Pedagogika kafedrasi


Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishining shakl, metod va vositalari



Download 0,89 Mb.
bet19/33
Sana11.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#774369
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
Ziyayva dis oxiri

2.2. Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishining shakl, metod va vositalari
O’zbek xalq milliy o’yinlari o’zining uzoq o’tmishi, boy tarixiga ega bo’lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o’tib kelayotgan, ma’naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, milliy qadriyatlarimiz, an’ana-yu udumlarimiz, shu jumladan, xalq o’yinlarini qayta tiklashga katta e’tibor qaratildi.
Sportning an’anaviy turlari bilan birgalikda milliy sport turlari hamda xalq o’yinlari ham tobora rivojlanib borayotir. Bugungi kunda dunyoning ko’plab mamlakatlarida o’zbek kurashi bo’yicha musobaqalar tashkil etilib, sportning shu turi ustalari o’rtasida jahon chempionati muntazam o’tkazib kelinayotgani O’zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro qalbini g’ururga to’ldiradi. Aslida biz faxrlansak arziydigan milliy sport turlari juda ko’p. Ularning orasida “Turon” kurashi, O’zbek jang san’ati, uloq, ko’pkari, chovgon, belbog’li kurash va kamondan o’q otish alohida e’tiborga molik. Ayniqsa, oxirgi yillarda O’zbek jang san’atiga bo’lgan qiziqish kuchayib bormoqda. Bu sport turi milliy ruh bilan sug’orilgan bo’lib, yoshlarda abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni shakllantirishda, ularning o’tkir zehnli va ko’rkam qaddi-qomatli bo’lib ulg’ayishlarida muhim o’rin tutadi.
Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, ota-bobolarimiz azal-azaldan insonni jismonan chiniqtiruvchi, salomatlikka ijobiy ta’sir etuvchi mashqlarga jiddiy e’tibor qaratishganini ko’ramiz. Masalan, ko’pkari musobaqasi har bir ishtirokchidan chavandozlik mahoratidan tashqari jismoniy kuch, o’tkir zehn va yetti o’lchab bir kesish salohiyatiga ega bo’lishni talab qiladi.
Ajdodlarimiz shunga mos ravishda tayyorgarlik ko’rib, ham ruhiy, ham jismoniy o’sishga erishganlar. Umuman olganda, milliy sport turlarining barchasi ota-bobolarimizning yashash tarzi, madaniyati va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda rivojlangan. O’sha kezlarda kimdir chavandoz, kimdir qilichboz, yana kimdir mergan sifatida tanilgan. Shuningdek, turli o’yinlar va mashqlar tufayli ajdodlarimizda har qanday holatdan olib chiqadigan chaqqonlik, yakkama-yakka olishuvga xos uquv shakllangan.
Milliy sport turlari bilan bir qatorda xalq o’yinlari ham aksariyat yoshlarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Bu o’yinlar, ayniqsa, bolalar orasida keng yoyilgan. Xususan, mahallalarda o’tkazilayotgan turli tadbirlarda aksariyat bolalar “Quloq cho’zma”, “Oq terakmi, ko’k terak”, “Podachi”, “Charxpalak”, “O’rda to’p”, “Chigi”, “Qo’tir echki” kabi o’yinlarda o’zaro bellashib, kim epchilu, kim chaqqonligini aniqlab oladilar. Shuningdek, “Uzuk olish”, “Igna sanchish”, “Poyondoz”, “Sultonchalar jangi”, “Igna, ip, angishovna” singari xalq o’yinlari ham yillar osha bizgacha yetib kelgan.
Mazkur o’yinlar ishtirokchilariga sinchiklab qarasangiz, har birida abjirlik, murakkab holatni to’g’ri baholash, qiyin vaziyatdan chiqib ketish xususiyatlari qaror topganiga amin bo’lasiz. Shundan xulosa qilish mumkinki, milliy sport turlari va xalq o’yinlari yoshlarni sog’lom voyaga yetkazish, ularga ta’lim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab-avaylashda ularning o’rni beqiyos. Shuningdek, xalq o’yinlariga e’tibor yildan-yilga ortib bormoqda.
Darhaqiqat, milliy sport turlari va xalq o’yinlari o’ziga xos qadriyat sifatida avlodlardan avlodlarga o’tib boradi. Ularni ardoqlagan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg’usi qaror topadi, milliy ruh shakllanib, xalqimizning an’ana va urf-odatlarini e’zozlash hissi yanada kuchayadi. Xullas, milliy o’yinlar yoshlarni o’zbekona tarbiyalashning eng ta’sirchan vositalaridan biridir. Bu o’yinlar qanchalik keng yoyilsa, vatanparvar yoshlar safi shunchalik kengayadi.
O’yinlarning takomillashuvi, o’yin faoliyati dastlab syujet va mazmundan tashkil topadi. Odatda syujet deganda o’yin faoliyatida bolalar aks ettiradigan voqe’likning doirasi tushuniladi. O’yin syujeti turli davrga sinfiy xususiyatga, oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiqarish sharoitlariga bog’liq holda yaratiladi.
7-8 yoshli bolalarga xos o’yinlarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin
1. Tezkorlikni tarbiyalovchi o’yinlar.
2. Kuchni oshiruvchi o’yinlar.
3. Chaqqonlikni rivojlantiruvchi o’yinlar.
4.Chidamlikni rivojlantiruvchi o’yinlar.
5.Egiluvchanlikni tarbiyalovchi o’yinlar;
Ayrim o’yin turlari bolalarning barcha bo’g’inlariga mos kelishi mumkin, ya’ni jismoniy sifatlarni yaxlit holda tarbiyalashga qaratilgan o’yinlar ham borki, ularda turli jismoniy sifatlar ketma-ket rivojlanishi mumkin. o’yinlardagi bunday izchillik bolaning bilim saviyasi, turmush tajribasini kengayishi, uning katta yoshdagi odamlarning turmushiga chuqurroq kirib borishi bilan bog’liqdir.
Darhaqiqat o’yinlarning oddiyidan murakkabga tomon o’sishi turmushning tobora yangi qirralarini aks ettirish bilan cheklanib qolmay, muayyan o’yinning o’ziga xos boshqa ko’rinishlari bilan boyishi sababli ham amalga oshadi.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish