171. Shaxs tushunchasining turli fanlardagi talqini
Falsafa shaxsni faoliyat subyekti, ong va ijodiyot sifatida tutgan o‘rni, nuqtai-nazaridan qarab chiqadi. Ruhshunoslik - shaxsni ruhiy jarayonlar, xususiyat, qobiliyat, iroda sifatlari va boshqa jihatlardan barqaror yaxlit holda o‘rganadi.
Sotsiologik yondashuv shaxsning sotsial-tipik jihatini ajratadi. Shaxs sotsiologik nazariyasining asosiy masalasi shaxsning shakllanish jarayoni va uning ehtiyojlarini qondirish, sotsial birlikda rivojlanishi va amal qilishi, jamiyat bilan shaxs aloqalari, shaxs va guruhlar, shaxsning sotsial fe`l-atvorini, tartibga solish qonuniyatlarini o‘rganish bilan chambarchas bog‘langan. Bu yerda, sotsiologiyada shaxsni o‘rganishga ayrim umumiy tamoyilar nuqtai-nazaridan yondashuv ifodalangan.
Sotsiologiya shaxsga oid ko‘pgina nazariyalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular bir-birlaridan qat’iy metodologik ko‘rsatmalar orqali farq qiladilar.
172. Shaxs, inson, individ tushunchalari
1) shaxs tushunchasi. «Shaxs» – odamning ijtimoiy xususiyatlarining yaxlit majmui bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyot va individning faol xatti-harakati hamda muomalasi vositasida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo‘shilishining mahsuli hisoblanadi.
2) «Inson» tushunchasi: Inson – o‘zini anglagan, jamiyatda yashash qobiliyatiga ega bo‘lgan ulug‘ zotdir. Inson atamasi umumiy, hamma uchun xos bo‘lgan sifat va qobiliyatni izohlash uchun qo‘llaniladi. Bu tushuncha dunyoda mavjud bo‘lgan, tarixan o‘ziga xos shunday rivojlanayotgan birlikki, insoniyatni anglatib, u boshqa hamma moddiy tizimlardan farqli o‘laroq o‘ziga xos ijtimoiy faoliyat usullari bilan farq qiladi. Ushbu hayotiy faoliyat usuli tufayli inson tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida, dunyoning barcha nuqtalarida o‘ziga o‘xshash bo‘lgan antologiyaga oid holatni saqlab qoladi.
Inson tushunchasi bioijtimoiy-ruhiy mavjudlikni ifodalaydigan tushuncha. Unda insonning zohiriy va botiniy sifatlari o‘z aksini topadi. Insonning umumiy sifatlari uning aniq holat va murakkab hayot sharoitlari namoyon bo‘ladigan xilma-xil kayfiyat, ruhiyat va munosabatlarning yig‘indisidir. Har bir insondagi alohida bu xususiyatlar betakror, o‘ziga xos holatlarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Inson ongi ijodiy xususiyatini aniqlash mezoni quyidagilar tashkil etadi:
1) Ongning muayyan ijtimoiy yo‘nalishi.
2) Voqelikni anglab olish darajasi.
3) Mustaqil fikrlash qobiliyatining holati.
4) Inson tabiatda noyob va universaldir (noyob qobiliyat sohibi, nozik did, ulug‘vorlik, yaratuvchi).
5) Inson ichki va tashqi olam mujassamlashgan zot (mehnat, muloqot, badiiy ijod, xulq-atvor).
6) Inson juda ko‘p qismlardan tashkil topgan yaxlit birlik (tabiiylik, ijtimoiylik, aqllilik, hissiy, axloqiylik mujassam).
7) Inson tarixiy mavjudot (kelajagini yaratadi, ertangi kunga tashvish bilan qaraydi, chunki inqirozlar, omadsizliklar, ta`qiblar mavjud).
8) Inson mas’uliyat hissidan qochib qutilmaydi (u gumanistik pozitsiya va individuallikni uyg‘unlashtirish orqali shunday vaziyatdan chiqadi).
Demak, insoniyat o‘ziga xos moddiy voqelik sifatida mavjud bo‘ladi. Ammo, insoniyat o‘z holicha mustaqil mavjud bo‘lmaydi.
Aniq insonlar yashaydilar va harakat qiladilar. Insoniyat alohida vakillarining mavjud bo‘lishi «individ» tushunchasi bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |