1.3. Xalq milliy o’yinlarning ijtimoiy-tarkibiy fazilatlari
Xalq o’yinlari xalq ijodiyotining o’ziga xos janri bo’lib, ko’p asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichidagi ijtimoiy voqealar aniq aks etadi.
Ma’lumki, mehnat hamda faoliyatning boshqa turlari shu jumladan o’yin ham ijtimoiy xarakterga ega. O’yinlar kishilarning mehnat madaniyati paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiga aylangan tarixiy bosqichda vujudga kelgan. O’yinlar ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Har bir tarixiy davr olamni badiiy o’zlashtirish uchun o’z hissasini qo’shadi: san’at ijtimoiy hayotning ko’p qirrali hodisalarini to’laroq va yorqinroq aks ettirishga intilib, fan, madaniyat, siyosat, axloq va iqtisodiyotning yutuqlarini muayyan tarzda umumlashtiradi.
Jamiyat taraqqiyotining ilk pog’onalarida xalq o’yinlaridan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish unumli mehnat bilan bog’liq bo’lgan. Xalq o’yinlarining mazmuni va xarakteri hayotning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlaridan va tarkib topayotgan elatlarning psixik xususiyatlaridan kelib chiqqan, uning xarakteriga tarbiya sistemasining yo’nalishi, mafkurasi, turmush tarzi ta’sir etgan.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq o’yinlarining tadrijiy rivojlanishi va ulardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqishda xalq o’yinlarining o’ziga xos jihatlarini nazarda tutish lozim. O’yinlar xalq tomonidan yaratilgan va kishilarning kundalik hayotidagi voqealar hamda hodisalarni obrazli aks ettirib, ularning hayotiy taassurotlarini, kuzatishlarini, tajriba va hissiyotlarini gavdalantirib, o’zida so’z, musiqa, raqs shakllarini mujassamlashtirgan.
Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning xarakterli jihati ularni urug’ning urf-odatlari, an’analari, tarixi bilan shuningdek, xalq og’zaki ijodi: rivoyatlar, qo’shiqlar va raqslar bilan tanishtirishdan iborat bo’lgan. Ibtidoiy jamiyatda yoshlarni kattalar safiga qo’shish deb ataladigan bayram-diniy marosimlar keng tarqalgan. Bular o’ziga xos o’yin-musobaqalardan iborat bo’lib, ularning mazmunini mehnat faoliyati, qabilalarning urf- odatlari, udumlari, xalq og’zaki ijodi tashkil qilgan [32].
Mana shunday o’yin musobaqalarda yigitlar qurollardan mahoratli foydalana olishlarini, diniy odatlarga qoniqarli amal qila olishlarini, qabilaning muqaddas sanalgan rivoyatlarini bilishlarini namoyish etishlari lozim bo’lgan. Marosimlarda raqslar ham ijro qilinib, ularda ibtidoiy odamlar o’z hayotlaridagi voqealarni, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, shodliklari va qayg’ularini ifodalaganlar.
Ibtidoiy odamlarning yovvoyi hayvonlarni ovlashlari va ularni o’zlariga bo’ysundirishga intilishlari ov voqealarini ijod qilishlariga va uni ijodiy namoyish etishlariga ehtiyoj tug’dirdi. D.U.Elkonin o’yin va san’atning kelib chiqishini tadqiq qilib, “Ibtidoiy kishilar ov, urush voqealarini va boshqa jiddiy faoliyat turlarini o’yinlarda ifodalaganlar”. Ovdagi muvaffaqiyatsizlikni o’ynash ularga yo’l qo’yilgan xatolarni hamda muvaffaqiyatsizlikning sabablarini aniqlashda yordam bergan degan xulosaga keldi [30].
Ishlab chiqarish kuchlarining tobora rivojlanishi, mehnat qurollarining takomillashuvi ibtidoiy jamoa tuzimining so’nggi bosqichlarida bolalarning ana shu mehnat qurollaridan oddiy turmush va unumli mehnatda avvalgidek foydalana olmasligiga sabab bo’lgan. Shu tufayli bolalar o’yinchog’iga o’xshagan mehnat qurollari yasala boshlangan. Eng qadimiy, boshlanishdavrdagi harakatli o’yinlar faqat mehnatga hamda uy ro’zg’or ishlashiga xos narsalarni aks ettirgan xolos. Keyinchalik bu tushunchalar anchagina kengaytirilib, unga keng miqyosida mazmuni boyitib berila boshladi.
Boshlang’ich davrida harakatli o’yinlarning oyoqqa turish holatlariga ega bo’lib, ular ko’proq taqlid qilish hamda ko’rgan, bilgan narsalarni yig’indisi va ovga chiqish kabilardan (odamlarning eng qadimiy faoliyatlarini shakli sifatida) iborat bo’lgan. Shuning uchun ham ko’pgina xalqlar harakatli o’yinlarning mazmuniy tomonlari qushlar, hayvonot olami bilan bog’liq, hayvonot olami bilan bo’g’liq (“G’ozlar va oq qushlar”, “Bo’ri va cho’pon”, “Tulki va tovuqlar”- xalq o’yinlariga talluqli. “Cho’pon”, “Oq terakmi, ko’k terak”, “Chavandoz”, “Qirqtosh”, “Mushuk va sichqonlar” va xokazo)
Mehnatga taqlid qilish harakatli o’yinlari, ko’rinishi bo’yicha, juda erta jismoniy tarbiya vositasi kabi ob’ektiv hayotiy manba sifatida qo’llana boshlanganligi aniq. Binobarin jamiyatni rivojlanishi bilan o’ziga xos va mos talablar paydo bo’la boshladi, ya’ni harakatli o’yinlarni boshqacha shakllariga o’tkazish hayajonliroq, raqs, ashula, she’r va xokazo.
Faqatgina harakatlar bilan chegaralanmay yana ham jonliroq o’tkazilishi to’g’ri keladi. Bolalarni jamoaviy, mehnatsevarlik va jamiyat oldida o’z burchi his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim masalalari hisoblanadi. Bola maktabga qadam qo’ygan birinchi, kundan boshlab, unda mehnatga nisbatan muxabbat uyg’otish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlangan ishni oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan bolalarning sivimli o’yinlaridan foydalanish ayni muddaodir.
O’yinlar hayotidagi to’siqlarni yengish hamda har xil hislat va qobilyatlarini ro’yobga chiqarish bilan bog’liq bo’lgan jismoniy mashqlarning turli kompleksini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari odatda, bolalar sevib o’ynaydigan, ularga quvonch baxsh etadigan musobaqa elemintlari xam harakatli oyinlarga kiradi.
Ma’lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o’yinlari taqlid qilish tabiatida bo’ladi. Bola tevarak atrofdagi borliqni kuzatadi, undagi ba’zi narsalarni o’yiniga kiritadi va shu o’yin vositasida o’zini qurshab turgan olamni bilib oladi, binobarin, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo bo’ladi.
O’quvchi turmushdagi, mehnat sohasidagi tabiat hodisalari va jonivorlar hayotidagi har xil narsalarni taqlid qilib o’ynar ekan, bu hodisa va harakatlarning ma’nosini anglay boradi, asta-sekin hayotiy tajriba orttiradi, qiyinchiliklarni yengishga o’rganadi, unda harakat ko’nikmalari hosil bo’ladi va tasavvur tobora boyib boradi.
O’yinlar, chunonchi yurish, yugurish, sakrash, irg’itish yoki uloqtirish, tirmashib chiqish kabi mashqlar bola harakatlarini rivojlantirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Harakatlarning takomillashi bilan birga, jismoniy qobilyat ham taraqqiy eta boradi, yurak va nafas sestemasining faoliyati yahshilanadi. Bundan tashqari, o’yinlar bolalarning jismoniy barkamol bo’lishi uchungina emas, balki aqliy va ahloqiy jihatdan tarbiyalash uchun muhim bo’lishi ahamiyatga ega.Ko’plashib o’ynaydigan o’yinlarda bolalar maqsadga erishishi uchun farosatini va tadbirkorligi, qat’iyatini ko’rsatishib jamoat oldida faqat o’zining emas, balki o’rtoqlarining xatti-harakatlari uchun ham javobgarlik hissini sezadigan bo’lishi kerak.
Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiya darslarida hosil qilingan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi. O’yinlardan foydalanishda faqat ularning elimentlarni qanchalik tez bajarilganini emas, balki bajarilish sifatlarini ham alohida hisobga olish zarur [42].
Bolalar o’yinining vositasi – o’yinchoqlar ana shu tariqa vujudga kelgan bo’lishi mumkin. Ye.A.Arkinning fikricha, ular “azaliy o’yinchoqlar” bo’lib, tarixiy taraqqiyotning mahsuli, shuningdek inson mehnatining qurollari va sig’iniladigan vositalari tarixining ifodasidir. Shunday qilib ibtidoiy jamoa tuzumi davrida o’yinning rivojlanishi faqat “Diniy dabdaba”emas, balki atrofdagi voqealikni anglash, uning haqidagi bilimlarni mustahkamlash, “Obrazga ko’ra va tabiatga o’xshatib ijod qilishni” o’rganish istagi ham bo’ldi [53].
Har bir xalqning o’z milliy o’yinlari mavjud bo’lib, ular xalq an’analari, millatlarning madaniyati va turmushiga xos xususiyatlar zaminida vujudga kelgan. Xalq o’yinlari ma’naviy madaniyatning ko’rinishlaridan biridir. Ularda etnik tarixga borib taqaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar , mafkura-e’tiqodning ayrim elementlari, axloqiy-estetik me’yorlar aks etadi. Xalq o’yinlari mamalakatning milliy xususiyatlarini, katta yoshli kishilarning fe’l - atvorini, odatlarini, mehnat jarayonlarini, jo’g’rofiy sharoitlarini ifodalaydi [47].
Har bir amaliy harakatning (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, yuk ko’tarish, to’p o’yinlari, kurash, suzish, sayohat va h.k.) jismoniy rivojlantiruvchi xususiyatlari, fazilatlari va tarbiyaviy ahamiyatlari mavjud.
Xalq milliy o’yinlarining deyarli barcha turlarida chaqqonlik, epchillik, jasurlik, pahlavonlik, mardlik kabi jismoniy sifatlar va insoniy fazilatlar mujassamlashgan. Ular haqida R. Abdumalikov, R. Q. Qudratov, K. D. Yarashevlarning “Ko’pkari” ilmiy ommabop risolasida, shuningdek, O. R. Toymurodon, F. A. Karimov, A.Q. Atoev kabilarning kurashlar haqidagi o’quv va uslubiy qo’llanmalarida xalq milliy o’yinlarining mazmunlari qatorida ularning ijtimoiy tarbiyaviy xususiyatlari ham batafsil ifoda etilgan.
Milliy xalq o’yinlari va milliy sport turlari tarixiy taraqqiyot jarayonida jiddiy o’zgargani, har bir iqtisodiy tuzum ularning mazmun va qoidalarida o’zining muayyan izini qoldirgani haqida yuqorida bayon etildi. O’yinlarning nomi va qoidalari hozircha saqlanib qolgan. Ana shunday o’yinlardan foydalanishda ularning bolalarga jismoniy ta’sirdan tashqari tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishini ham nazardan soqit qilmaslik, ijodiy qo’llashni maqsadga muvofiqlashtirish kerak.
Masalan, “Uloq” o’yini deganda odatda ot bilan o’ynaladigan, chavandozlar haqiqiy uloq uchun kurashadigan qadimiy ko’pkari o’yini tushuniladi. Bolalarga mo’ljallangan “Uloq” o’yini otsiz o’tkaziladi, o’yinchilar bir parcha echki terisi yopishtrilgan to’ldirma to’pni olish uchun kurashadilar [48].
O’yin qoidalarining ba’zi jihatlari kattalarnikiga o’xshab ketadi. Tezkorlik, chaqqonlik va kuchlilikni tarbiyalovchi bu o’yin katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, bunda bir-birini hurmat qilish, samimiy munosabat, qo’pollik qilmaslikka katta e’tibor beriladi.
Xalq milliy o’yinlari bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Chunki o’yinlar o’quvchilarning qiziqishlarini oshiradi, ularga zavq bag’ishlaydi, ish qobiliyatlarining tezroq tiklanishini ta’minlaydi. O’yinlar tufayli bolalar charchashni unutadilar, mashqlarni diqqat bilan bajarishga harakat qiladilar.
Xalq milliy o’yinlarining barchasi bolalarning organizmlariga yaxlit ta’sir o’tkazadi. Shuning uchun ham o’yinlarga umumiy jismoniy ta’sir ko’rsatuvchi sifatida qarash lozim. Bironta o’yin yo’qki, u ayrim jismoniy sifatni rivojlantiruvchi vosita bo’lib hisoblanmasin. Masalan, “Do’ppi kiyishda kim g’olib?” milliy o’yinida faqat chaqqon bo’libgina qolmay, balki epchil, sezgir bo’lishga ham da’vat etiladi. Milliy xalq o’yinlarini o’rganish jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mexnat tarbiyalarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi.
Xalq o’yinlarini bajarish chog’ida bolalar harakatida ijobiy (hamjihatlik, intizomlik, kamtarinlik, mehribonlik) va ma’naviy fazilatlar (halollik, odillik, do’stlik tuyg’usi hamkorlik, zamon bilan hamnafas bo’lib ishlay olish qobiliyati, topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish) ni tarbiyalash, shuningdek, irodaviy xususiyatlar (jasorat, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni sobitlik bilan yengish, chidamlik va hakozolar) ni namoyon qilish uchun eng yaxshi sharoit va imkoniyatlar vujudga keladi [36.14].
Xalq milliy o’yinlarini o’rgatish jarayonida o’quvchilar xalqona an’analariga sodiq holda yaxshi tarbiya ko’radi, o’rgangan narsalarini puxta eslab qoladi. Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) ning, shuningdek, fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish va hakozolar) ning, barchasi rivojlana boshlaydi.
Milliy o’yinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar o’zlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar.
Milliy xalq o’yinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xalq o’yinlarini bajarish jarayonida estetik zavqni idrok qilish va o’ziga singdirishni, go’zallik, nafosat, ma’nodorlik, qad-qomat, liboslar bejirimligi, o’z atrofidagi barcha narsalarni tushunish, to’g’ri qadrlashni rivojlantirish, estetikaga va o’z xulq-atvoriga gard yuqtirmaslikka bo’lgan moyillikni, qilayotgan ishi, aytayotgan gapi va barcha hatti-harakatida qo’rslik, dag’allikka aslo yo’l qo’yilmaslikni rivojlantirish lozim bo’ladi.
Milliy o’yinlar bilan shug’ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari shakllanadi, mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalarni mehnatga tayyorlashda jismoniy madaniyatning, jumladan, xalq milliy o’yinlarining tutgan o’rnini ularga tushuntirish va bu tushunchani ularning ongida shakllantirish g’oyat muhim ahamiyatga ega.
Milliy kurashlar. Buxoro va Fargona usullaridagi milliy kurashlar ,Turon qo’l jangi san’ati kabi kurashlarning texnik va taktik mazmunlari shug’ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratlarini oshirishni ta’minlaydi [47].
Sportchilarning musobaqalardagi amaliy harakati va golibligi ularni ruhiy tetik, gururlanishga odatlantiradi. Sovrin (medallar, mukofotlar) uchun kurash sportchilarda faqat moddiy rag‘batlantirish uchungina emas, kurash bilan shug‘ullanuvchilarning ko’payishida va iqtidorli sportchilarni tarbiyalab yetishtirishda ham xizmat qiladi.
Xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etuvchi kurashchilar o’zining sha’ni va mamlakatnint shuhratini ko’tarishga asosiy kuch- qudratini sarflaydi. Bunday faoliyatlar kurashning ijtimoiy- tarbiyaviy yo’lidagi eng ulutvor va ustuvor fazilatlarining mahsulidir. Ot o’yiilari. Jahon xalqlarining ijtimoiy-turmush madaniyatida ot o’yinlarining turlari juda ko’p.
Yevropa mamlakatlarida otda g’ovdan (to’siq) sakrab o’tish, aravaga qo’shib poyga qilish, otni raqsga tushirish (o’ynatish) kabi turlar keng qo’llanilib kelinadi. Bu kabi turlar jahon birinchiliklari, Olimpiada o’yinlari dasturidan munosib o’rin egallagan.
Markaziy Osiyoda, ayniqsa, O’zbekistonda ko’pkari (uloq), poyga otdan ag’darish, qiz quvmoq, sulton-shahzoda (boshdan parni urib tushurish) kabi ot o’yinlari qadimdan qo’llanilib kelinmokda. O’zbekistonda ko’pkari (uloq) va ot sporti Assotsiatsiyasi va milliy federatsiya 2002 yilda ta’sis etildi. Bunda ko’pkari yangi usul va qoidalar asosida jamoa (komanda) bo’lib o’tkazilishi shakllanmokda. Bu sohada hali yechimi ko’p bo’lgan muammolar mavjudligini tan olish lozimdir.
Ko’pkari (uloq) - ot o’yinlarining eng murakkab va qiziqarli turlaridan biridir. Bunda tez chopar va to’daga yorib kirish hamda undan ozod-erkin chiqish uchuy kuchli otlar tanlanadi, ularni yoshligidan parvarishlab, tarbiyalab yetishtiriladi. O’z navbatida chavandoz ham epchil, chaqqon, kuchli, egiluvchan, beli va bilagi ancha kuchli-chidamli bo’lishni taqozo etadi. Yerga tushgan uloqni to’dadan olib, raqiblar ushlab qolganda undan tortib olish va otni choptirib manzilga yetkazish uchun qanchadan-qancha murakkab harakatlar amalga oshiriladi.
Bunday ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlar tug’ma emas, balki ularni yillar davomida ezgu niyatlar va tinimsiz mehnat bilan amalga oshiriladi.
Poyga asosan ikki xil bo’ladi, ya’ni ma’lum masofada (1-2 km) otni choptirib (uloqsiz) manzilga yetkazib kelish. Ikkinchisida esa, belgilangan masofada (500-10OOm.) uloqni olib qochish va manzilga (chortoq, bayroq yoki b.q. vositalar) yetkazishdir. Bunda ham xuddi ko’pkari kabi uloqni tortishish, to’dalarning vujudga kelishi, uloqning yerga tushib ketishi, uni olish uchun ko’pchilikning to’dada harakat qilishlari va boshqa anchagina murakkab harakatlar yuzaga keladi, ularni yengib chiqish esa faqat abjir, epchil, kuchli chavandoz va uning otigina amalga oshira oladi.
Ko’pkari va poygalarda chavandozlarning ot ustida turib tortishishlari, engashishlari, ot (bo’ynida) yotib olib, chalqancha holda uloqni egalarga o’ngarish va ko’pgina amaliy harakatlar qilish jismoniy jihatdan kuchli epchil, chaqqon, qayishqoq, egiluvchanlik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni talab etadi. Demak, ot o’yinlari boshqa sport turlaridan qolishmagan darajada o’z mavqeiga egadir.
Chavandozning otni o’z izmiga (ixtiyoriga) sola olishi va o’yinlarda uchraydigan asosiy murakkab harakatlarni bajarishi ko’p yillik faoliyatlar natijasidir. Chavandozlikka o’rgatish uchun bolalikdan boshlab, yoshlarni o’yinlarga qiziqtirish, jismonan barkamol qilib tarbiyalash lozim bo’ladi. Buning uchun esa Samarqand, Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va boshqa viloyatlarning tog’li hamda cho’l zonalarida o’tkazilayotgan to’ylardagi ko’pkarilardan andoza olish, mavjud bo’lgan o’quv-uslubiy qo’llanmalardan maqsadli foydalanish kerak bo’ladi [44].
Dorboz, tosh ko’tarish, arqon tortishish kabi amaliy-murakkab o’yinlarning o’zlariga xos mazmunlari, turli shakllari va ijtimoiy- tarbiyaviy xususiyatlari bor. Ularni o’rganish va musobaqalarda qatnashish maxsus tayyorgarliklarni talab etadi. Bu sohalarda maxsus qo’llanmalardan foydalanish, eng muhimi esa mazkur turlar bilan shug‘ullanuvchi kasb -korlar (murabbiylar) bilan uzviy muloqotda bo’lish, ularning tavsiya va ko’rsatmalariga amal qilish lozimdir.
O’zbek xalq milliy harakatli o’yiilari avval ta’kidlanganidek, xalk, milliy harakatli o’yinlari mustaqillik yidllarida keng o’rganilmokda. Hali to’la o’rganilmagan va ommalashtirilmagan harakatli o’yinlar mamlakatimizning barcha joylarida juda ko’p. Yaia bir tomoni shundaki, “Chillik”, ”Oq suyak”, “Poda tup” kabi sport xususiyatiga ega bo’lgan harakatli o’yinlarni o’quv yurtlarida qo’llashdan orqada qolmokda.
Chunki, o’yinlarni tashkilqilish maydonlari va tegishli asbob-uskunalar zarur bo’ladi. Yana bir tomoni shundaki, sport tashkilotlari, xalq ta’limi mutasaddilari milliy sport musobaqalari dasturlariga bu o’yinlarni kiritish maqsag muvofiqdir. ”Harakatli o’yin” tushunchasi o’ziga ko’pgina har xil folklorli o’yin shaklini qamrab olib, shulardan har qaysisi nihoyatda bolalarni har tomonlama rivojlantirishiga jismoniy psixologik va aqliy o’sishiga yordam beradi.Harakatli xalq o’yini folklor o’yinlarning bir turidan iborat bo’lib,asosiy mazmuni ko’proq harakat faoliyatining samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan.
O’yin faoliyati qaysi formada ifodalanmasin bolani quvontiradi, harakatli o’yin favqulodda xursandchilikning xilma-xil momentlari bilan, ayniqsa ijobiy xislar uyg’onishiga xizmat qiladi. Ulkan tarbiyaviy kuch ana shu quvonchli emosiyalar manbaidir.
Har qanday o’yin xoh u ijodiy didaktik musiqani shuningdek bo’lmasini bolalarning atrof muhitni bilishda o’ziga xos vosita bo’lib hisoblanadi. Harakatli o’yinlar mazmunida bola dunyoqarashini kengaytiruvchi va tasavvurini aniqlashtiruvchi ko’plab bilish materiali mavjud.
Syujetli o’yinlar odamlar hayoti tabiat hodisilari hayvonlar odatlariga oid ayrim epizodlar tashkil etadi. Bularning hammasi bolalar tomonidan o’ziga xos shartli o’yin formasida aks ettiriladi. (“Sayohatchilar”, “uchuvchilar”, “G’ozlar oqqushlar”, “Lochin va kurk tovuq” va boshqalar) biroq bola tashqi dunyoni to’g’ri idrok qilishi uchun (o’yinning barcha shartlariaga rioya qilgan xolda) obzorning to’g’ri maqsadga muvofiqdir [35].
Xalq o’yinlari bolalarni qiziqtiradi va tarbiyalaydi. Syujetga ega bo’lmagan va faqat muayan o’yin topshiriqlaridan tuzilgan o’yinlarada ham bolaning sensor qobiliyatini tafakkurini mo’ljal olinishi rivojlantirishning yordam beradi . Bular “Kim o’zar”, “To’p maktabi” va boshqalar. Qoidalar tarbiyaviy ahamiyatga molik ular o’yinning borishini belgilaydi.
Bolalar harakat faoliyatini ularning xatti - harakati o’zaro munosabatalarini yo’lga soladi. Axloqiy irodaviy sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Qoida o’yinida muayan sharoit yaratadi. Bunda bola o’yinga tegishli rahbarlik qilinganda o’ziga hosil qilingan sifatlarni namoyon qiladi. Masalan bollar “ayyor tulki” o’yinda faqat tulki “men shu yerdaman” deganidan so’nggina doiradan chiqib turli tomonlarga qochishlar mumkin.
Bu qoida bolalarda diqqatni o’zini tuta bilishini, chidamlikni, berilgan signalga tezkor reaktsiyani fazoda mo’ljal olishni hosil qiladi. O’yinlarada teran hissiyot o’rtoqlik va mehr muhabbatning dastlabki nishonalari paydo bo’ladi.
O’yin faoliyatida diqqatni idrokni rivojlantirish mavjud tafakkur tushuncha va mo’ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi O’yinlar ijodiy hayot xayol, xotira topqirlik fikr yuritish aktivligini rivojlantirishga yordam beradi. SHunday qilib xarakatli o’yinlar bolalarning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Bolalarning psixik jarayonlarni takomillashtirishda obrazli o’yinlar katta axamiyat kasb etadi. U bolalarda qiziqish uyg’otadi xayolni jalb qiladi. O’yin harakatalarni ijodiy bajarishga undaydi.
Psixologlar tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki bola o’yin faoliyati tufayli fazo va predmet voqiyligini amalga o’zlashtiradi. SHu bilan birga fazoni idrok etish mexanizimining o’zi ham juda takomillashadi. O’yinda fazoni idrok etish o’zining hissiy formalarida namoyon bo’ladi.
Pedagog tomonidan ishlab chiqilgan o’yin qoidalari bolalar harakati uchun fazoda oldindan mo’ljal olishning zarur imkoniyatini yaratadi. Ayni paytda o’yin vaziyatidagi to’satdan bo’ladigan o’zgarishlar (boshlovchi harakati yoki signallar) harakat rejani to’g’ri tashkil etishni taqoza etadi.
Yuqorida zikr etilgan milliy harakatli o’yinlar har qanday sport turidan qolishmaydi. Shu sababdan bu turlardan o’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiyalash, chiniqtirish hamda iqtidorli sportchilarni tarbiyalab yetishtirish mashg’ulotlaridan maqsadli foydalanish aosiy vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |