«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar


Turkistonda chorizm maktabi siyosatining boshlanishi. Rus-tuzem maktabi



Download 8,88 Mb.
bet204/377
Sana23.01.2022
Hajmi8,88 Mb.
#402275
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   377
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

Turkistonda chorizm maktabi siyosatining boshlanishi. Rus-tuzem maktabi.

  • Turkistonda Jadidchilik ma’rifati va ta’lim tarbiya.

    XIX asrning o’rtalarida Turkistonda boshlang’ich ma’lumot beradigan maktablar, xamda o’rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi.

    Maktablarning aksariyati diniy ta’lim beruvchi maktablar edi. Bu maktablar arab tilida Qur’oni o’qishni o’rgatish va xar bir musul­mon uchun zarur bo’lgan vazifalarni o’rgatar edi.

    Shahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari umumiy ta’lim elementlari - yozish va hisoblash o’rgatilar edi, mashhur shoirlarning she’r va g’azallari xam o’qitilar edi. Bunday maktab o’quvchilar badavlat oilalar farzandlari bular edi. Ular o’qishni tamomlab sav­do-sotiq, hunarmandchilik bilan shug’ullanar edilar, ba’zilari qushimcha ta’lim olib xattotlik bilan shug’ullana, ba’zilari madrasaga kirib o’qishni davom ettirardilar. Oliy diniy maktab bo’lgan madrasalarda o’rta asrga oid diniy falsafa, musulmon huquqlari, arab tili grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o’tilgan. Madrasani tomomlaganlar imomlik qilish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo’lganlar. Maktab va madrasalarda asosan o’g’il bolalar o’qitilar edi. Maktab va madrasalarda dars O’zbek, arab va fors tojik tillarida olib borilar edi.

    Markaziy Osiyo Russiya tomonidan bosib olingandan keyin maktab va madrasalarda ba’zi o’zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablarida bosmaxonada chop etilgan darsliklar paydo bo’ldi.

    Mustamlaka ma’muriyati mashg’ulotlar o’rta asr tartibida olib borilayotgan musulmon maktablari ishiga aralashmas edilar. Ammo rus tilini o’qitishni rag’batlantirish choralarini kurar edilar.XX asr boshlarida madrasalarda rus tilini o’qitilishi joriy qilinsin, de­gan ko’rsatma berilgan.

    XX asr boshlarida Turkistonda madrasalar: Buxoroda- 80, Qo’qonda -40, Samarqandda-22, Marg’ilonda - 28, Toshkentda - 17, Xiva xonligida -130 ta mavjud bo’lib, ularda 400 dan 500 tagacha talabalar tahsil olar edi.

    Turkiston o’lkasida 1905-1906 yillarda 5290 ta maktab bo’lib ularda 70955 talaba ta’lim olgan. 1860 yilda Markaziy Osiyoning ko’pgina qismi Russiya tomonidan bosib olindi. 1965 yildan Toshkent Turkiston general-gubernatorligiga qarashli yerlarning markazi bo’lib qoldi.

    O’rta asr musulmon maktablarining isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar o’rnashgan yerlarda ochilgan rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida uz siyosatining quroli qilib olishga harakat qildi.(Dastlabki rus maktabi Toshkentda 1866 yilda ochilgan). Rus maktabiga ruslar bilan birga o’qish uchun mahalliy aholi bolalari xam qabul qilinar edi. O’quvchilarning 1-4 qismini mahalliy aholi bolalari tashkil etar edi (jami 200ta) Bularning ko’pchiligi ozod bolalari bo’lib, O’zbek va tojik bolalari nihoyatda kam edi. Rus maktablarida boylar va oqsuyaklarning bolalarigina o’qir edi. 1884 yilda 19 dekabrdan sinab ko’rish uchun birinchi rus-tuzem maktabi mahalliy bolalarni o’qitish uchun ochildi. 10 yildan so’ng butunlay maktablar soni 4 taga ko’paydi. 1904 yilga kelib ularning soni 57 taga yetdi. Ularni 1830 ta o’g’il 104 ta qiz bolalar o’qirdilar.

    Iqtisodiy jihatdan rivojlangan Toshkent, Qo’qon shaharlarda hunar-texnika bilim yurtlari ochildi6 yangi tipdagi bilim yurtlari paydo bo’ldi.

    XIX asrning boshlarida Buxoroda ma’rifatparvar musulmon ruhoniylari o’rtasida maktab va madrasalarni isloh qilish kerak degan fikr paydo bo’ldi. Shunday islox tarafdorlarining jadidlar, ya’ni yangilik tarafdorlari deb atay boshladilar. Ularga qarshi turgan oqim ya’ni fidaoi o’rta asr diniy fanatizmi ruxida bo’lgan kishilarni esa qadimislar deb atay boshladilar.

    XIX asr boshlaridagi birinchi jadidchi Al Kursaviy edi. Jadid­chilar Buxorodagi 200 ga yaqin madrasani isloh qilish g’oyasi bilan chiqdilar. Qadimislar esa ularni kofirlar deb xudosizlikda ayblaydilar. Buxoro amiri Haydar esa ularni zindonga tashlar va o’lim jazosiga hukm etdi. XIX asrning 50-60 yillarida diniy islohotchilar yana ko’paydi. Yandi bu harakat boshida Buxorolik mudarris va tarixchi olim Marjoniy (1818-1889) turar edi.

    Marjoniy O’zining dasturida kuyidagi oltitta masalani kuyadi:

    1. Qur’ondagi xar qanday diniy masala yuzasidan kishilar bilgan xolda o’zlari erkin fikr yuritsinlar.

    2. Birovning birovga ko’r- ko’rona ergashishi qat’iy man etilsin.

    3. Madrasalarda o’qitiladigan xojiya va shirk kabi quruq mazmunga ega bo’lgan va o’quvchilar uchun foydasi bo’lgan, ularni vaqtini oladigan darslar dars jadvalidan olib tashlansin.

    4. Madrasalarda Qur’oni Karim, Hadisi sharif ularning tarjimonlari va islom tarixi kabi darslar o’tilsin.

    5. Arifmetika, tarix, jug’rofiya, tabobat, mantiq, falsafa va boshqa dunyoviy fanlarni o’qishga qarshilik ko’rsatilmasin.

    6. Xar bir ishda musulmonchilikni Muhammad Allayxusalom davridagi qadimiy islom madaniyatiga qaytarish kuzda tutilsin.

    Biroq reaksion kuchlar taziyqiga uchragan Marjoniy Buxoroni tark etishga majbur buladi. Uning maslakdoshlari jazolashdi. XIX asr oxiri XX asr boshlari Turkistonda chor mustamlakasi kuchaydi. Bu davrda jadidchilik harakati kuchaydi.

    Jadidchilik jamiyati to’ntarish yo’li bilan emas, islohotlar yo’li bilan rivojlantirish tarafdori edi. Bu davrda Eronda (1907), Turkiyada (1908) burchida davlat to’ntarish ro’y bergan edi. Bular O’rta Osiyda jadidchilik harakatini rasmiy tusda rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi. Jadidchilar barcha ijtimoiy-siyosiy kuchlar bilan ittifoq to’zib xalq va kelajak manfaati yo’lida islohot tarafdorlari edilar. Behbudiy mana shunday ittifoq to’zish g’oyasi bilan chiqdi. U "Ulamo yeki ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz, boy va avomimiz birlashib, din va millat va vatanning rivoji uchun xizmat etishadi" deb yozgan. 1906 yilda "Taraqqiy"deb nomlangan jadidi gazetasi chi­qa boshladi. Oradan ko’p utmay "Xurshid", "Shuhrat" singari gazeta chiqardilar.

    Jadidchilik harakati dasturi kuyidagi masalalarni hal qilishga qaratilgan:1. Diniy taassuf va fanatizmga qarshi kurash.

    2. Feodal davri maorifini isloh qilish

    3. Jadidchilik g’oyalarini targ’ib qilish, yangi o’zbek adabiy tilini ishlab chiqish, O’zbek xalqiga tushunarli adabiyot va teatr yaratish.

    4. Xotin-qizlarni paranjidan chiqish va maktabda o’qitilishi. Ular taqdirini o’zgartirish, oilada islohot o’tkazish.

    5. Mahalliy boylar va savdogarlari siyosiy, iqtisodiy jihatidan rus burjuaziya bilan teng huquqli bo’lish, Mustamlakachilik siyosatini isloh qilish.

    Birinchi marta jadidchilik Kirimda paydo bo’ldi. Uning ijodkori XX asr boshida Islombek Gasparali edi. Sharq xalqlari ma’naviy hayotida, maktab maorifida inqilob yasagan "usuli jadid" nomini olgan "Usuli savtiya"ni u boshlab bergan. U barcha turkiy xalqlari yaxlit, yagona millat deb bildi. Ularning xam ilm-ma’rifatda, haq-huquqda dunyoning taraqqiy etgan millatlari bilan teng qurmoqni orzu qildi.

    Yangi usul maktabi quyidagilarga asoslangan:

    - sinfda bolalar soni 30 dan oshmasligi;

    - bolalar yoz va qishda 2 marta maktabga qabul qilishi (bir yilda ikki marta);

    - xar bir qabul 1-sinfdan oshmasligi;

    - xar bir muallimda ko’pi bilan 3-4 sinf bo’lish;

    - darslar ketma-ket tartibda bo’lishi;

    - 7-9 yeshdagi bolalar 7-8 soat o’qisha olmaydi, ularning o’qishi uchun 5 soat kifoya;

    - juma va bayram kunlari dam olish;

    - o’qishdan so’ng yozgi issiq kunlarida ta’til bo’lishi;

    - dars zeriktirmasligi;

    - shogirdni urish va so’kish befoyda ekanligi;

    - o’qish qoidalarini rioya etish.

    Buxoro, Samarqand, Farg’ona, Namangan, Qo’qon, Toshkentda ko’plab ziyolilar jadidchilik harakatiga bosh-qosh bo’ldilar; Fayzulla Xo’jayev (1896-1938), Isxoqxon Ibrat (1862-1937),Siddiq Aziziy (1864-1924), Saidrasul Aziziy (1864-1933), Muhammad Sharif Sufizoda (1869-1937), Maxmudho’ja Behbudiy (1875-1919), Abdulqodir Shakuriy (1875-1993), Abdulla Avloniy (1878-1934), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Munavvar qori Abdurashidov (1878-1931), Ismatulla Rahmatullayev (1883-1962), Abdurauf Fitrat (1884-1939),X.X.Niyoziy (1889-1929) va boshqalar.



    Download 8,88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   377




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish