Mavzu: Pedagogika tarixi predmetining maqsadi va vazifalari
Reja:
Pedagogika ilmining bahsi, maqsadi va vazifasi.
Pedagogika tarixi ilmining ilmiy nazariy va milliy asoslari.
Pedagogika tarixi ilmining manbalari mazmuni, asosiy bo’limlari.
“Avesto” asarida ta’lim-tarbiya masalalari.
Pedagogika ilmining bahsi, maqsadi va vazifasi. Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib hozirgi kungacha bo’lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya maktab va pedagogika nazariyalarini taraqqiyotini o’rganadi. U sinfiy jamiyatdagi tarbiya nazariyasi va praktikasini sinfiy mohiyatini cheklanganligini progressiv pedagogik nazariyalarning reaksion nazariyalar bilan kurashni tarbiya nazariyani va praktikasining taraqqiyotidagi tarixiy qonuniyatlarini ochib berdi.
Yosh avlodni o’tmishda tarbiyalash va o’qitish nazariyasi bilan praktikasining qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib hozirgi jamiyatda yoshlarni mustaqillik ruxida tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo’lmaydi. Tarbiya va ta’lim nazariyasi xamda praktikasini tarixiy davrlardagi rivojlanishi pedagogika tarixi o’rganiladi.
Tarbiyaning ilk shakllari ibtidoiy jamiyat davridayoq paydo bo’lgan: Keksa avlod mehnat jarayonida ortirgan tajribalarini yosh avlodga o’rgatishga harakat qilgan. Quldorlik tuzumi davrida Sharqda tarbiyaga oid turli pedagogik qarashlar vujudga keldi.
Demokratik, Platon, Aristotel va boshqalar qadimgi yunon filosoflari asarlarida tarbiyaning maqsadi vazifasi mazmuni va vositalari haqida fikrlar bildirilgan.
Qadimgi yunon filosoflarini tarbiyada etika va psixologik birligi prinsiplariga tayanish aqliy, axloqiy va jismoniy birligi to’g’risidagi g’oyalari pedagogik tafakkurning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
Feodalizm jamiyati davrida ta’lim tarbiya ishlari hukmron feodal tuzumi va diniy mafkura maqsadiga qaratildi. Xususan o’rta Osiyoda tasavvuf maslagining reaksion shakllari maktab va madrasalarda katta ta’sir ko’rsatdi. Ta’lim-tarbiya sohasida ikki oqim vujudga keldi. Birinchi oqim G’azoliy, Ahmad Yassaviy, Sulaymon, Boqirgoniy kabilar madrasalarda aniq fanlardan ta’lim berilishiga qarshi turdilar.
Ikkinchi oqim dunyoviy ta’limni ilgari surdi. Bu oqimning mohiyati Al-Xorazmiy, Abu-Rayhon Beruniy, Forobiy Abu Ali Ibn Sino Ulug’bek, Nizomiy Ganjaviy, Nosir, Xusrav, Sa’diy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar faoliyatidan namoyon bo’ldi.
Bular tibbiyot mantiq, muzika, adabiyot, geografiya, matematika kabi ilmlar bilan yosh avlodni tarbiyalash fikrini olga surdilar.
Xususan Forobiy insonning ma’naviy yetuk va mukammal bo’lishi uchun jismoniy aqliy estetik va axloqiy tarbiyani birgalikda olib borish zarurligini qayd etdi. Sharq mutafakkirlari inson aql orqali xar qanday bilimni egallashga qodir ekanligini ta’kidladilar va inson qobiliyatiga qattiq ishondilar.
"Kalila va Dimna"da shuningdek Qaykavusni "Qobusnoma", Nizomul Mulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma", "Rushnoinoma" Yusuf Xos Hojibning "Qutadig’u bilig", Mahmud Qoshg’ariyning "Devoniy lug’otit turk", Ahmad Yugnakiyning, "Xibbat ul xaqoyiq", "Alisher Navoiyning "Maxbub-ul qulub" asarlarida ilg’or pedagogik qarashlar xam ifodalangan.
Insonni tarbiyalashni yaxlit nazariyasi bo’lgan pedagogika tarixi chek mutafakkiri Ya.K.Komenskiy nomi bilan bog’liq. Komenskiy Yevropa tarbiyasini umumlashtirib ta’lim va tarbiyaning asosiy masalalarini ishlab chiqdi. Sinf -dars ta’limi sistemasini yaratdi. keyinchalik ingliz filosofi D.Lokk, fransuz materialistlari A.Gervesi, D. Didro, J.J.Russo va boshqalar pedagogika fanini ilg’or g’oyalar bilan boyitdilar. O’zbekistonda pedagogikani tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla Avlodniy, Niyoziy Xusaynxon, A.Ibodiyev, I.Raxmatullayev, Abduqodir Shakuriy, Kori Niyoziy, O.Sharofiddinov, R.Urinboyev, F.Ergoziyev kabi pedagog va olimlar nomi bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |