Pedagogika kafedrasi o’quv-uslubiy majmua



Download 4,71 Mb.
bet82/232
Sana20.06.2022
Hajmi4,71 Mb.
#686445
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   232
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi o’quv-uslubiy majmua

«Chin so‘z - mo‘tabar, yaxshi so‘z - muxtasar». Alisher Navoiyning bu hikmati nutqning muhim sifatlaridan biri qisqalik haqida. Xalq nutqning qisqa bo‘lishini odob belgisi deb bilgan. Uni axloqiy mezonlar sirasiga kiritishgan. Maqollarga e’tibor qiling. «Ko‘p o‘yla, kam so‘yla». «Izzat tilasang, kam de, sihat tilasang kam ye». «So‘zning ozi yaxshi, ishning sozi yaxshi» va hokazo. Nutq qisqa shaklda ko‘p mazmun anglatishga qaratilishi kerak. Nutqning qisqa yoki kengligi mazmun ifodasi talabi. Shunday tilshunoslar borki, besh-olti daqiqada (yoki besh-olti sahifada) aytish mumkin bo‘lgan fikrni bir daqiqada (yoki bir sahifada) ifoda etishga qodir.
Nutq esa yo‘naltiruvchi, bog‘lovchi, izohlovchi vosita rolini o‘ynagani durust. Tinglovchining tez fahmligi nutqning qisqa bo‘lishi omillaridan. Buning uchun ta’lim beruvchi quyma fikrlar, ko‘chma iboralar, falsafiy mazmundagi she’rlar, maqol va hikmatli so‘zlarni ifodalash bilan maqsadiga erishadi. Bu vositalar izoh talab, tafsilotli nutqqa chek qo‘yadi.
Ifodali nutq - iborali nutq. Nutqning bu xususiyati o‘quvchining e’tiborini tortishi, qiziqtirishi, unda his-hayajon uyg‘otishi bilan aloqador. Ifodaviylikning zamirida esa lisoniy o‘lchovlar yotadi. Fikrning ifodaviyligini oshirish uchun kerakli so‘z, so‘z birikmalari, obrazli iboralarni topish, tanlash va o‘rinli qo‘llash lozim. Nutqning ifodaviyligi xuddi shu xususiyatlari bilan ta’sirli va obrazli nutqqa uyqashib ketadi.25
Ta’lim beruvchi nutq ifodaviyligiga erisha olmasa, tasvir kuchidan foydalanadi. Nutqda ta’lim beruvchi fikr ifodasi bilan yuz ifodasi uyg‘un kelishi ham muhimdir. Aks holda, ta’lim oluvchi uni ishonch-e’tibor bilan qabul qilmaydi.
Muayyan fikrni ifoda qilishning yo‘llari ko‘p. Shu xususda fikr yurita turib, taniqli tilshunos N.Mahmudov yozadi: «So‘zga oshuftalik, so‘zning ostini ham, ustini ham ko‘ra olishga intilish, nutq latifligidan, nutqdagi so‘zlarning favquloddagi uyg‘unligidan zavqlanish, ona tilida ta’sirli nutq ayta oluvchiga, kitobat san’ati sohibiga ayricha havas bilan qarash o‘zbekning azaliy urflaridandir... Tilimizda muayyan bir fikrni bir qancha shaklu shamoyillarda ifodalash imkoniyatlari bor. Aynan qaysi shaklu shamoyilni tanlash, muloqot vaziyati uchun eng uyg‘un ifodani topa bilish nutq egasining mahoratu malakasi, ma’rifatu ma’naviyatiga bog‘liq».38
Nutq ifodaviyligida chuqur anglash bir tomon bo‘lsa, anglatish darajasi ikkinchi tomondir. Anglashilayaptiki, har qanday ifodaviy nutq teleboshlovchidan bilim, saviya bilan bir qatorda did, qo‘llanayotgan iboraning ta’sir kuchini nozik ilg‘ash va muloqot vaziyatini tushunib yetishni ham taqozo etadi.
Muhbir «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni»ga bag‘ishlangan tadbirni sharhlay turib, chiroyli so‘zlar va iboralardan keyin ushbu maqolni to‘laligicha keltirishi o‘rinsizdir: «Bolalik uy-bozor, bolasiz uy-mozor». Maqolning ikkinchi qismini aytmaganda ham mazmun anglashilib turibdi. Bu esa tinglovchida noxushlik tug‘dirishi tabiiy. Har qanday ibora, hikmatli so‘z, maqol, matal nutq ifodaviyligiga xizmat qilavermaydi. Har bir so‘zning, jumla yoki iboraning o‘rni va ta’sir doirasini bilish, ta’lim beruvchi uchun zarur.

Download 4,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish