Pedagogika kafedrasi «pedagogik riskologiya»


Pedagogik riskologiya va uning ilmiy-nazariy asoslari



Download 354,36 Kb.
bet9/122
Sana14.01.2022
Hajmi354,36 Kb.
#362614
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122
Bog'liq
Pedagogik riskologiya majmua(1)

Pedagogik riskologiya va uning ilmiy-nazariy asoslari.

Zamonaviy riskologiyada ma’lum miqdorda tavakkalchilik muammolariga oid tadqiqot tajribasi to’plangan. Shuning uchun, eng avvalo, riskologiyaning asosiy xususiyatlari ta’riflarini aniqlash maqsadida nazariy yondashuvlarni tasniflash zarur. Buning uchun o’rganilayotgan hodisalarning nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy, madaniyatshunoslik va statistik xususiyatlariga ham murojaat qilish maqsadga muvofiq. Bu mukammal darajada tadqiqot yo’nalishini rivojlantirishda qo’llaniladigan ilmiy tushunchalarni tahlil qilish, ularning ichki o’zaro aloqadorligini va o’zaro bog’liqlik xususiyatlarini ro’yobga chiqarish imkoniyatlarini vujudga keltiradi.

Ilmiy adabiyotlarda tavakkalchilik muammolariga nazariy va kontseptual yondoshuvlar keng qamrovli zamonaviy ijtimoiy kontekst ko’rinishida qaraladi, bu esa riskning ob’ektiv mazmun va mohiyatini yoritish uchun barcha omillarni, ularning xilma-xilligini belgilash uchun har tomonlama tahlil qilishda juda muhim hisoblanadi.

Pedagogik riskning mohiyatini ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik hodisalar deb qarashda zamonaviy Rossiya jamiyatining qarashlarini ta’kidlash joizdir. Bu shunday jamiyatki, qaerdakim risk kundalik, odatiy holatga aylanmagan bo’lsa, “turmush tarzi”ning turg’un xususiyatlari ko’lamiga kirmaydi va shuning uchun ham xavfli va buzuvchidir. Shu bilan bir qatorda bolalar, o’smirlar, ijtimoiy bo’shliq(inqiroz) qobig’iga tushib qoldilar va oxirgi yigirma besh yil ichida jamoatchilik hayotini ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy sohalarini qamrab olgan voqealar noaniqliklar bilan tavsiflanadi. Shunday qilib, umumevropa modernizatsiyalashgan o’smirlar va yoshlar xavfi 1990-yillarda o’ziga xos inqiroz ko’rinishi qatorida kuchaydi va ijtimoiylashdi.

Bunga ijtimoiy inqirozga xos bo’lgan, ijtimoiy-iqtisodiy to’ntarish natijasida mamlakat aholisining 70 foizini qamrab olgan odatiy noxushliklar kelib qo’shiladi.

G’arb bu kabi tarixiy davrni yangi davr ostonasida, ya’ni XVI-XVIII asrlarda bosib o’tgandi. Shuning uchun ham nemis sotsiolog olimi N.Lumanning taxminiga ko’ra “risk” atamasining keng ravishda tarqalishi XVI asrda dengizlararo suzish, bozor va savdo munosabatlarining shakllanishi vaqtiga to’g’ri keladi.

Riskning aniq mazmunini sayohatchilar, savdogarlarni kutib turgan ko’p sonli xavflarga qarshi turish, o’zgalarning hayoti, savdo-sotiq ishlari uchun doimiy xavf-xatarlarning oldini olish, ularni engish zarurati natijasida yuzaga kelgan faoliyat natijasida kelib chiqqan.

Aynan hayotiy zaruriyatlar natijasida yuzaga kelgan ushbu holatlar “risk” tushunchasiga xavf, qo’rqitish ma’nosini beradi. Tadqiqotchi D.Lupton fikriga ko’ra tabiiy ofatlar, turli xil epidemiyalar, inson tomonidan sodir etiladigan yo’qotishlar, xavf-xatarlardan o’zlarini himoya qilish ma’nosini anglatadi.

Rus tiliga “risk” so’zi ispan tilidan kirib kelgan bo’lib “qoya”, “rif” ma’nosini anglatadi va kelib chiqishiga ko’ra dengizchilar faoliyatida xavfli bo’lgan holat bilan bog’liq.

Umuman riskning dastlabki belgilari ham ob’ektiv, ham sub’ektiv aspektlarni o’z ichiga olgan.

Tabiatda uchraydigan risklarni ilmiy metodlar yordamida baholash, nazorat qilish mumkin deb tan olingan. Biroq, riskda inson omili ko’proq riskdan himoya qilish yoki riskli faoliyatga qo’shilib, yutib chiqish sifatida ko’rilgan. O’z munosabatlariga ko’ra individlar ikki toifaga: riskli vaziyatlardan qochishga harakat qiluvchilar va riskka moyillar toifasiga bo’linadi. Agar ba’zilar xavfsiz variantlarni ma’qul topishsa, riskli vaziyatlardan qochishsa, boshqalar esa kelishi mumkin bo’lgan foyda, ketgan sarf-xarajatlarni qoplashga intiladilar.

Keyinchalik riskni o’lchashda ko’proq aniq matematik metodlar qo’llanila boshlandi. Dastlabki yondashuvlar inson risk darajasini hisoblash, potentsial yo’qotishlarni baholash, so’ngra o’zini ularning ta’siridan asrash qobiliyatiga ega degan fikrlarga asoslangandi.

Ushbu yondoshuvlarning tarafdorlari ko’z o’ngida risk bo’lishi mumkin bo’lgan yo’qotishlarni yuqori saviyada bartaraf qilish masalalari bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqador deb hisoblandi.

Bunday talqinda risk imkon, muvaffaqiyat, qo’rqmaslik yoki sarguzasht kabi tushunchalar tarkibiga kiradi.


Download 354,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish