birinchidan, joylarda umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, umumta’lim muassasalari rahbarlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini hal etish, idoraviy mansub tashkilotlarning mulkidan samarali foydalanishda xalq ta’limi boshqaruv organlari rolining yetarli darajada emasligi;
ikkinchidan, umumta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga ularga xos bo‘lmagan vazifalar va funktsiyalarni yuklash, muassasa direktori va uning o‘rinbosarlari o‘rtasida vakolatlarning aniq taqsimlanmaganligi, ular faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlari va parametrlari mavjud emasligi;
uchinchidan, umumiy o‘rta ta’limning dolzarb masalalari va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning mavjud emasligi, o‘quv-tarbiya jarayonini uslubiy ta’minlash masalalarida xalq ta’limi bo‘limlari va umumta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik darajasining pastligi;
to‘rtinchidan, rahbarlar, o‘qituvchilar va umumta’lim muassasalari boshqa xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralaShuvdan himoya qilish mexanizmlarining samarasizligi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan maktablarni tekshirish haddan ziyod ko‘payib ketganligi;
beshinchidan, ta’lim sifatini ta’minlash, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, o‘quv-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi;
oltinchidan, xalq ta’limi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash mexanizmining mukammal emasligi, ularning faoliyatiga zamonaviy me’moriy yechimlar, innovatsion ishlanmalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi aytib o‘tilgan.
Prezident Farmonida xalq ta’limi tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib qo‘ydagilarni belgilab berilgan:
umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash;
ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining muvofiqlashtiruvchi roli va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yo‘nalishdagi vazifalari, funktsiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish;
rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish;
xalq ta’limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish;
xalq ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish;
zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo‘li bilan umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko‘rsatishga oid faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish;
xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
Bundan tashqari, 2018 yil 1 sentabrdan maktablarda faoliyat olib borayotgan 450 mingdan ziyod pedagog va rahbar xodimlarning maoshi oshirildi. Xalq ta’limi xodimlariga uy, yer, maishiy texnika, chorva va mashina sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish tizimi joriy etildi. Ular uchun maxsus davlat mukofoti ta’sis qilindi. O‘qituvchilarni boshqa ishlarga jalb etish, maktablarda asossiz tekshiruvlar o‘tkazish amaliyotiga chek qo‘yildi. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida xalq ta’limi tizimi joriy yilda 16 ming nafar oliy ma’lumotli yosh kadr bilan to‘ldirildi. Qariyb 13 ming nafar erkak o‘qituvchi maktablarga qaytdi.
Kurs ishining maqsadi. Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyalari mavzusini o’rganish.
Kurs ishining vazifasi.
Kurs ishining hajmi:
Ta’lim muassasasida ijtimoiy pedagogik ishini o’rganish
Ta’lim muassasasida ijtimoiy texnologiyalarni yaratish
Ta’lim muassasasida iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning o’rni haqida
Ta’lim muassasasida ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o’ziga xosligi to’g’risida.
Kurs ishining obekti.
Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagog faoliyati.
Kurs ishining predmeti.
Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyasi.
Kurs ishining hajmi.
4 ta bob, 4 ta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |