«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar



Download 8,88 Mb.
bet141/250
Sana29.05.2022
Hajmi8,88 Mb.
#614675
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   250
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

Tayanch iboralari:uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi, Amur Temur ilm -fan, ma’rifat homiysi, Ulug’bek ilm -fan homiysi, Qozizoda Rumiy, Alisher Novoiy, Abduraxmon Jomiy, Behzod, Bobir,J. Devoniy, M.Qoshg’ariylarning pedagogik qarashlari.
Nazorat uchun savollar:
1. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim va tarbiya.
2. Amur Temur davrida ma’rifat taraqqiyoti.
3. Mirzo Ulug’bekning pedagogik qarashlari.
4. J.Devoniyning pedagogik qarashlari.
Adabiyotlar:

  1. K.Hoshimov "Pedagogika tarixi" -T., "O’qituvchi",1997 yil.

  2. Safo Ochil, K.Hoshimov "O’zbek pedagogikasi antologiyasi" -T., "O’qituvchi". 1995 yil.

  3. O.Xasanova "Pedagogika tarixida xrestomatiya" -T., "O’qituvchi", 1994 yil.



Mavzu: Xonliklar davrida ta’lim va tarbiya
Reja:
1. Vatanimizda xonliklarning paydo bo’lishi va uning ijtimoiy oqibatlari.
2. Xonliklar davrida ta’lim va ma’rifat masalalari.
3. Jahon Otin Uvaysiy ijodi

XV asrning oxiri va XVI asr boshlarida Movarounnahrda 150 yil hukmronlik qilgan temuriylar sulolasi inqirozga uchradi. Uning o’rniga Shayboniyxonlar(1451-1510) Movarounnahrda kuchli markazlashgan davlat barpo etdilar. Biroq uz aro nizo, urishlar avj oldi. Avvalo, Buxoro, Xorazm, XVIII asr oxiriga kelib Qo’qon xonligi qaror topdi. Xonliklar o’rtasidagi urishlar mamlakatni ma’lum darajada xarob qila boshladi, fan, madaniyat, ta’lim sohasida turg’unlik yuz berdi. Shunga qaramay fan, madaniyat va ta’lim sohasida ma’lum siljishlar kuzatiladi.


Bu davrda Hofiz Tanishning "Abdullanoma", Sultonali Samarqan­diyning "Dastur al - iloj", Muhammad Yusufning "Taxkik al-xumay­yot", "Zubaydat ul - kaxollin"asarlar yuzaga keldi. Shoir, adiblar­dan Bobir, Solih, Majlisiy, Hasan Nasoriy, Binoiy, Vosifiy, Ubay­diy, G’oyib Samarkandiy barakali ijod etgan. Muhammad Baxiyning "Subxonqulinoma", Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma", Muhammad Vali Samarqandiyning "Maskir-ul asxob", Sufi Alloyor, Boborahim Mashrablarning asarlari vujudga keldi.
Bu davrning o’ziga xos tomonlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha sohalarida islom aqidalari hukmron edi. Turmushda xam, oi­lada xam, xar bir kishi axloqida, xulq-atvorida diniy talablarga rioya etadi. Maktab va madrasalarda ilohiyot ta’limi o’rgatilar edi.
Vatanimizning xonliklar davridagi ta’lim tizimi haqida ma’lum tasavvurga egi bo’lish uchun Jahon Otin Uvaysiy ijodiga murojaat etamiz.Jahon Otin 1796 -1797 yillarda onasi otinlik qilgan xususiy maktabda dastlab yordamchi, keyinchalik mustaqil ravishda O’qituvchilik qilgan. Qizlarga boshlang’ich ta’lim berar ekan, ularni tarbiyalash, guzal hayotga erishishni birdan-bir yo’li ta’lim-tarbiya berish deb hisobladi. Butun umrini ana shu ishga bag’ishladi.
Jahon Otin uz shogirdlarida ezgulik, vafodorlik xislatlarimni tarbiyalashda adabiy janrlar chiston, muammo, muashshax kabi usullardan foydalanadi. Ularda she’riy qobiliyatlari, zehni o’tkirligini chuqurlashtirishda g’azallardan keng foydalangan.
Mahammad Sodiq Qoshg’ariy 1740-1843 "Odob as-solixin" (yaxshi kishilar odobi),"Zubdat al-Masoyil" (masalalarning qaymog’i),"Durral-Muzoxir" (Ko’makdoshlarning durdonasi), "Tazkiron xojagon" (Xo’­jalar mazkirasi) asarlari muallifidir.
Olimning "Odob az-Solixin" asarida insonga yaxshi xulq egallash zarurligi va odob qoidalarini egallab olmasa va yaxshi xulq bilan odobli bo’lmasa, nafaqat o’ziga, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi, - degan fikrni asoslaydi. Inson odobini zohiriy va bo­tiniyga ajratadi. Insonning barkamol bo’lib yetishida kundalik turmushda zarur odob qoidalari: salomlashish va ruxsat so’rash, muloqot odobi, uxlash va yo’l yurish odobi, suhbat ahlining O’zini tutish, er-xotin odobi, tozalik va ozodalik qoidalari, mehmon kutish, ziyo­fat va ovqatlanish odobi, safar koidalari sodda shaklda bayon etiladi.
Munis Xorazmiy (1788-1829). Shoir, tarixchi olim va pedagog hisoblanadi. Uning pedagogik qarashlari "Savodi ta’lim" (1804) risolasida bayon etiladi. Risola ikki qismdan iborat. Birinchi qismida o’quvchilarni xat mashq qilishga tayyorgarlik, unga kerakli asboblar to’g’risida bayon etiladi. Ikkinchi qismda esa, xat-mashq qilish va uning usullari, amal usulida ta’lim berish haqida fikr ketadi.
Bilganimcha surib qalamni xar yon,
Ta’lim ishini aylar erdim oson.
Lekin ko’ngil ichra erdi bu kon,
Qilsam karami ulumi armon.
Pedagog olim o’quvchilarga bo","iun","min","to", "saz","vov", "lo", "ayn", "sin"ni qanday o’rgatish usullariga alohida to’xtaladi.
Ogaxiy (1809-1874) - shoir, tarixchi olim, tarjimon, mudarris­dir. Uning "Riyez ul-davla","Zubadat ul-tavorix","Jome ul-vokes Sultoniy", "Gulshani davlat","Ikboli Feruz" kabi asarlari bor Ogahiy tomonidan Sharifiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", "Qobusno­ma", "Axloqiy muxsini" risolalari o’zbek tiliga tarjima qilingan.
Ogahiy asarlarida yeshlarni ilm, kasb-hunarni savob bilan egallashga chaqiradi. Ilm egallagan odamni ikki olami obod buladi. Kimki achchiq, jahil qilib ilm egallashdan voz kechsa, uning obro’si barbod buladi.
Olim uldurkim shariatdan tajovuz qilmasa,
Gar tojovuz qilsa, bilgil, peshadur alxat anga.
Ilmidin bebahra el xolidin bilmok istasang,
Ogahiy zor xolini bilgil istishxor anga.
Insonni voyaga yetishida, uni komili insonga aylanishida tarbiyaning rolini xolis ko’ra bilgan Ogaxiy yozadi:
Qilmoq bila parvarish tikon gul bo’lmas,
Xam tarbiya ila zog’ bulbul bo’lmas.
Gar asli yomonga yaxshilik ming qilsang,
Yaxshilik oning niyati bilqul bo’lmas.
O’rta Osiyo xonliklari davrida o’ziga pedagogik muhit vujudi keldiki, islom aqidalari bilan dunyoviy ilm, madaniyat g’oyalari, ruhoniylar va dunyoviy olim, shoirlar o’rtasida kurash borganini, natijada ta’limda o’ziga xos ziddiyatlar bo’lishiga qaramay, pedagogik fikrlarda xolislik, insonparvarlik harakatlari ko’rinadi.

Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish