Chiziqni bosma.
O‘yin mazmuni: O‘yin mustaqil harakat qilish va
muvozanatni saqlashni tarbiyalashga qaratilgan. Yerga (pol) yonma-yon ikkita
chiziq tortiladi. Uzunligi 3-4 m va oralig‘i 40-50 sm bo‘ladi. Bolalar navbat bilan
chiziqlar orasidan yurib (emaklab) o‘tishi lozim. Oxirida turib qo‘llarni baland
ko‘tarib kerishadi va nafas chiqaradi.
Tashkil qilish. chiziqlarni bolalarga chizdirish yoki yupqa taxtalardan
foydalanish mumkin. Chiziqni bossa jarga tushib ketishligini ogohlantiriladi.
Yakun: Chiziqlar oralig‘idan tetik, qiyshaymay va to‘g‘ri o‘tgan bolalar
rag‘batlantirilishi va yanada tezroq o‘tishini vazifa qilib qo‘yish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |