Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.
Pedagog kadrlar tarkibi – o’qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot, radiotexnika, sport va boshqa yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatuvchi to’garaklarning rahbarlaridan iborat mutaxassislar.
Pedagogik mahorat – ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo’llay olish qobiliyati, yuksak pedagogik tafakkur.
Pedagogik talab - turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida ishtirok etishda o’quvchi amal qilishi zarur bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |