O‘quv modellashtirish jaryoni quyidagi to‘rt bosqichdan iborat:
1. Ob’ektni o‘rganish, muammo, masala va savollarni ifodalash.
2. Ob’ekt modelini yaratish.
3. Yaratilgan modelni tadqiq etish va model tilida muammoni yechish.
4.Tadqiqot natijalarini dastlabki ob’ektga ko‘chirish. Bosqichlarning eng muhimi, ikkinchisi — ob’ekt modelini yaratish hisoblanadi. O‘quvchining masalani qo‘yishi va uni yechishini ko‘rib o‘taylik. Odatda, har qanday masala muammoli vaziyatda, ya’ni faoliyatda qandaydir qiyinchilik jaryonida (iste’mol bilan uni qanoatlantirish imkoniyati orasidagi qarama-qarshilik) paydo bo‘ladi. Agar ushbu qarama-qarshilikni o‘quvchi sezsa va uni yo‘qotishni xohlasa, u holda unda: noaniqlik, vaziyatni yechish holati, faol fikriy faoliyatni keltiradigan muammoli holat paydo bo‘ladi.
O‘quvchilar muammoli vaziyatni, uning tarkibiy qismlarini va ular orasidagi bog‘lanishlarni sinchkovlik bilan tahlil qiladilar. O‘quvchi, muammoli vaziyatning tahlil qilingan shart va aloqalarini tartibga keltirib, ma’lumlarni noma’lumlardan ajratadigan masalani ifodalaydi. So‘ngra, tilning belgili tizimidan foydalanib, masalaning modelini tuzadi va shundan keyin, murakkab modeldan sodda modelga o‘tgan holda, uni yechadi.
Shunday qilib, masala muammoli vaziyatni modellashtirish jarayonining natijasi sifatida paydo bo‘lishi mumkin, lekin boshqa tomondan (masalalar to‘plamidan, o‘qituvchidan) mustaqil tuzilgan va berilgan bo‘lishi mumkin. uni egallashi, tushunishi - o‘ziniki qilib olishi, qabul qilishi kerak. Buning uchun quyidagilar zarur:
- alohida shartlarning ifodalanishini o‘zgartirish;
- bir xil so‘z(ta’rif)larni boshqasi bilan almashtirish;
- masalaning alohida qismlari o‘rnini almashtirish va hokazo.
Bu amallar masalani ancha soddalashtirishga yordam beradi. Boshqacha aytganda, masalani qabul qilishda o‘quvchilar o‘zining muammoli vaziyatini ko‘radilar. Modellashtirish yordamida bir muammoli vaziyatdan boshqasiga o‘tish uni sekin-asta yechish imkoniyatini beradi. O‘quv masalani yechishning umumiy usulini o‘zlashtirgandan so‘ng, o‘quv materiallarini mustahkamlash uchun aniq-amaliy masalalarning bir nechtasini yechish maqsadga muvofiq. Turlilalar turli o‘quv amallarini talab etadi, jumladan: psixologik vaziyatlarni yechish ketma-ketligi. Vaziyatda qarama-qarshilikni aniqlash (muammo). Vaziyat ma’lumotlarini tartibga keltirish, masalani ifodalash. Berilgan vaziyatning elementlarini ajratish. Masalaning sharti va savollarini qisqacha yozish (ishtirokchilarni ajratish, ularning harakati, o‘zaro ta’siri va hokazo) Harakat. Modellash. Vaziyat, model, chizmalar va hokazolarni tuzish. Masala shartlarini aniqlashtirish. Umumlashgan (o‘quv) masalani tuzish. Masalaning tahlilini o‘tkazish. Vaziyat (masala)ni psixologik tahlil qilish. Vaziyatga qayg‘urish uslubi. Masala savolining ifodalanishiga bog‘liq holda yechimni izlash. Psixologik bilimlarini faollashtirish (umumiy yoki va hokazo). - u yoki bu hodisalarning qonuniyatlarini aniqlashtirish, psixologik asoslar berilishi zarur bo‘lgan masalalar;
- bolaning mos harakatlari bo‘yicha uning yoshini rivojlanishini aniqlashni talab qiladigan masalalar;
- to‘g‘ri javobni izlash yo‘lini aniqlashni talab etadigan masalalar;
- bolaning ishi motivini tushunishga oid, ya’ni pedagogik muloqot qila olish, o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri tuza olishni talab etadigan masalalar;
- ilmiy va bolalarni kuzata olish ko‘nikmalarini talab etadigan masalalar;
- bolaning psixik rivojlanish xususiyatlarini kuzatish, ya’ni pedagogik ko‘ra olish, tarbiyaviy ta’sir yo‘llarini belgilash ko‘nikmalarini, pedagogik xatolarni eslatib turishni talab etadigan masalalar;
- o‘quv ta’riflarning muhim alomatlarini anglashga doir masalalar.
Masalalarni yechish algoritmlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- ma’lumotlarni taqqoslash;
- shartni tartibga keltirish, taqqoslash sohasini qisqartirish;
- mavjud aloqalar va qonuniyatlarni ajratish;
- mavjud bilimlarni faollashtirish;
- olingan ma’lumotnomalardan masala yechishda foydalanish;
- masalaning yakuniy yechimini izlash;
- o‘zini-o‘zi nazorat qilish.
Yoshlar psixologiyasini o‘rganishda nafaqat vaziyatlarni yechish, balki ularni tuzish ham muhim hisoblanadi. Bu hayotiy va o‘quv vaziyatlarni anglash bo‘yicha yagona ijodiy jarayonning ikki tomonidir. Tuzilgan masalalar didaktik tomondan umum qabul qilingan talablarga mos kelishi lozim.
1. O‘qish uchun ahamiyatlilik, muhimlilik. Ushbu talabni amalga oshirish uchun psixologiya masalalarining mazmunini o‘rganilayotgan material bilan yaqindan bog‘lash, psixologiya qonunlarini ko‘proq tushunishga imkoniyat berish, o‘rganishning istiqbolini ochib berish, ya’ni o‘qitishning rivojlantiruvchi vazifalarini ta’minlash, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, tadqiqotning psixik uslublarining ob’ektiv ekanligini birin-ketin ochib berishga imkoniyat berishidir.
2. Masalaning o‘quv yangiligi. Bu talab o‘quv masalani yechish jarayonida shu kunga qadar ma’lum bo‘lmagan va shunday ko‘rinishda amaliyotda uchramagan qandaydir sifat jihatidan yangilikni ochishni ko‘zda tutishidir.
3. O‘quv masalalarning salmog‘i. Masalalarni saralashda e’tiborni ko‘proq ularni yechishning bir necha variantlari mavjudligiga qaratish lozim. Bu, o‘z o‘rnida qo‘yilgan muammoni mustaqil hal etish va yetarlicha bilimlar darajasida ishlash imkoniyatini beradi.
4. O‘quv masalalarning qiziqarliligi. Bu talab quyidagilarni ko‘zda tutadi:
a) psixologiya tarixidan, buyuk psixolog olimlarning hayoti va faoliyatidan olingan dalillardan foydalanish;
b) masalalarning mazmunida hayotiy vaziyatlarni aks ettiradigan ilmiy qoidalarga mos kelmaydigan va chalg‘itadigan fikrlardan foydalanish;
v) mazmuni va shakli bo‘yicha qiziqarli bo‘lgan kundalik hayotda va amaliyotda uchraydigan, natijalari amaliy qiymatga molik bo‘lgan masalalarni qo‘yish.
5. Masalaning rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi tabiati. Masalaning yechimi, mazmuni o‘quvchilar psixologiyasining rivojlanishiga imkoniyat berishi kerak.
6. Masala mazmunining amaliy faoliyat bilan aloqadorligi.
Masalalarni yechish amaliy tajriba orttirishga imkon beradi. Shu maqsadda masalalar yoshlar psixologiyasining turli bo‘limlarini o‘ziga qamrab olgan holda eng tipik hayotiy vaziyatlarni aks ettirishi kerak.
Masalaga qo‘yiladigan talablar:
1. Har qanday masalada murakkablik mavjud bo‘ladi va uni yengib chiqish lozim. Bu psixologik masalada — aniq bir ob’ektning noma’lum tabiatining mavjudligidir.
2. Masala matni shart va savollardan tashkil topadi. Bu komponentlarni taqdim etish shakllari turlicha bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha, masalaning matni yakunlanadigan savol, o‘ziga masalani yechish uchun zarur bo‘lgan muhim holat shartining bir qismini olishi mumkin.
3. Masalaning qo‘yilishi turli shakllarda psixologik masala (vaziyat)ning yechimini izlash yo‘nalishini aniqlashi lozim.
4. Masala sharti — u yoki bu ob’ekt (yoki ob’ektlar)ning qandaydir tabiati (yoki tabiatlari) ma’lum bo‘lmagan hayotiy psixologik vaziyat (o‘tkazilgan tajriba, kuzatish va hokazo)ning tavsifidir. Ma’lum va noma’lum tabiatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Agar masalaning shartida, uni yechish uchun ma’lumotlar yetarlicha bo‘lmasa, u holda zarur qo‘shimcha ma’lumotlarsiz yechib bo‘lmaydi. Yoshlar psixologiyasini muvaffaqiyatli egallash uchun mustaqil ravishda masalalar tuzishni o‘rganish zarur, ya’ni:
a) berilgan shartlarning mazmun va mohiyatini ifodalovchi savollarni tuzish;
b) berilgan savolga masalaning shartini ifodalash;
v) berilgan masalaga teskarisini tuzish;
g) yechilgan bir aniq-amaliy masala asosida, unga o‘xshash boshqa masala tuzish;
d) rasmlarga qarab masala tuzish.
Yosh psixologiyasining butun bir bo‘limi yoki mavzusini aks ettiradigan vazifalar va savollar tizimini tuzish bo‘yicha mashq qilish maqsadga muvofiq. Masalan, “3 yoshli bola shaxsining rivojlanishi” mavzusi o‘rganilgandan so‘ng, ko‘proq darajada “3 yil inqiroz” tushunchasining muhim belgilarini aks ettiradigan masalani tuzib ko‘rishga harakat qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |