Pedagogika javoblar Korreksion pedagogika fani va uning dolzarb masalalari


Shaxs ijtimoiy munosabatlarning mahsuli sifatida



Download 227,53 Kb.
bet51/81
Sana16.03.2022
Hajmi227,53 Kb.
#492952
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81
Bog'liq
ped javoblariiii zuhra

174. Shaxs ijtimoiy munosabatlarning mahsuli sifatida
«Shaxs» - odamning ijtimoiy xususiyatlarining yaxlit majmui bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyot va individning faol xatti-harakati hamda muomalasi vositasida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo‘shilishining mahsuli hisoblanadi. Shaxs tushunchasi ijtimoiy munosabatlar va ongli faoliyat subyekti sifatidagi individni ham ifodalaydi.
«Shaxs» tushunchasida uning atrof-muhitga munosabatini bildiradigan ijtimoiy-ruhiy sifatlarning ichki muayyan yaxlitligi ifodalanadi. Shaxs bo‘lish degani, birinchi navbatda, o‘zining ichki qadriyatlar dunyosini shakllantirishni, tevarak-atrofga, eng avvalo, ijtimoiy hodisalarni anglash, uning mohiyatini tushunish orqali qadriyatiy-tanqidiy munosabatga ega bo‘lishni bildiradi.
Insonning shaxs sifatidagi qadriyati uning o‘zligidan, fiziologik mavjudligidan ajratib olingan tarzda mavjud emas. Shu bilan birga, aytish mumkinki, istagan inson shaxs bo‘lolmaydi, lekin har qanday shaxs- insondir. U tashqi muhitga faqat biologik moslashuv natijasi sifatida shakllana olmaydi. Balki sotsiumda, aniqrog‘i, uning turli darajalarida qaror topadi va unga ma`lum darajada bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni shaxsning kelib chiqishi va uning imkoniyatlarining ro’yobga chiqishi kishilik jamiyati tomonidan ta`minlanadi. Demak, shaxsda insonning jamiyatda tutgan o‘rni va bajaradigan vazifalari ifodalanadi. Shaxsning sotsium bilan munosabatlari o‘ziga xos jihatlarga ega. Shaxsning o‘zligi, dastavval, uning muayyan darajadagi mustaqilligidir. U shu holati bilan sotsium hayotining barcha sohalarida ishtirok etadi. Albatta, gap bu borada ko‘proq yetuk shaxs to‘g‘risida boradi. Lekin yangi tug‘ilgan insonning shaxs bo‘lish imkoniyati faqat sotsiumda vujudga keladi.
175. Ijtimoiylashuvga ta'sir etuvchi omillar. Tashqi va ichki omillar.
Ijtimoiylashuv bolalar, o’smirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko’p sonli shart-sharoitlar bilan o’zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. O’rganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari 4 guruhga bo’linadi: tashqi omillar:
1.Mega omillar (mega-eng katta)-kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa bo’ladi. Ular boshqa omil guruhlari orqali yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko’rsatadi.

Download 227,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish