Fanning ta’limdagi o‘rni
“Xalq pedagogikasi. Qiyosiy pedagogika” fani pedagogik fanlarning muhim
sohalaridan biri bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida xalq pedagogikasining turli
manbalaridan samarali foydalana olish pedagogik jarayonning samaradorligini
ta’minlaydi. Bo‘lajak pedagoglarni xalq pedagogikasi manbalari bilan tanishtirish
va ulardan foydalana olishga o‘rgatishda va O‘zbekiston Respublikasi hamda
jahonda pedagogika fani taraqqiyotini qiyosiy tahlil etib o‘rganish pedagogika
fanining rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bo‘lajak pedagoglarda
pedagogika fani taraqqiyotini qiyosiy tahlil eta olish ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishda mazkur fan alohida ahamiyatga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |