Pedagogika kafedrasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

Tayanch iboralar: 
Xalq og‘zaki ijodi, janr, vosita, aqliy yetuklik, 
qaxramonlaik dostonlari, Choymomo. 
 
Axloqiy tarbiya masalalariga xalq pedagogikasida keng o‘rin berilganligi
tufayli , xalq og‘zaki ijodi janrlarida axloq-odob xaqida qimmatli g‘oyalar
ilgari surilgan . Professor Zunnunovning ta’kidlashicha «har bir xalq , 
jumladan o‘zbek xalqi xam axloq qonun-qoidalarini yaratdi va u insoniylik
asosi hisoblanadi . Misol uchun , « Olim bulish oson , odam bo‘lish qiyin»
maqolini olaylik .Unda insonga bo‘lgan munosabat rqin ifodalangan . Xalq
tasavvurida olim bo‘lishga nisbatan odam bo‘lish mushkuldir . Shu sababli
xam qadimdan insoniylik yosh avlodni go‘zal axloqli qilib tarbiyalashda
asosiy mezok xisoblangan va t u tarbiyaning asosi sifatida hozir ham davom
ettirilmoqda . Milliy maktabda ta’lim-tarbiyani insoniylashtirish masalasi
muhim o‘rin tutadi .Shunday ekan , xalq pedagogikasi manbalaridan biri bulgan
o‘zbek folklorlarining yoshlarda , insoniylikni , axloqiy xususiyatlarni
shakllantirishdagi imkoniyatlaridan samarali foydalanmog‘imiz zarur . 
Xalq pedagogikasida bolaning mexnat tarbiyasiga , uni kasb-hunar egasi
bo‘lib yetishishiga jiddiy ahamiyat berilgan .Xalq og‘zaki janrlarida
mehnatning tarbiyaviy axamiyati katta ekanligi qayd etiladi . Mehnat bola
tarbiyasida asosiy vosita deb qaraladi . Masalan , xalq ko‘shiqlarida
mehnatsevarlik ulug‘lanadi , sifatli , ijodiy , ixlos Bilan va samarali kilingan
mehnatga yuksak baho beriladi . 
Misol tarikasida o‘zbek qizlarining mehnat tarbiyasida keng
foydalanilgan kashta qo‘shiqlarini keltirish mumkin . 
Bosma tikar botirib , 
Issiq suvga qotirib . 
Shuning uchun botir qiz , 
El ko‘rganda shoshirib . 


189 
Xalq pedagogikasiga ko‘ra yosh avlodda mehnatsevarlikni shakllantirish
insonning aqliy yetukligi , jismoniy salomatligi va kamoloti , axloqiy pokligi
va undagi nafosat xususiyatlarini vujudga kelishi Bilan bog‘liqdir . Xalq
bolaning aqliy jihatdan rivojlanishiga alohida e’tibor bergan . 
Xalq og‘zaki ijodi materiallarida eng ko‘p uchraydigan va bola
tarbiyasida muxim o‘rin tutgan odob va axloqiy tarbiya vositalaridan biri
mehmondorchilikdir . 
Avvalo shuni aytish kerakki , mehmondorchilik va mehmondo‘stlik
xalqimiz tarixida uzoq zamonlardan beri davom etib kelayotgan eng olijanob
insoniy odatlardan biri bo‘lib davom etib keladi va davom etib kelmoqda , 
bundan keyin ham shunday bo‘lib davom etilishiga shubha yo‘qdir . 
Xalq og‘zaki ijodida jismoniy tarbiya g‘oyalari ham keng o‘rin olgan . 
Xalq azaldan yoshlarning sog‘lom , epchil va bakuvvat bo‘lib o‘sishiga doimo
e’tibor berid kelgan . Xalqda jismoniy barkamollik , vatan ximoyasi va
marjdik tushunchalari Bilan chambarchas bog‘lanib kelgan . Navoiyning 
«Farxod va Shirin» dostonidagi Farhod obrazi orqali jismonan kamolotga
erishgan , mard va pahlavon inson shunday tasvirlanadi : 
Ajabdur uch yoshida ko‘zga atfol , 
Nechunkim o‘n yoshida o‘zga atfol , 
Qolib bu ishda El hayroni oning 
Sehru mehr sargardoni oning . 
Ya’ni , Farxod juda aqlli , zehnli bola bo‘lib o‘sadi , zo‘r havas Bilan
ilm egallaydi , ammo o‘kib ilm olish bilangina cheklanib qolmaydi . U
jismoniy va harbiy mashgulotlar Bilan ham shug‘ullanib chiniqa boshlaydi . 
10 yoshida unda 20-yashar yigitning kuch-quvvati bo‘ladi . U o‘zining
aql va jismoniy mahorati Bilan kishilarni xayratda qoldiradi .Farhod o‘z ilmi 
, kuch-quvvati va hunarini ommaning manfaati uchun sarflaydi . 
O‘zbek qahramonlik dostonlaridagi obrazlar xalq pedagogikasida
bolaning jismoniy va vatanparvarlik tarbiyasida qo‘llanib kelgan . Jumladan , 
Alpomish , Rustamxon obrazlarida jismoniy kamolotga erishgan , vatan
himoyasiga tayyor , uning uchun jang qilishga shay kishilar gavdalantirgan . 
Qahramonlik eposlaridagi ajoyib-g‘aroyiblik , qiziqarlik yoshlarni doimo o‘ziga
jalb etib kelgan va muhim tarbiya manbai bo‘lib xizmat qilgan . 
Xalq og‘zaki ijodi yozma adabiyotdan ancha ilgari paydo bo‘lgan va
yozma adabiyotning paydo bo‘lishiga zamin hozirlagan . Xalq og‘zaki ijodi
xalqning yengilmas irodasini , kelajakka bulgan ishonchni , adolat ,haqiqat , 
tinchlik va baxt haqidagi tasavvurini aks ettiradi . 
Xalq shoiri va jamoa tomonidan yaratilib , og‘izdan-og‘izga , avloddan-
avlodga o‘tib kelgan badiiy asarlar Xalq og‘zaki ijodi deyiladi yoki folklor
deb yuritiladi . Xalq og‘zaki ijodiga qo‘yidagi janrlar kiradi : qushiq , matal , 
topishmoq , afsona ,rivoyat , doston , askiya , tez aytish , masal , Alla , yor-yorlar , 
kelin salomlar va boshqalar . 
Lapar , lof , askiya kabi janrlar tortishuv , baxslashuv , aytishuv , hazil , 
mutoyiba , mubolag‘a asosida ijro etiladi . 


190 
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ayniqsa Bahor faslida « Mavsumiy
marosim qo‘shiqlari» (yomg‘ir chaqirish qo‘shiqlari) , Sust Xotin qadim
Zardo‘shtiylik dinida muqaddas sanalgan Tishtiriya obrazidir . Sust Xotin
Zardo‘shtiylar yomg‘ir tangrisi (Osmon suvlari xudosi) hisoblangan . 
Choymomo (shamol to‘xtatish) qo‘shiqlari . 
Yo , haydar ( shamol chaqirish) qo‘shiqlari bayram kechalari , tadbirlarda
aytilgan va qo‘llanilgan . 
Bundan tashqari milliy urf-odatlarimiz , an’analarimiz , qadriyatlarimizni
ulug‘lovchi va davom ettirib kelinayotgan «Navro‘z» bayramlarida laparlar , 
askiyalar , yor-yorlar , kelin salomlardan Xalq og‘zaki ijodi namunalaridan
keng foydalanib kelinmoqda . Sinfdan tashqari o‘tkazilgan «Navro‘z» davraga
chorlaydi» mavzusidagi kechadan namuna keltiramiz . 
Xona bayramona bezatilgan . Navro‘z bayramiga atalgan suratlar , 
shuningdek , devoriy gazeta osilgan . navro‘z taomlari Bilan to‘ldirilgan
dasturxon . Bayram ertaligiga ustoz o‘kituvchilar , ota-onalar taklif etilgan
bo‘lib , ular oldiga anvoyi guldastalar terib quyilgan . Ishtirok etuvchi bolalar
milliy kiyimlarda yasanib olishgan . 
Nihoyat bayram ertaligi boshlanadi . Magnitafondan «bahor valsi»
musiqasi yangrab bir oz davom etgach , ohista pasayib , davraga boshlovchi
qiz Hulkar chiqib keladi . 
Boshlovchi : - Assalomu alaykum muhtaram ustozlar ! Assalomu alaykum 
, mehribon va qalbi daryo ota-onalar ! kuvnoq davramizga xush kelibsizlar ! 
- manna bepoyon o‘lkamizga zarg‘alodoqlardan gulchambarlar taqib , 
xushro‘y Navro‘zi olam kirib kelmoqda ! 
-Marhabo , ey Navro‘zi olam ! 
Gulchehra : 
- Keldi nasimi navbahor , o‘lkamni pardoz ayladi , 
Ko‘k maysalarni bog‘aro baxmal poyondoz ayladi . 
Ona zamin borliqni , barcha jonzotlarni muborakbod qimoqda .uning
farzandi bo‘lmish mo‘’tabar inson ham ko‘hna Ona yerni hamisha sevib
ardoqlaydi . 
Unga ta’zim qiladi : 
- Inson to nafas olarkan u kuy-qo‘shiqsiz , saroqi qushlarsiz , dala-
bog‘larsiz , qirmizi lolarsiz yashay olmaydi . 
Barno : 
- Ochildimi Boychechak , endi har yon gul demak , 
Chunki bahor elchisi shu mitti gul Boychechak . 
Hulkar : 
-Yangi yilingiz muborak bo‘lsin , hoy bobo 
Navro‘zingiz muborak bo‘lsin , hoy momo . 
Ayyomingiz muborak bo‘lsin , hoy Ona 
Boychechak chiqibdi bugun Navro‘z ekan . 
Barno: 
- Hoy bog‘bon bobo , niholga bersin baraka 
Hoy Dehqon bobo hosilga bersin baraka 


191 
Hoy Cho‘pon bobo , naslga bersin baraka 
Boychechak chiqibdi bugun Navro‘z ekan . 
Nigora : 
-Ariq bo‘yiga boring 
Yo ko‘pchilik yo yolg‘iz 
Xammangizga birday teng 
Atir purkar ko‘k yalpiz . 
Muborak : 
-Ariq bo‘yida yaapiz 
Atir sochgani sochgan 
Barg yozib yashnab gul qiz 
Kuchoq yozgani yozgan. 
Gulchexra : 
(Udda chalingan kuy fonida ) 
0 navro‘zi olamda to‘kin dasturxon 
Qadimiy taomlar oldimda bugun 
Ota-bobolar ruhin shod etib 
Chin avlod bo‘lmokni dilimga tugdim . 
Kuy balandlashadi . 
Hulkar – navro‘z o‘zbek xalqining azalik va uzoq tarixga ega bo‘lgan
Bahor bayrami bo‘lib bunda ajoyib xalq sayllari , dor o‘yinlari , polvonlar
bellashuvi , aytishuv , alyorlar kabi xalq san’atlari namoyish qilingan . 
_ Mahallarda ariq va hovuzlar tozalangan . sumalak va ko‘k somsa , ko‘k
chuchvara hamda xalim navro‘zning asosiy taomlari hisoblangan .Arazlashgan
kishilar bir-birlarini kechirib , yarashib olishgan . Kattalarga hurmat , 
kichiklarga mehr-shafqatli bo‘lish haqida suhbatlar bo‘lgan . 
Muborak: 
«Odobnoma»da aytilganidek ! 
Oftob yaxshimi , odob yaxshimi ? 
Oftob berur nur , odob-chi huzur ! 
Rahim : 
-Bolalikdan xushyor bo‘ling chalishmang 
Ming qilsa ham «Siz»ni «Sen»ga almashmang 
«Siz» bu xurmat , eldan rahmat oladi , 
«Sen» sonda yo‘q , aro yulda qoladi . 
(«Bahor keldi» ashulasi ko‘tarilib , bir banddan sung tinadi.) 
Abror : 
- Bugun kurtak o‘qir ertak 
Bahor keldi , bahor keldi . 
Sochi tol-tol silkinar tol 
Bahor keldi , bahor keldi . 
(Boshdan oyoq oppoq libosga burkangan holda Bahoroy chiqib keladi .) 
Nargiza : 
- Keldi bahor , keldi Navro‘z 
U bahorning elchisi 


192 
Bizni bahor boshlab keldi . 
Navro‘z bahor kuychisi . 
Xayrullo : 
- Munchalar dilkash ko‘klam chog‘lari 
Bezanar Yana o‘lkam bog‘lari 
Novdalar taqar guldan sirg‘alar 
Arg‘imcha solib uchar turnalar . 
(birdan momakaldiroq va chaqmoq chaqib , yomg‘ir va shamol ovozlari
eshitiladi ) 
Hulkar : - Ko‘p o‘tmay bo‘ron to‘xtab , bahor toshqinlari tindi . Osmon
Yana billurdek balqidi . Jonivorlar yayrab-yashnab , qizg‘aldoqlar zarmunchoq
taqdi . 
(Olis-olslardan yoqimli nay ovozi eshitildi ) 
( ikki bola o‘rtaga chiqib o‘z juralarini davraga chorlaydi ) 
Dilshod : - Bor , ho bor 
Baxrom : - Kel, ho kel ! 
Hamalam ho 
Yo‘l qayda 
Tez chopib kel! 
O‘ynagani kel ! 
Quvnagani kel ! 
Saylga kel! 
Kelaver h-o-o-o-y ( davraga bir guruh bolalar chiqib tugib tashlangan
bolbog‘ atrofida «Kim oladi shuginani-ya» qo‘shig‘ini aytib qarsak Bilan
davom ettiradilar ) 
Bolalar : - Kim oladi-ya shuginani-ya! 
Kim oladi –ya shuginani-ya! 
1-o‘kuvchi : Men olaman shuginani-ya 
Men olaman shuginani-ya 
( u davrani aylanib , bir uynab chiqqach , engashib ogzi Bilan belbog‘ni
olmokchi bo‘ladi , lekin ololmaydi ) 
Bolalar : - Ololmaydi-ya , shuginani-ya 
Epchil bo‘lsang ham o‘zingni ko‘rsat 
Chaqqon bo‘lsang ham , o‘zingni ko‘rsat 
Ololmaysan-o , shuginani-ya ! 
( 2-o‘kuvchi xam belbog‘ni olomaydi .nihoyat bir kichkina epchil bola
o‘ynab og‘zi Bilan belbog‘ni engashib oladi . Bolalar qiyqirishib g‘olibga
qarsak chaladilar ) 
O‘zbek xalqining azaliy navro‘z taomi sumalak qozonlarga solinib , uni
atrofida o‘tirib , qozonni kovlaydigan xar bir kishi yaxshi niyatlar , orzu-
istaklarni aytib , kelgusi sayllarga ham shunday sumalak qozonlarini kovlash
nasib etishini aytib , qizlar momolar ijrosida sumalak qo‘shig‘i yangraydi . 
Sumalagim kozonlarda qaynaydi , 
Uni ko‘rib qora ko‘zim quvnaydi . 


193 
Shundan so‘ng yor-yor sadolari ostida milliy kiyimda kiyingan kelin
davraga kirib keladi . U xalqimizning qadimiy urf-odatlariga asoslangan holda
davom etayotgan momolar tomonidan ijro etilgan holda «Kelin salom» lapari
ijro etilgan holda barchaga ta’zim qiladi . 
Yana davra davom etgan holda kuy va qo‘shiq raqslar davom ettirib , 
bayram dasturxoniga barchani taklif etib , navro‘z bayrami ertaligi
yakunlanadi . 
Xalq bolaning aqliy jihatdan rivojlanishiga alohida e’tibor bergan . 
O‘tmishda o‘zbek xalqi hayot tarzining ifodasi sifatida tematik jihatdan
g‘oyat boy va rang-barang bo‘lgan topishmoqlar yaratilgan bo‘lib , xalq
og‘zaki ijodining bu namunasi bolaning aqliy tarbiyasida keng qo‘llanilgan . 
Topishmoqlar xalqimiz ijtimoiy-maishiy turmushining , yashab turgan
hudud tabiatining , Jug‘rofiyasining va umuman bizni o‘rab turgan olamning
barcha sohalarini qamrab olgan . Topishmoqlarning nafaqat tarbiyaviy , balki
didaktik imkoniyatlari ham katta . Masalan , sanoq sonlar ishtirok etadigan
o‘zbek topishmoqlari matematik ta’limni milliylashtirishda foydalaniladi . 
Bunday topishmoqlar narsa va hodisalar sanoq sonlar yordamida
jumboqlanadi .Ya’ni ular orasidagi o‘xshashlik hisobga olinadi . Shunday ekan 
, jumbokni yechishda o‘quvchilar tahlil qilish , taqqoslash , umumlashtirish , 
narsa va hodisalarni o‘zaro bog‘lagan holda tekshirib so‘ngra xulosa
chiqarish kabi mantiqiy operatsiyalarni bajaradilar . Topishmoqlar vositasida
beriladigan matematik bilimlar hayot Bilan bog‘liq , Amaliy yo‘naltirilgan
bo‘ladi .Misol uchun Ushbu topishmoqni keltiramiz : 
Bir daraxtda o‘n ikki shoxa 
Har shoxada o‘ttiz yaproq 
Yaproqning bir yoni qora , bir yoni oq 
Javobi : 1 yil , 12 oy , 30 kecha 
Simga qundi o‘n qaldirg‘och 
Kelib qo‘ndi Yana beshta 
Sung uchtasi uchib ketdi 
Qaldirg‘ochlar qoldi nechta ? 
Javobi : 10+5-3=15-3=12 
Tayanch iboralar : 
Mavsumiy-marosim qushiqlari , topishmoq ,alla , rivoyat , ertak. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish