Hamkorlik ta’limi
texnologiyalari
– o‘quv jarayonida talabalarning
jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro
rivojlanishlari, shuningdek, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda
tashkil etilishini ta’minlovchi ta’limiy xarakterdagi texnologiyalar. Hamkorlik
ta’limi texnologiyalarini qo‘llashda talabalar quyidagi shakllarda ta’lim oladilar:
1) jamoada;
2) kichik guruhda;
3) juftlikda
Hamkorlik ta’limining asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini jamoada, kichik
guruhlarda yoki juftlikda birgalikda, o‘zaro hamkorlikda bajarish sanaladi.
Zamonaviy sharoitda nafaqat ta’lim jarayonini tashkil etishda, shu bilan birga
talabalarning o‘quv faoliyatlarini nazorat qilishda ham innovatsion xarakterga ega
vositalardan foydalanilmoqda. Ayni paytda Umumiy pedagogika fanidan
«Ta’limni tashkil etish shakllari» modulini o‘qitishda innovatsion ta’lim
texnologiyalaridan foydalanishda ayrim interfaol ta’lim texnologiyalari va ularni
ta’lim amaliyotida qo‘llash tartibi to‘g‘risida tuxtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |