Pedagogika kafedrasi



Download 0,89 Mb.
bet18/33
Sana11.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#774369
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
Ziyayva dis oxiri

9. Musiqa o’yinlari.
Bolalar kuylamasdan, hayotda ro’y bergan voqea-hodisalardan olgan taassurotlarini qo’shiqqa solmasdan tura olmaydi. Jumladan, ular ko’cha-ko’ydami, uydami, baribir hirgoyi qilishadi, o’zi bilganicha qo’shiq kuylashadi... Hattoki, bir-birlariga erkalanganlarida yoki "shirin" chaqma-chaqarliklarini ham ohangga solib o’ynaydilar: "Ay-ta-man, da-dam-ga, hmm-hmm..." o’yinini o’ynashdan avvalgi sanamalarni ham yoqimli ohangda aytadilar:-Odina, Badina, Kamola, ismi ani Jamola. Tohir-to’yi Nazira, As, pas, kuchli Anas yoki: O’tkir qaychi qo’limni kesdi, Yo’llovchilar yo’limni to’sdi:-Qaqqa borasan? Toqqa boraman. Tog’da nima bor? Suv bor. Suv kimniki? -Qorovulniki. -Qorovul haq, Pistasini chaq.
O’zbek bolalar folklorida o’yinlar orqali kuylanadigan qo’shiklar behad ko’p va rangba rang, ularni ijro o’rni, estetik-tarbiyaviy mohiyati jihatidan farqlanishini ta’kidlab, quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:- o’yinga chorlovchi qo’shiqlar; - ma’naviy o’yinlar;- turli ko’shiqlar; - hazil-mutoyiba qo’shiqlar.
Albatta, bu tasnif zamon bilan xamnafas yana o’zgarib, sayqallanib boraveradi. Chunki bolalar folklori tarbiya jarayoni uchun eng zarur, bola psixologiyasiga juda tez ta’sir etuvchi estetik hodisa hisoblanadi.
Bolalarga o’rgatiladigan o’yin-qo’shiqlar hayotiyligi bilan xarakterlidir. Biroq bugungi kunda bolalarga o’yin-qo’shiqlardan qaysilaridan bilasiz deya savol bersak, ular "Boychechak", "Dada hormang', "Laylak qor", "Chuchvara qaynaydir-yo", "Gunafshaxon", "Chitgi gul" qo’shiqlaridan nariga o’tolmaydilar.
Umumta’lim muassasalarida maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o’zbek bolalar folklori hamda undagi o’yinlarni
o’rgatishga e’tiborni karatmoq lozim. SHu yo’nalishda to’garaklar tashkil etilsa, kadimgi kuy-qo’shiklar, milliy o’yinlar o’rgatib borilsa, o’kuvchi yoshlarning dunyoqarashlari kengayadi, nutk ravonligiga erishiladi, milliy an’analarni o’rganib borishlari ta’minlanadi.
O’zbek bolalar folklor o’yinlarining bu kabi turlarga bo’lish nisbiydir. Zero, ayrimlari qish ketib, bahor kelishi bilan ijro etila boshlasa, u yil bo’yi ham faol davom etishi mumkin. Ayni chog’da yozda o’ynaladigan o’yin qishda yoki aksincha, qishdagisi yozda o’ynalishi mumkin.
Shunday qilib juda ko’p xollarda o’z zaminini, voqealikni aks ettirishning usul va vositalarini o’ta ibtidoiy qarashlar, tasavvurlar,o’zaga xos tarzda rivojlantirib qabul qildi va bu esa san’at turlarining, xususan, o’yinning birdaniga mustaqil janr sifatida ajralib chiqmaganligini ko’rsatadi.
Chunki o’yin san’atning mustaqil turi sifatida namoyon bo’lgunicha o’tgan muddat uzoq davr hisoblanadi. Buni O’rta Osiyo xalqlarining ibtidoiy davrlariga oid yodgorliklar va ularga tushirilgan rasmlar ham tasdiqlaydi. Chunonchi Boysun tog’idagi Teshiktosh g’oridan bundan yuz ming yil avvalgi pespertal (o’rta paleolit) davriga oid odam suyagining topilishi, Samarqandda Omonqo’ton qishlog’i yaqinidagi g’ordan topilgan tosh qurollar, Surxondaryoning Zornut kamarida alvon rangdagi suratlarning mavjudligi. Xo’jakent qishlog’idagi toshlarga chizilgan kiyik va xo’kiz tasviri kabi ko’pgina arxeologik topilmalar va ulardagi tasviriy san’atga oid elementlar o’zbek teatri hamda raqs o’yinlarining, shu jumladan bolalar folklor o’yinlarining eng sodda shoxobchalarga ega ekanligidan dalolat beribgina qolmay, balki uning tug’ilish bosqichlarini aniqlashga ham yordam beradi.
Ibtidoiy kishilarning qadimgi ovchilik amallari hayvonot va tabiat borliq bilan bog’liq aks etadi. Ov vaqtida jonivorlar terisidan kiyib olishgan niqoblar bir tomondan, ov jarayonida yovvoyi hayvonlarni hurkitib yubormaslikni ko’zlasa, ikkinchi jihatdan ularning tushuncha va e’tiqodlarini, etnografik hamda urf-odatlari, qadriyatlarini ham ifoda etadi. Farg’onaning Saymaltosh tog’ g’orlariga chizilgan rasmlar (eramizdan oldingi II-I asrlar) hayvon terisini yopib, o’yinga tushayotgan shunqor ov marosimlaridan dalolat beradi.
Hayvonlar to’dasiga yaqinlashish uchun ibtidoiy odam hayvon yoki qushlarga aynan taqlid qilish, buning uchun esa ularning o’ziga xos xususiyatlarini, yurish- turishlarini, o’tlashlarini, bir-birlari bilan olishishlarini, hurkib qochishlarini , hatto tovushlarini o’rganishga to’g’ri kelardi. Nihoyat, yovvoyi hayvonlarni ov qilish shart-sharoiti odamning chaqqon, abjir, jasur va toliqmas bo’lishini, buning uchun doim tinimsiz shg’ullana borishini talab qilardi.
Bularning hammasi o’z navbatida ibtidoiy odamda jismoniy ritmik harakatning fe’li yoki tabiat hodisalariga taqlid qiluvchi pantomim harakat va o’yinlarning, qahramonlik raqslarining tug’ilishiga olib kelar edi. Tog’ qoyalari va g’orlarda chizilgan suratlardagi o’yin tas’viri mazmun -ma’no va shakl-shamoyil jihatdan turlicha xarakterga ega. Ayrimlari ov va mehnat jarayonini, ba’zilari tabiat hodisalariga taqlid shaklida, boshqalari esa jangovorlikni, afsungarlikni imo-ishora va pantomima san’atini eslatadi.
Dastlabki paytlarda shovqinli, betartib o’yinlar bora-bora ma’lum musiqaviy ohang pantomim hamda plastik harakatlar orqali amalga oshirila boshlangan keyingi davrlarda, bunday etnografik talqindagi o’yinlar turli shakllarga ko’chib ”Ayiq o’yini”, ”Dev o’yini”, ”Maymun o’yini” so’ngra ”Pishiq o’yini”, ”Ot o’yini”, ”Yumronqoziq o’yini”, ”Echki o’yini”, ”Bo’ri o’yini”, ”Kaltak o’yini”, ”Burgut o’yini”, ”It o’yini” (irrilator o’yini), ”Quyon o’yini”, ”Tulki o’yini”, ”Jaku-jaku” kabi ko’pgina o’yinlar avloddan avlodga o’tib kelayotgani ma’lum. Ular bevosita, yoxud bilvosita bolalar folklor o’yinlariga ham aloqadordir.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish