11 мавзу: Таълим психологияси
Reja:
1. Ukuv faoliyatining psixologik moxiyati.
2. Ukish motivlari.
3. Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni va uning psixologik komponentlari.
4. Ta’limning noan’anaviy usullari. Mustakil tafakkurni rivojlantirish.
5. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Tayanch so’zlar: o’quv motivi, o’quv faoliyati, ta’lim psixologiyasi,
bilim, malaka, ko’nikma, interfaol usullar
1997 yilda kabul kilingan "Ta’lim to’g’risida"gi konun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida" shaxs kamoloti asosiy masala sifatida e’tirof etilgan. Prezidentimiz I.A.Karimov: "Iktisodiy va siyosiy soxalardagi barcha isloxotlarimizning pirovard maksadi yurtimizda yashayotgan barcha fukarolar uchun munosib xayot sharoitlarini tashkil kilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun xam ma’naviy jixatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg’onish g’oyasini ruyobga chikaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muxim vazifalaridan biri bo’lib koladi", degan edilar.
Maktab jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri. Maktab jamiyatning buguni emas, balki kelajakka yo’naltirilgan rivojini belgilaydi. Maktabning maksadi ta’lim va tarbiyadir.
Ўкув фаолиятининг психологик мохияти
O’kuv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi.
O’quv faoliyati insonning butun xayoti davomida namoyon bo’luvchi uzluksiz jarayondir. Rus psixologi A.N.Leontyev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini ta’kidlaydi, bola ongi aynan o’kuv faoliyatida o’sishini ta’kidlaydi. D.B.Elkonin esa o’kuv faoliyatining xususiyatlarini ko’rsatib, uni moxiyatiga, mazmuniga va o’zini namoyon bo’lish shakliga ko’ra ijtimoiyligini ta’kidlaydi. O’kuv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o’kuvchida o’zgarish yuz beradi. Uning maxsuli turli motivlar asosida kurilgan bo’lishi darkor. Bu motivlar bevosita o’kuvchi shaxsining o’sishi va rivojlanishi bilan bog’lik bo’lishi kerak. O’quv faoliyati ta’lim, o’kish va o’rganish degan tushunchalar bilan bevosita bog’likdir. Ta’lim o’kituvchi va o’quvchi xamkorligidagi o’kuv faoliyati, o’kituvchini bilim, ko’nikma va malakalarini o’kuvchilarga o’rgatish jarayonidir. Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, xarakatlarni, xulk-atvorning shakllarini o’zlashtirishga karatilgandir.
O’kish va o’rgatish tushunchalari o’kuv faoliyati bilan bog’lik bo’lib, ular bilim, ko’nikma va malakalarni uzlashtirishga, o’rgatishga xizmat kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |