II. Anglash bosqichi.
Bu bosqichda „Rangin qorlar" (Olloyor) ertagi (o'qituvchi
qismlarga bo'lib kelgan bo'ladi)ning har bir qismi guruhdagi yaxshi o'qiydigan o'quvchilarga
o'qitiladi. „Ifodali o'qish" musobaqasi uyushtiriladi. Eng yaxshi o'qigan o'quvchi aniqlanadi va
rag'batlantiriladi.
Shundan so'ng guruhlarga asar matni ichda o'qishga topshiriladi. Guruh o'quvchilariga
quyidagi topshiriq beriladi:
- Har bir guruh o'z qismini ichida o'qiydi. Uning mazmuniga va qahramonlariga doir
savol-topshiriqlar tuzadi va konvertga solib uzatadi. Tuzilgan savollar izohlanib,
rag'batlantirilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |