Pеdаgоgikа. Psiхоlоgiya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Muloqotning kommunikativ sohasi. Muloqot turlari



Download 0,8 Mb.
bet161/281
Sana30.12.2021
Hajmi0,8 Mb.
#193278
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   281
Bog'liq
Pеdаgоgikа. Psiхоlоgiya” fanidan O’quv-uslubiy majmua

Muloqotning kommunikativ sohasi. Muloqot turlari.

Muloqotning kommunikastiya vositasida kirshilar axborotlar bilan almashadilar. Bu munosabatlar, muloqotlar 2 xil tarzda kechadi: verbal va noverbal.

Keyingi vaqtlarda ijtimoiy psixologiyada noverbal kommunikastiyaga ko’proq e’tibor berilmoqda. Verbal kommunikastiyaga – so’zsiz muloqot: mimika, imo-ishora, ko’z, qiyofa, hatti-harakat bilan muloqot qilish tushuniladi.

Imo-ishora – nutq jarayonida ixtiyorsiz ravishda namoyon bo’ladigan qo’l va gavda xarakatlari. Ifodali xarakatlar – shaxsning muayyan psixik holatini, ayniqsa his-tuyg’ularini ob’ektiv ravishda ifodalaydigan mimika, pantomimika, qo’l xarakatlari kabi ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy harakatlar yig’indisi.

Mimika – (yunon. Mimikos – taqlid qiluvchi) - mimika; kishishing muayyan sharoitlagi ruhiy holatini, ayniqsa hissiyotini ifodalovchi yuz mushaklarining xarakatlari. Mimik xarakatlar, odatda, ixtiyorsiz ro’y beradi, biroq ularni ongli ravishda hosil qilish ham mumkin.

Pantomimika – (yunon. Pantomimikos – hamma narsaga taqlid qiluvchi) – inson gavdasining mimika, imo-ishora, intonastiyalar bilan birga, uning psixik holatini, ayniqsa his-tuyg’ularini ifodalovchi harakatlari. Pantomimika kishilarning o’zaro fikr olishishi va bir-biriga ta’sir qilishi uchun qo’shimcha vosita bo’lib xizmat qiladi.

O’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki insonning kundalik muloqotida so’zlar 7 % -ni, tovush va intonastiyalar – 38%-ni, so’zsiz hamkorlik esa 55%- tashkil etar ekan.

Noverbal kommunikastiya bilan ko’p narsani tushunish va tushuntirish mumkin.

Masalan, muayyan tekshirishlar olib borilgpnda bir kishi o’z mimikasi va gavda harakati bilan, g’am-qayg’u, hursandlik, intiqish, shoshilish kabi juda ko’p ruhiy holatlarni ko’rsatgan. Ikkinchi kishi esa uning yonida turib, birinchi kishining ruhiy holatini og’zaki ta’riflab turgan. Natijada solishtirilganda 80-90% ruhiy holatni yaxshi ekanligi aniqlangan. Lekin bu erda shuni nazarda tutish kerakki: har xil madaniyatdagi xalqlarda mimika va pantomimika hhar xil bo’ladi. YA’ni yuz qiyofasi va ifodasi har xil madaniyatlarda har xil bo’ladi.

Masalan, YAponiyada, afrika xalqlarida, evropa xalqlarida har xil ruhiy holatlardagi yuz qiyofasi har xil bo’ladi.

Kommunikastiya to’liq kechishi uchun: kommunikator-gapiruvchi, xabar beruvchi va restipient xabarni qabul qiluvchi bo’lishi kerak. “K” bilan “R” o’rtasida to’laqonli muloqot kechishi uchun:

Nutq – xabar tushunarli bo’lishi kerak.

Muloqotga kirishuvchilar orasidagi nutq (bir-birini) ularni qiziqtiradigan bo’lishi kerak.

Muloqotga kiruvchilarning verbal va novenrbal nutqlari ozmi-ko’pmi hissiyotli bo’lishi kerak.

“K”-lar har xil bo’ladi.

A ) ochiq “k” – o’z fikrini oshirmasdan bayon etadi.

B) befarq “k” - bu kishi o’zini befarqdek tutadi,gaplashayotgan mavzuning o’ziga aloqasi yo’qdek tutadi.

V ) YOpiq “k” – o’zining nutqida o’z nuqtai-nazarini, asl maqsadini yashiradi.

SHeriklarning (hamkorlarning) o’zaro munosabatlarda: hamkorlik, konkurenstiya (raqobat), kooperastiya, do’stlik va boshqa xilda muloqotga kirishiladi.

Raqobat (konkurenstiya) tipida (turidagi) muloqotda sheriklar bitta maqsad va vazifa uchun munosabatga kirishayotgan bo’lsalar ham, o’zaro raqiblardek munosabatda bo’ladi. Masalan: sinfdagi a’lochilar o’rtasida, stexdagi faollar orasida raqobat bo’lsa yaxshi, lekin raqobat sog’lom yaxshi niyat bilan bo’lsa, u sinfda a’lochilarni ko’paytiradi, ularning yana yangi pog’onaga ko’tarilishlariga sababchi bo’ladi. Lekin raqobatlik (konkurenstiya) kuchayib ketsa guruhning hamkorligiga putur etadi.

Musobaqa ham raqobatning bir turi bo’lib, u ko’pincha sog’lom asosda, rasmiy nazorat ostida bo’lgani uchun ziddiyatga olib kelmaydi.

Bir shaxs ikkinchi shaxsni hissiy idrok etishi.

Atterokestiya – ob’ektlarning tashqi, ichki yoqimtoyligi bir shaxsning ikkinchi shaxsni yoqtirishi.

Tashqi go’zallik shaxsda turg’unlik hosil etadi.

Bolalar orasida o’tkazilgan tekshirish shuni ko’rsatadiki, ularning orasidagi chiroyli (tashqi ko’rinishli) bolalar ko’proq tanlov oladilar.

Tashqi ko’rinish o’zaro aloqa o’rnatishda katta rol o’ynaydi.

Yigitlarda qizlarning rasminim ko’rsatib, qizlarga esa yigitlarning rasmini ko’rsatib o’ziga yoqqanini tanlash taklif etildi. Lekin yigitlarga shu rasmlarning ichida bir qiz sizni ko’rgan ekan unga yoqibsiz deyishganda, ular rasmlarning ichidagi eng chiroyli qizlarni tanlaganlar. Ba’zi bir yigitlarga esa shu rasmlarning ichida sizni qizlar ko’rgan ekan, lekin yoqmabsiz deganda (yolg’ondan) ular uncha chiroyldi bo’lmagan qizlarni tanlaganlar.

Demak, bu shuni ko’rsatadi yigitlarga berilgan negativ ustanovka natijasida o’zlarining sifatlarini, imkoniyatlarini kam baholaganlari uchun ham xunukroq qizlarni tanlaganlar.

Bu erda atribustiya jarayoni ham katta rol uynaydi.

Atribustiya – birovda yo’q sifatni (balki bordir) unga o’zimizda bor narsani yopishtirish. YA’ni birovni o’zimizga o’xshatish. Rostgo’y odam hammani o’ziga o’xshash rostgo’y deb o’ylab aldanib qoladi. Xudbin kishi hammani o’ziga o’xshash xudbin deb o’ylay2di.

Demak, mendagi birov haqidagi ijobiy fikr, mening unga munosabatimni yaxshilaydi, aksincha, u shaxs haqidagi negativ (salbiy) fikrim mening unga munosabatimni ham yaxshioamaydi.

Birovga qilingan yaxshi ish menda ham u kishida ham kuchli ijobiy muneosabatlarni hosil etadi.

Ustanovka – oldindan olingan axborotlar natijasida ob’ektni idrok etishga tayyorgarlik (Uznadze nazariyasi).

Tajriba – sinfda psixologlar tafakkurni tekshirib, o’quvchilarga “3” baho bilan o’qiyotgan o’quvchilar haqida “Ha” albatta hozir ular kuchsiz o’qiyapti, lekin kelajakda sinfimizdagi 4-ta uchga o’qiyotgan bolalar a’lochi bo’ladi deb ustanovka beriladi.

Rostdan ham bir ozdan so’ng berilgan shu ustanovka natijasida o’quvchilarning o’z o’quvchilariga munosabati ijobiyst tomonga o’zgardi. Natijada o’quvchilarning ham ma’lum vaqtdan so’ng o’qish qobiliyatlari kuchayib “a’lochilar” qatorlariga o’tdilar.

Tajriba: Agar kishiga bir nechta rasm berib bularning hhammasi jinoyatchilar desak, rostdan ham bu kishilarda jinoyatchiga o’xshash tomonlarini ko’plab topadilar.

SHaxslar o’rtasida o’zaro anglash idrok etish tushunish mexanizmi quyidagicha amalga oshadi.

Identifikastiya – boshqa kishini idrok etish, tushunishda – ongli ravishda (ongsiz ravishda) unga o’zidagi sifatlarni berish (birovni o’ziga o’xshatish).

Stereotipizastiya – kishining hatti-harakatini, xulqining sabablarini va o’zini ma’lum ijtimoiy stereotiplarga o’xshatish.

Tolerantlik (bag’rikenglik)

Empatiya – boshqa shaxsning his-tuyg’usini, hissiy holatini, hayajonini his etish (ya’ni o’zini boshqa kishining o’rniga – qo’yabilishlik).

Refleksiya – kishining o’zi muloqotda bo’layotgan sherigida qanday ta’surot qoldirayotganligini fikrlash yoki intuistiya yordamida anglash.

O’zaro muloqot davomida sherigimizning bizning berayotgan ma’lumotimizga, tashqi ko’rinishimizga, hatti-xarakatimizga qanday reakstiya berayotganligini, qanday baho berayotganligini seza olish qobiliyati har kimda ham bo’la olmaydi. Kishi o’zi bilan o’zi ovora bo’lsayu, atrofdagilarning o’zi haqidagi fikri bilan qiziqmasa, ularning javob reakstiyasini, bahosini hisobga olmasa katta xatoga yo’l qo’ygan bo’ladi.

Lekin bu erda agar kishi atrofdagilarning fikriga juda hham katta e’tibor bersa g’ bu tortinuvchanlik, uyatchanlik va boshqa komplekslarni keltirib chiqarib kishining erkin, mustaqil faoliyatini chegaralab qo’yadi. (Masalan: shuni kiysa odamlar nima der ekan, yozsam, ishlasam va hokazolarni bajarsam odamlar nima derkan degan fikrlar kishini chegaralab qo’yadi).

Korrekstiya – sherikning biz berayotgan axborotni qanday qabul qilayotganiga qarab biz o’z muloqotimizni korrekstiya qilamiz.

Muloqot har xil darajada kechadi. Muloqotning qanday darajada kechishi sheriklarning ichki dunyosiga, madaniyatiga, dunyoqarashiga bog’liq.

Kommunikastiyada nutq eng universal vosita xisoblanadi, chunki nutq yordamida axborotlarni uzatish jdarayonida uning mazmun- mohiyati karoq yo’qoladi.

Nutqning vazifalari uchta: signifikativ (belgilash, umumlashtirish, kommunikastiya – fikrni uzatish); xis-tuyg’ularni va munosabatlarni uzatish va irodaviy ta’sir o’tkazish.

Nutqning kelib chiqishini va amalga oshirilishini quyidagi jadval Bilan ko’rsatsa bo’ladi:

Ma’lumki nutq bir necha turda bo’ladi – tashqi, ichki, og’zaki, yozma, monologik, dialogik, faol, passiv ax.k.

Muloqot olib borishning uchta darajasi mavjud: makro-, mezo- va mikro- darajalari.

Makrodaraja (katta) – konun va qoidalarni saqlagan holda boshqa odamlar bilan muloqot olib borishlik.

Mezodaraja (o’rta, oraliq) – muayyan mavzuda gaplashish (masalan, askiya, xajviya, va boshqa.)

Makrodaraja (kichik) – muloqotning sodda turlari, savol-javobli shakllari, mazmunli nigox, qo’lqisish va x.k.

Muloqot turlari: shaxslararo (odam-odam); shaxs va guruharo (gurux-gurux, masalan xokkey o’yini); ommaviy kommunikastiyalar (radio, televidenie, nashriyot).





      1. Download 0,8 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish