«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar


DEFEKTOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI



Download 8,88 Mb.
bet184/377
Sana23.01.2022
Hajmi8,88 Mb.
#402275
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   377
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

DEFEKTOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI

Nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan muassasalar tarmoqlari 1920 yillardan keyin rivojlandi. Ko’rlar, karlar, aqli zaiflar, nutqi buzilganlar uchun maxsus, alohida maktablar ochila boshlandi. Maxsus o’quv rejalari, dasturlar darsliklari, uslubiy adabiyotlar yaratildi. Aqliy va jismoniy rivojlanishda kamchiliklari bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va ishga joylashtirish haqidagi qarordan keyin turli nuqsonli bolalarga bo’lgan munosabat birmuncha kuchaydi.

Pedagog L.I.Navoselova 20 yilda Toshkentda 18 ta o’quvchisi bo’lgan ko’r va karlar boshpanasini ochdi. Keyinchalik u nuqsonli bolalar Toshkent maktabiga aylantirildi. Ayrim umumiy maktablar xuzurida aqli zaif sinflari ochildi.

1929 yil Yuldosh Oxunboboyev tashabbusi bilan nuqsonli bolalar uchun alohida maktab ochildi. 1931 yilda nuqsonli bolalarni majburiy ta’limga jalb etish xaqidagi qaror qabul qilindi. Toshkentda 3-pedagogika bilim yurtida o’zbek tilida maxsus mutaxasislar tayyorlana boshlandi. Hozirgi kunda respublikamizning barcha viloyatlarida maxsus yordamga muhtoj bolalar maktabgacha ta’lim muassalari maktab internatlar faoliyat ko’rsatayapdi.

O’zbekistonda defektologiya fanining rivojlanishi 1967 yildan boshlab tezlashdi. Nizomiy nomli T.D.P.Ining pedogogika va psixologiya fakulteti qoshida oligofrenopedogogika bo’limi tashkil etildi. 1973 yili surdopedogogika bo’limi qo’shildi. 1984 yili mustaqil fakultet bo’ldi.

Hozirgi kunda Toshkent Davlat pedagogika universitetida defektolo-giyaning barcha yo’nalishlari bo’yicha mutaxasislar tayyorlanayapti. Bugungi kunda, jamiyatda nuqsonli bolalarni maxsus o’qitish, tarbiyalash, kamchiliklarini korreksiyalash, psixologgo-pedagogik realibitasiya, ijtimoiy mehnatga moslashtirish va integrasiyalash eng yaxshi sharoitlar yaratish muhim vazifalar sanaladi. Korreksion ta’lim va tarbiya sistemasini tashkil etish O’zbekistonda dolzarb va murakkab muammolaridan iboratdir maqsad–integrasiyalashgan o’qitishni rivojlantirish; individual bolalarni jamiatga erta ijtimoiy adaptasiyalash; psixofizik nuqsonli bolalar bilan ishlovchilar shu bolalar xulq atvoridagi o’zgarishlar sabablarini bilishlari; bolalarning psixofizik nuqsonlari natijasida bola xulq atvoridagi muammolar; sinfdagi darslarin tashkil etish; agressiv bolalar bilan muloqatga kirishish; bola xulq atvoriga aralashish; ota-onalarni komandaning aktiv a’zolari sifatida ishga qo’shish; psixofizik nuqsonli bolalar xulq-atvorini to’g’ri aniqlash.

Turli jismoniy va aqliy kamchiliklarga ega bo’lgan bollar uyda yoki maxsus muassasalarda tarbiyalanadi. Aniq nuqsonga ega bo’lgan bolalar maxsus sharoit yaratilgan bog’chalarga borib, maxsus dasturlar orqali kamchiliklarini bartaraf etadilar va rivojlanadilar. Agarda maxsus muassasalar bo’lmasa, ko’r, kar va boshqa nuqsonlarga ega bo’lgan bolalar normal bolalar bilan muloqatga kirishishi nafaqat ularga, balki sog’lom bolalar uchun ham foydalidir. Muloqot orqali bolalar bir –birlarini tushunishga, g’amxo’rlik qilishga o’rganadilar. Bunday bolalar ta’lim olishga qiziqtirish, nutqi ko’nikmalarini rivojlantirish yoki imo – shorali nutqni o’rgata olishni mutaxassis yordamida o’rganidilar. Zarur vositalar (ko’zoynak, eshitish apparatlari) ham bunday bolalarga foydalidir. Ammo ularni zarur vaqtlardagina qo’llalsh mumkin. Uyda harakatsiz yotgandan ko’ra, sog’lom bolalar bilan muloqotga kirishish, yaxshi natijalar beradi. Hozirgi kunda integrasiyalashgan ta’lim jahondagi 52 mamlakatning ommoviy bog’cha maktablarida joriy etilgan.

Defektologiya fanining tarmoqlari:

Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar fan sifatida ajralib chiqdi:

logopediya



Oligofrenopedagogika


DEFEKTOLOGIYA



Tiflopedagogika



Surdoopedagogika

Surdopedagogika lotincha surdus-kar, gung so’zidan olingan, eshitish qobiliyati zaif bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan Tiflopedagogika yunoncha tiflos-ko’r, so’qir so’zidan olingan ko’rish qobiliyati zaif bolalarni ta’lim tarbiyasi bilan shug’ullanadigan.

Oligofrenopedagogika yunoncha oligos-kam, fren-aql so’zlaridan olingan, aqliy tamondan zaif bolalarning ta’lim tarbiyasidan shug’ullanadigan fan.

Logopediya yunoncha logos-so’z, pedio-tarbiya so’zlaridan olingan, nutq nuqsonlarini o’rganish, oldini olish, bartaraf etish yo’llarini, usullarini o’rganadigan fan.




Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish