Pedagogika psixologiya fakultet (s) gruh talbasi



Download 104,85 Kb.
bet2/4
Sana09.02.2022
Hajmi104,85 Kb.
#438819
1   2   3   4
Bog'liq
Buxoriy

Imom Ismoil al-Buxoriy
«Sahih» yo'nahshining asoschisi eng etuk va m ashhur muhaddis Abu 
Abdulloh M uhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy 
hadis ilmida «Amir ul-mo‘minin», «Imom al-muhaddisiyn» («Barcha 
muhaddislarning peshvosi») degan sharafli nomga sazovor bo'lgan. U 810 
-yilning 13-mayida (ba’zi manbalarda 810 -yilning 20-iyulida) (hijriy 194 
-yil shawol oyining 13-kuni) Buxoroda tug'ilgan. Go'dakhgida otadan etim 
qolgan. Dastlabki savodini maktabda chiqargan, 10 yoshidayoq arab tilida 
yaratilgan kitoblar yordamida hamda roviylardan og'zaki ravishda eshi­
tish asosida hadislarni yodlay boshlagan. Alloma hadis ilmini zo'r ishtiyoq 
va katta qiziqish bilan o'rgandi. Abdulloh ibn al-Muborak, Vaqi ibn Jarroh 
kabi olimlar to'plagan hadislarni yod olgan, hadis rivoyatchilari xususida 
so'z yuritilgan bahslarda ishtirok etgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy 825 -yili, o'n olti yoshida onasi va akasi bilan 
Hijozga safar qiladi. Makkayu M ukarram a va M adinai M u naw arada 
boiib, haj ibodatini ado etadi. Balx, Basra, Kufa, Bag'dod, Damashq, Misr, 
Makka va Madina kabi shaharlarda boiib, safar jarayonida muhaddislar 
bilan bilan uchrashadi. Muhaddislar suhbatlarida ular tomonidan aytilgan 
hadislarni yodlab boradi. Olti yil Hijoz shahrida yashab, u erda etuk 
muhaddislardan hadis ilmi bo'yicha, Damashq, Qohira, Basra va Bag'dod 
shaharlarining m ashhur olimlardan esa fiqh ilmi bo'yicha ta lim oladi. 
Allomaning o'zi ham turh bahs va munozaralarda ishtirok etib, tohblarga 
dars ham beradi.
Imom Ismoil al-Buxoriy iste’dodli, o'tkir zehnli ham da ziyrak olim 
bolgan. M anbalarga ko'ra, Bag'dod shahrida istiqomat qilgan vaqtida 
ko'pincha qorong'u kechalari sham yorug'i va oyning nurida ijod qilib, 
kitob yozar ekan. Tunda yodiga bexosdan biror-bir fikr-mulohaza tushib 
qolsa, sham ni yoqib, darhol o'sha fikrni qog'ozga tushirar, shu tahlitda 
ba’zan sham ni yigirma martagacha o'chirib-yoqar ekan»(U. Uvatov).
Imom Buxoriyning o'tkir zehn egasi ekanligini quyidagi misoldan ham 
bilish mumkin.
Rivoyatlarga ko'ra, u qaysi bir kitobni qolga ohb, bir m arotaba

mutoala qilsa, unda bayon etilgan barcha fikrlar, m a’lum otlam i yodda 


saqlab qolavergan. Imom Ismoil al-Buxoriyning qayd etishicha, yuz ming 
sahih (ishonchh) va ikki yuz ming g'ayrisahih (ishonchsiz) hadisni yod 
bilgan. Shogirdlaridan Amir ibn Fallos «Muhammad ibn Ismoil al- 
Buxoriyga ma’lum bo'lmagan hadis, albatta, ishonchh hadis emasdur»,
- deydi. Ustoz Imom Ahmad ibn Xanbal al-Marvaziyning aytishicha, 
«Butun Xurosondan M uhammad ibn Ismoil kabi ohm chiqqan emas».
Imom Ismoil al-Buxoriyning o'tkir zehni xususida yana shunday rivoyat 
keltiriladi: «Imom Buxoriy bilan Basrada hadis darsiga qatnashgan 
sheriklaridan biri Hoshid ibn Ismoil aytadi: «Imom Buxoriy bizlar bilan 
birga ustozning darsini eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz 
yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o'tirardi. Shu tarzda 
qancha kunlar o'tib, orada ustoz qariyb 15 ming hadis rivoyat qildi. 
Shunda biz Buxoriyga: Sen nega hadislarni yozmaysan? - deb ta’na qilgan 
vaqtimizda: Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og'zidan yodlab 
olayotirman, - dedi-da, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir 
chekkadan yoddan o'qib berdi. Shundan keyin biz yozib olgan hadislari- 
mizdagi xatolarni uning yodlaganlaridan tuzatib oladigan bo'ldik».
Imom Ismoil al-Buxoriy juda ko'p zabardast olimlardan ta ’lim oladi. 
Manbalarda alloma ustozlarining soni to'qson nafarga yaqin bo'lgan deb 
ko'rsatiladi. Muhammad ibn Yusuf al-G'artobiy, Ubaydulla ibn M usa al- 
Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-Zubayr al-Hamiydiy, Ishoq ibn Ibrohim 
ar-Rahavayh, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ah al-Madiniy kabi olimlar uning 
ustozlari sanaladilar.
Imom Ismoil al-Buxoriyning o'zi ham yirik va m ashhur olimlar -
Ishoq ibn Muhammad al-Ramoziy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masna- 
diy, Muhammad ibn Xalaf ibn Qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Muhammad 
Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjojga 
ustozlik qilgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy o'ta kamtar, insonparvar, xulq-odobda tengsiz, 
sahovatli inson ham bo'lgan. U hadis ilmining etuk olimi sanalsa-da, 
zamondoshlari hamda shogirdlaridan ham ilm o'rgangan. Alloma bir ming 
sakson nafar muhaddisdan hadis eshitgan. Allomaning o'zidan esa to'q­
son ming nafar kishi ishonarli hadislarni eshitgan. Ma’lumotlarga ko'ra, 
Imom Ismoil al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni to'plagan, 100 ming 
«sahih» va 200 ming«g'ayrisahih» hadislarni yod olgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy uzoq safardan ona yurti Buxoroga qaytgach, 
talaba va ulamolarga hadis ilmidan saboq beradi va mazkur ilmning 
targ'ibotchisiga aylanadi. Rivoyatlarga ko'ra, xalifaning Buxorodagi noibi 
Xolid ibn Ahmad ibn Xohd az-Zuhahy uni saroyga kehb hadis ilmidan 
saboq berishga taklif etadi. Ammo Imom Ismoil al-Buxoriy bu taklifga:

«Men ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga 


ilm kerak boisa, bolalami (ikkinchi rivoyatda saroyidagilami) uyimga yoki 
masjidimga yuborsin», - deb javob beradi. Shu bois alloma bilan amir 
Xohd ibn Ahmad az-Zuhaliy o'rtasidagi munosabatga putur etadi. Bunga 
ayrim hasadgo'y shaxslaming igvolari ham sabab boladi. Amir allomaning 
shahardan chiqib ketishiga farmon beradi. Samarqand ulamolari Imom 
Ismoil al-Buxoriyni o'z yurtlariga taklif etadilar. Yo'lga chiqqan Imom Is­
moil al-Buxoriy Samarqand shahriga yaqin bolgan Hartang qishlog'i (ho­
zirgi Poyariq tumanining hududi)da betob bo'lib qoladi va shu erda hijriy 
256 -yili ramazon oyining oxirgi kuni (milodiy 872 -yil 1 sentyabr) 62 yoshida 
vafot etadi va shu erga dafn etiladi.
Imom Ismoil al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan. Uning «Al- 
jome’ as-sahih» («Ishonchli to'plam»), «Al-adab al-mufrad» («Adab 
durdonalari»), «At-tarix al-kabir» («Katta tarix»), «At-tarix as-sag'iyr», 
(«Kichik tarix»), «Al-qiroatu xalfa-l-Imom» («Imom ortida turib o'qish»), 
«Vaf ul-yadini fi-s-saloti» («Namozda ikki qo'lni ko'tarish») kabi asarlari 
mavjud bo'lib, ularning qo'lyozmalari bizgacha etib kelgan. Ammo «At- 
tarix al-avsat» («O'rta tarix»), «At-tafsir al-kabir» («Katta tafsir»), «Al- 
jome’ al-kabir» («Katta to'plam»), «Kitob ul-hiba» («Hadya kitobi») nomli 
asarlari ham bo'lganligi ma’lum. Biroq ular bizgacha etib kelmagan. 
Shubhasiz, yuqorida nomlari qayd etib o'tilgan asarlarining eng yirigi, 
shoh asari «Al-jome’ as-sahih»dir. Bu asar «Sahih al-Buxoriy» nomi bilan 
ham dunyoga m ashhur. 4 jilddan iborat mazkur kitobga 600 ming 
hadisdan 7275 eng «sahih» ham da 4000 takrorlanm aydigan hadis 
kiritilgan. Bu kitob Islom ta ’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy 
manba hisoblanadi.
Islom dini insonni ma’naviy kamolot sari etaklovchi ta ’limotdir. Shu 
sababh Qur’oni Karimda ham, hadislarda ham yaxshi xulq-odob qoidalari 
va ularga kishilaming qat’iy amal qilishlari lozimligi borasidagi qarashlar 
keng targ'ib etilgan. Imom Ismoil al-Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih» 
a sarin in g bir jildiga odob-axloq m asalala rin i yorituvchi h ad islar 
jamlangan boisa, «Al-adab al-mufrad» («Adab durdonalari») nomli asarda 
ham ijtimoiy turm ushda ham da insonlar o'rtasida o'zaro m unosabatlar­
ni tashkil etish chog'ida amal qilinishi lozim bolgan odob-axloq qoidalari 
borasida yanada batafsil m a’lum otlar berilgan. Ushbu asar 644 bobda 
bayon etilgan 1322 hadisni o'z ichiga oladi.

Download 104,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish