Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarni ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida (aspirantura, adyunktura, doktarantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
U jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Oliy o’quv yurtidan keyinga ta’lim bosqichlari (aspirantura, doktarantura) dissertasiya himoyasi bilan yakunlanadi.
Yakuniy davlat attestasiyasi natijalariga ko’ra fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi. Bu ishni takomillashtirish uchun: kasb ta’limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni ustivor tayyorlash; chet ellar tajribasidan foydalanishga sharoit yaratish; fan, texnologiya va ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan halqaro hamkorlikni chuqurlashtirish va hokazo.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlarini va ko’nikmalarini yangilash va chuqurlashtirishga qaratilgan. Uni bitirganlarga guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi. Uni rivojlantirish uchun:
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun va boshqarishni shakllantirish;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini davlat attestasiyasi va akkreditasiyasidan o’tkazish;
iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlarida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish bo’yicha raqobat muhitini yaratish va joriy etish va hokazo.
Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalar va o’smirlar yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari muassasalariga bolalar ijodiyoti saroylari, uylar, klublar, markazlar, bolalar o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Bolalar va o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka tartibda talab ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar. Uni takomillashtirish uchun:
ta’lim berish va kamol toptirishga yo’naltirilgan xizmatlar ko’rsatuvchi muassasalar tarmog’ini kengaytirish va bunday xizmat turlarini ko’paytirish;
o’quvchilar bo’sh vaqtini tashkil etishning; ommaviy sport, sog’lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy qilish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |