Pedagogika kafedrasi


-masala. Qadimgi miflarda bayon etilgan pedagogik fikrlar



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

 
2-masala. Qadimgi miflarda bayon etilgan pedagogik fikrlar 
Porloq kelajakka umid ko’zi bilan boqqan ajdodlarimiz inson qobiliyati va 
qudratini ideallashtiruvchi mifologik obrazlarni yaratgan. Mifologik obazlarning 
ilk namunalari qadimiy mif va afsonalarda o’z aksini topgan. 
Mif grekcha “myfhos”-so’z, rivoyat so’zidan olingan bo’lib, dunyoning 
paydo bo’lishi, tabiat hodisalari, xudolar, afsonaviy pahlavonlar; goh inson, goh 
jonzod qiyofasidagi zulmkor dushmanlar haqidagi to’qima afsonalardir. 
Mifologiya - miflarni o’rganuvchi fan bo’lib, u ibtidoiy insonning tabiat sirlarini 
bilishga intilishi tufayli vujudga kelgan. 
Insonning tabiat stixiyalariga qarshi kurashdagi ojizligi (bo’ron, sel, zilzila, 
dovul...) tufayli ularga qarshi kurasha oluvchi g‘ayritabiiy obrazlar yaratishga 
ehtiyoj tugilgan. Natijada yaxshilik va yomonlik haqidagi mifologik tasavvurlar 
paydo bo’lgan. Olam haqidagi bunday ibtidoiy miflar ta‘sirida osmon, oy, quyosh 
va turli hayvonlar, xudolar, g’ayritabiiy pahlavonlar haqidagi miflar vujudga keldi. 
Hayvonlar va tabiat stixiyalariga qarshi kurashga qaratilgan (so’z kuchi, afsun 
“avrash” vositasida ularga ta‘sir etish tufayli, yovuz kuchlarga teng keladigan qurol 
inson ixtiyorida bo’lmagan bir paytda) miflar yaratildi. Ko’rinib turibdiki, miflar 
insonga osoyishta yashash, yovuz kuchlarni yengishga ko’maklashuvchi orzular 
ifodasidir. 
Miflarda yaxshilik va yomonlik, go’zallik va xudbinlik, yorug’lik va zulmat 
orasidagi kurash jarayoni tasvirlanadi. Komil insonlar hamisha yaxshilik, go’zallik, 
yorug’likning tantana qilishi ko’maklashadi. Aniqroq aytilganda, miflarni o’qigan 
o’quvchi ijobiy qahramonlarning tarafdoriga aylanadi. “Avesto” da yaxshilik – 
Axura Mazda, yomonlik – Axriman qiyofasida namoyon bo’ladi. Kitob g’oyasiga 
ko’ra barcha hodisalar (tabiat va jamiyatdagi) ana shu ikki yaratuvchining o’zaro 
kurashidan kelib chiqadi. 
Mitra – quyosh va yorug’lik xudosi, Noxit – obodonlik, farovonlik xudosi, 
Xumo – baxt, tole xudosi va boshqa yaxshilik tantanasiga ko’maklashadi. 
Yomonlik kuchlari: ajdar, dev, jin, yalmog’iz va boshqa mifologik obrazlarda 
tasvirlangan. Shuningdek, Kayumars va Jamshid haqidagi miflar ham O’rta 
Osiyoda qadimdan tarqalgan. Uning turli variantlari mavjud (“Avesto” da, “Qadim 
xalqlardan qolgan yodgorliklar” da, “SHohnoma” da va b.) Kayumars “G’iyosul 
lug’at” da Govmard (inson - buqa) deb ta‘riflanib, Amudaryo bo’yida yashagan, 
bo’yi daryoning narigi betiga yetgan va hokazo .... 
Miflardagi ijobiy obrazlar xalq manfaati uchun, adolat, go’zallik uchun 
kurashadi. Kishilarga hayotda, kurashda yordam beradi. Ularga oliy insoniy 
sifatlarda o’rnak ko’rsatadi, kasb-kor o’rgatadi. Demak, miflarda xalq ommasining 
ilk pedagogik tafakkuri o’z ifodasini topgan, deyish mumkin. 


84 
Jamshid haqidagi mif O’rta Osiyo va Eronda keng tarqalgan bo’lib, unda 
Jamshid najotkor qahramon sifatida ko’rsatilgan (“Avesto” da). 
Jamshid adolatli podsho bo’lib, uning ming yillik shohlik davrida qahraton 
sovuq, jazirama issiq, kasalliklar va o’lim kamaya borgan. Uning yerida mollar va 
odamlar ko’paya borgach, u yerni uch marta ko’paytiradi, chorva va qushlarni ham 
ko’paytiradi. Ammo, to’satdan qahraton qish, toshqin boshlanadi. Odamlarni 
qutqarish uchun Jamshid (yima) ariqlar ochadi. Bu afsona A. Navoiyning “Mulki 
Ajam”, Firdavsiyning “SHohnoma” asarlarida tasvirlangan. Bunday mifologik 
obrazlar keyinchalik ertak va dostonlarda rivojlantirildi. 
“Odami Od” hikoyasida Nuh payg’ambar bo’yi bulutga yetadigan usta 
yordamida chinordan kema yasatib, odamlarni kemaga o’tqazib, o’zi kemani torta 
ketibdi (“Od” – fors-tojikcha “ulkan odam”). “Er Xubbi” mifi ham insonga 
g’amxo’rlik timsolidagi etnopedagogik asardir. U Xorazm va Farg’onada keng 
tarqalgan. Xubbi insonparvar, daryoning hokimi, Amudaryoda 700 yil yashagan va 
bu davrda daryoga jinlar yaqinlasha olmagan. Jamshid taxtga o’tirishi bilan u dom-
daraksiz g’oyib bo’lgan. Bundan Xubbining opasi aza tutgan, u bilan birga daryo, 
tog’u-toshlar, qushlar, hayvonlar, odamlar, osmonda farishtalar, yer ostida devlar 
yig’lagan. Ular Xubbi tirik, qiyomatgacha yashaydi, deb tasavvur qilganlar. 
“To’maris”, “SHiroq” rivoyatlari, Rustam haqidagi epos, qadimgi 
qo’shiqlarda ham yuksak tarbiyaviy sifatlar targ’ib etilgan. Ularda kishilar 
yaxshilik qilishga, xushxulq bo’lishga, yomon odatlardan xalos bo’lishga 
chorlangan. Jumladan, “Devonu lug’otit turk” da quyidagi pedagogik g’oyalar 
madh etiladi: 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish