaxsning tarkib topishida ta’lim tarbiyaning ta’siri asosiy ahamiyat kasb etadi. Tarbiya muassasalari: bog`cha, maktab, internat, litsey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya jarayoniga o`quvchilarni o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib yondoshish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ularni shaxsini o`rganish metodlaridan foydalanish samarali kechadi.
Metod tadqiqot, tekshirish, bilimning nazariy va seminar o`zlashtirish usulllari yig`indisidir. O`quvchi shaxsini o`rganish, metodlari: Amerikalik sotsiolog K.N.Tomasning “Shaxs so`rovnomasi” metodikasi yordamida turli nizomi vaziyatlarida shaxs o`zini qanday to`tishligi: hamkorlikka yoki raqobatga moyilligi, murossaga (kompromiss, en bosishga, yul berishga) tayerligi, nizolarda qochish yoki uni keskinlashtirishga intilishi kabi sifatlarning namoyon bo`lish darajasini aniqlash mumkin.
Bu metodika jamoaning har bir a’zosini hamkorlikdagi faoliyatga ijtimoiy - psixologik moslashuvchanlik darajasini b baholash imkoniyatlarini ham beradi. Turli guruhlardagi o`zaro munosabatlar xususiyatlari o`rganiladi. Shuningdek, Kettel shaxs savolnomasining bolalar varianti - shaxsni dasturli tekshirishnining bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Bola shaxsi taraqqiyotini baholashda chet el tadqiqotlarida savolnomalar (16 RF, N.) keng qo`llaniladi. Lekin bizning sharoitimizda chet el metodikalaridan foydalanish ularni jiddiy moslashtirishni va puxta tekshirishni talab qildi. ushbu metodika E.M.Aleksandrovskaya, I.N.Gil’yasheva, 1978, 1985 variantlari keng qo`llaniladi.
Ayzenk testi (bolalar varianti) EPV insonning individual - psixologik xususiyatlarini, shaxsiy xislatlari - ekstrovertlik, introverlik va turg`unlikni o`rganishga mo`ljallangan. Kattalar varianti 45 savoldan iborat 24 savol ekstravertlikni va introverlikni, 24 savol neyrotizmni aniqlashga mo`ljallangan, 9 ta savol “yolgonchilik” shkalasidan iborat.
Shuningdek, D.B.El’komin, T.V.Dragunovalar o`smirlik davri xususiyatlarini: I.V.Straxov yuksak insoniy tuyg`ularni shakllanishini: V.A.Krutetskiy va N.S.Lukinning “o`rtoqlik - do`stlik” borasidagi o`smirlarning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini o`rganilishi o`smir yoshidagi bolalarning barcha muammolarini echishda yordam beradi.
Har bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan hislatlar va fazilatlarning faqat unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik - kishining o’ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xusussiyatlarda, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur) da qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubda va hokazolarda namoyon bo’ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o’zida mujassamlashtirgan odam yo’q - inson shaxsi o’z individualligi jhatidan betakrordir.
SHaxsning tuzilishi. Birinchi navbatda, shaxsning individualligini ko’rsatadigan va faqat ehtirosda, ichki qiyofada, qobiliyatlarda va hokazolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishinigina emas, balki shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo’lgan guruhlarda, ana shu guruh uchun etakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda o’zini namoyon etishini ham qo’shish shart.
Inson shaxs sifatida shakllanishining asosi bu uning faoliyatidir. Insonni yashashining, ijtimoiy mavjudod sifatida rivojlanishinig beligilovchi sharoiti belgilovchi sharoiti bo’lib, xar hil faoliyat turlarining majmui bo’ladi. Faoliyatni o’zlashtirish va uning murakkablashuvi inson psixikasini rivojlanishining asosiy sharoiti bo’ladi. SHuning uchun tarbiyaviy masalalarni echish inson faoliyatlarining bir biriga buysunuvchanligi qonuniyatlariga, ularning dinamikasiga tayanishi kerak. Tarbiyaviy ta’sirlarni tuzishda bola jalb etilgan xar hil faoliyat turlarining xarakterini va xususiyatlarini, ularning mohiyatini, xajmini va mazmunini inobatga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |