Qarorning maqsad va vazifalari.
Pedagogik jarayonni boshqarishda tezkor qaror qabul qilish talab etiladi. Negaki vaziyat omili o’z ta’sir darajasiga egadir. Shu sababli, qarorga ayrim talablar qo’yiladi. Bular:
• Qaror ilmiy asoslangan bo’lishi lozim.
• Tezislar bir-biri bilan alokador va yakdil bo’lishi kerak.
• Xuquq va javobgarlik doirasida bo’lishi lozim.
• Aniq yo’nalishga ega bo’lishi kerak.
• Vakt bo’yicha qiska va aniq bo’lishi kerak.
• Tezkor bo’lishi kerak.
• Pedagogik faoliyat manfaatlarini himoyalashga qaratilgan bo’lishi
kerak.
• Mavjud resurslarni inobatga olgan bo’lishi kerak.
• O’quv, o’quv - uslubiy, ma’naviy - ma’rifiy va tashkiliy vazifalarni qamrab olgan bo’lishi kerak.
Pedagogik tizim doirasida qaror qabul qilish – bu faoliyatning markaziy nuqtasi hisoblanadi. Unda tanlangan maqsad o’z aksini topgan bo’ladi. Shu sababli, qaror qabul qilish jarayoni fikrlash jarayoni bo’lib, u oldindan maqsadni va harakatlarni amalga oshirish uslubini anglashni, makon va vaqt, vaziyat va mas’uliyatni his etishni taqozo etadi. Nazariy jihatdan, jarayon tarzida qaror qabul qilishga nisbatan uchta yondashuvni ajratish mumkin:
1. Intuitiv yondashuv (bunda qaror his –tuyg’ular asosida qabul qilinadi, “tarafdorlar” va “qarshilar” tahlil qilinmaydi. Ma’lumki, odamning intuitsiyasi tajribani egallash bilan birgalikda rivojlanadi.
Turli kishilarda bu sezgi turlicha darajada ifodalanadi. Ma’lumotlar dalolat berishicha, to’g’ri qaror qabul qilishda bu yondashuvning
imkoniyatlari katta emas. Qaror qabul qilishda odam o’z intuitsiyasini boshqa yondashuvlar bilan birgalikda mustahkamlab borishi kerak);
2. Dalillarga asoslangan tarzda yondashish (bu bilimlarga va to’plangan tajribaga asoslangan qaror tanlovidir. Bunday qarorlar mantiqan olganda sust, lekin bu yondashuvning afzalligi uning tezligi va alternativalarni tanlashning kam sarfliligidadir. Bilim va tajribadan oydalanib, sog’lom fikrga asoslanib, odam oldin o’xshash vaziyatlarda ko’proq muvaffaqiyat keltirgan variantni tanlaydi. Agar odamning oldingi tajribasida o’xshash vaziyat bo’lmagan bo’lsa, bu yondashuv odatda natija bermaydi);
3. Ratsional yondashish (u oldingi tajribaga bog’liq emas va tahliliy asoslangan qaror. Ma’lum bir muammoning ratsional echimini topish quyidagi bosqichlarni bosib o’tadi:
- muammoning diagnostikasi;
- qaror qabul qilish uchun cheklanganliklarni va mezonlarni
ifodalash;
- alternativalarni topish;
- alternativalarni baholash;
- oxirgi (yakuniy) tanlov).
Shu bois, qaror qabul qilishda vaziyatni (holatni) diagnostikasini, prognozini amalga oshirish talab etiladi. Buning uchun aniq o’lchov birligiga ega bo’lgan usulladan vosita sifatida foydalanish talab etiladi.
Masalan, jamoaviy munosabatlarga taluqli bo’lgan muammoni o’rganishda Sotsiometriya, guruhiy jipslikni dagnostikasi, faoliyatdan qoniqqanlik holatini baholash tastlarini qo’llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |