o’z-o’zini cheklash mexanizmi, bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o’rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do’stlarinikidan ko’ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o’z-o’ziga hurmati pasayadi, yomon o’qiy boshlaydi. Bu o’z menini cheklab qo’yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o’z-o’zini cheklash mexanizmini qo’llashni oqlasa bo’ladi.
identifikasiya mexanizmi. Identifikasiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o’zini o’rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikasiya obyekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo’lishi mumkin. Identifikasiyaning to’liq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud.
empatiya mexanizmi, ya’ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo’lish. Shaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hissiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega;
intellektuallashuv mexanizmi qiyin hollarda ishga tushadi. Katta yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo’lini o’zi uchun emas, go’yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o’tish, institutga kirish) duchor bo’lganda namoyon bo’ladi.
ratsionallashuv mexanizmida tarbiyalanuvchi o’z xatti-harakatlarining mantiqiy xulosasini chiqaradi. Yosh rasianalizatorlar odatda maqsadning diskreditasiyasini qo’llashadi.
Fikr, hissiyot, harakatlarni susaytirish uchun harakatlarni bekor qilish mexanizmi qo’llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so’raganida, uning harakatlari kechirilishi va sof vijdon bilan harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko’p shaxslar shu tarzda komillikka erishishadi.
178. shaxsning sotsial sifatlari. Shaxsning asosiy sotsial sifatlari konkret sotsial guruhlar, jamoalar faoliyati va munosabatidan tarkib topadi. Shu sababli shaxsning sotsial sifatlari 3 ta kichik tizimdan iboratdir:
1. Shaxsning individualligi.
2. Shaxslararo munosabatlari.
3. Munosabatlar subyekti.
1. Shaxsning individualligi undagi xarakter, iroda, dunyoqarash, faoliyat jarayonidagi ba’zi bir xususiyatlar bilan belgilanadi. Undagi individual xususiyatlar uning amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladi.
2. Shaxsning shaxslararo munosabati, avvalo shu munosabatlar sistemasi elementlaridan biri ekanligini bildiradi. Shaxslararo munosabat shaxs rivojlanishining, uning komil inson sifatida tarkib topishining asosi sifatida xizmat qiladi, shu sababli shaxsning shaxslararo munosabatlar shaxsda insoniylik, poklik, rostgo‘ylik, samimiylik kabi xislatlarning shakllanishida va takomillashuvida alohida o‘ringa ega.
3. Munosabatlar subyekti. Shaxsning ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida mavjud bo‘lishi uning shu munosabatlarda subyekt sifatidagi maqomini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |