Diqqatning taqsimlanishi - ikki va undan ortiq faoliyat turlarining ayni bir vaqtning o’zida muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati bilan bog’lik xususiyatidir. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida axamiyatga ega.
Diqqatning ko’chishi subyektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir obyektdan ikkinchi obyektga, bir harakatdan ikkinchi harakatga ataylab o’tishida namoyon bo’lib, bunda ko’chish to’liq yoki chala bo’lishi mumkin.
Diqqatning bo’linishi uning ko’chishidan farqli o’larok ixtiyorsiz tarzda bo’ladi. Diqqatning bo’linishi shaxsning asosiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ahamiyatsiz bo’lgan obyektga ko’chishida namoyon bo’ladi.
Diqqatni obyektga qarata olmaslik va yunaltira olmaslik bilan bog’liq salbiy xususiyatlar, ya’ni diqqatning buzilishi ham uchrab turadi. Ulardan biri parishonxotirlikdir.
Parishonxotirlik - diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyat. Parishonxotirlik vaqtincha holat bo’lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror hislati bo’lishi ham mumkin. Parishonxotirlikning ikki turi mavjud bo’lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo’lsa, ikkinchisi diqqatni muayyan obyekt ustiga kuchli tuplantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir.
Inson organizmiga ta’sir etadigan ayrim narsa va hodisalar obrazlarining miyada bevosita aks etish faoliyatiga sezgilar deyiladi. Biz sezgilar yordamida predmetlarning rangini, shaklini, katta yoki kichikligini aniqlaymiz.
Sezgilar sodda psixik jarayon bulishiga qaramay, barcha bilimlarimizning asosiy manbai hisoblanadi. Chunki narsa va hodisalar aks etishining ko’pchilik qismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo’lmaganda biz tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni aks ettirishdan va ularni bilishdan maxrum bo’lar edik.
Sezgilar to’g’risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir etishining mahsulidir. Sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, voqelikning xaqqoniy tasvirini aks ettirib, ular qanday ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo’lsa, ular xuddi shundayligicha hech o’zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir.
Yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek, psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar mavjud:
eksterioretseptiv;
proprioretseptiv;
interioretseptiv. Ular o’z navbatida quyidagi sezgi turlariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |