Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida o’qituvchilarning amaliy tajribasini o’rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o’quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog’liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
zamonaviy didaktikaning yetakchi g’oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari;
o’rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o’ziga xosligi;
xususiy fanlar metodikasining o’ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo’yiluvchi talablarning o’zaro aloqadorligi;
muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;
u yoki bu mavzuni o’rganishga ajratilgan vaqt;
o’quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;
o’quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi;
o’quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko’rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;
o’qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darajasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;
o’quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o’rnatilganligi.
O’qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og’zaki, ko’rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.
Tayanch iboralar:
Didaktik qonuniyatlar, ta’lim tamoyili, guruhli, individual,metod, ta’lim vositalari, suhbat metodi, og’zaki bayon metodlari, ko’rgazmali metodlar, amaliy metodlar.
Nazorat uchun savollar:
Ta’limning asosiy didaktik qonuniyatlarini ifoda etib bering (I.P.Podlasy bo’yicha).
Ta’lim tamoyili nimani anglatadi? Misollar keltiring.
Sharq Uyg’onish davri allomalari – Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino) ilgari surgan ta’limiy qoida va tamoyillarini ta’riflab bering.
Ta’lim metodi nima?
Ta’lim vositalariga nimalar kiradi?
Ta’lim metodlarining tasnifi nima?
Ta’lim jarayonida suhbat metodini qo’llashda nimalarga e’tibor qaratish zarur?
Og’zaki bayon metodlarining afzalliklari nimalar ko’rinadi?
Ko’rgazmali metodlar turkumini nimalar tashkil etadi?
Amaliy metodlar mohiyati nimadan iborat?
Didaktik o’yinlar qanday maqsadda qo’llaniladi?
Adabiyotlar:
Babanskiy Yu.K. Metod obucheniya v sovremennoy obщyeobrazovatelnoy shkole. – Moskva, Prosveщyeniye, 1985. – 205 s.
Lerner I.Ya. Didakticheskiye osnov metodov obucheniya. – Moskva, Pedagogika, 1981. – 186 s.
Okan V. Vvedeniye v obщuyu didaktiku. – Moskva, Vo’sshaya shkola, 1990. – 382 s.
Pedagogika Ucheb. posobiye dlya studentov pedagogicheskix vuzov i pedagogichskix kolledjey. Pod red. P.I.Pidkasistogo. – Moskva, Pedagogicheskoye obщyestvo Rossii, 200. – 640 s.
Rjkov V.N. Didaktika. – Moskva, YuNITI-DANA, 2004. – 318 s.
Sayidaxmedov N.S. Metod obucheniya shkolnikov mexanizirovannomu trudu v xlopkovodstve. – Tashkent, O’qituvchi, 1991, - 112 s.
Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogogik texnologiyalar. – Toshkent, Moliya, 2003. – 172 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |