«Tovushlarni aniqla»
Bolalar aylana bo'lib o'tiradilar, Bolalardan biri etaklovchi bo'ladi. U boshqa
o'yinchilarga nisbatan tesqari turadi. Shu vaqtda bolalardan biri qisqacha (2-3
so'zdan iborat) gap aytadi, masalan, Oltin kuz keldi. Etaklovchi bu gapni kim
aytganligini tovushidan aniqlashi kerak. Har bir bola etaklovchi bo'lib chiqishi
kerak.
«Xatolarni to'g'rilaymiz»
Bolalar aylanaga turadilar. Olib boruvchi turli xatolari bo'lgan gapni aytadi.
Sunday gaplar har bir bolaga taqdim etiladi. Qaysi bola gapda xato topolmasa
o'yindan chiqadi. Oxirida qolgan bola g'olib hisoblanadi. Masalan, Archa
daraxtida olmalar pishdi. Csmonda uchta zog'ora baliq uchyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |